Search engine for discovering works of Art, research articles, and books related to Art and Culture
ShareThis
Javascript must be enabled to continue!

INGLIZ VA OʻZBEK OSHXONA ANJOMLARI NOMLARINING BOSHQA SOʻZLAR BILAN OMONIMIK MUNOSABATLARI

View through CrossRef
Maqola ingliz va oʻzbek tillarida oshxona anjomlari nomlari asosida yuzaga keladigan omonimik munosabatlarning chogʻishtirma tahliliga bagʻishlangan. Ilmiy ishda uy-roʻzgʻor buyumlari va oshxona anjomlarini ifodalovchi leksik birliklarning shaklan butunlay boshqa maʼnoga ega boʻlgan boshqa soʻzlar bilan mos kelishi oʻrganilgan. Omonimlarning toʻliq, qisman va grammatik turlari koʻrib chiqilgan va tasniflangan. Oʻrganilayotgan soʻzlarning semantik tahliliga alohida eʼtibor qaratilgan. Omonimiyaning paydo boʻlish sabablarini (tasodifiy tovush mosligi, tildagi tarixiy oʻzgarishlar, soʻz oʻzlashtirish jarayoni) aniqlangan. Ingliz va oʻzbek oshxona anjomlari nomlari boshqa soʻzlar bilan omonimik munosabatga kirishganda soʻz turkumlari boʻyicha qanday omonimik modellarni tashkil etishi aniq misollar yordamida tahlil qilingan. Ingliz tili misolida bir oshxona anjomlari nomlarining inson tana aʼzosi, sport oʻyini, daraxt nomlari bilan, oʻzbek tilida tabiat hodisasi, tibbiyotga doir tushuncha, musiqa asbobi, hayvon nomlari kabi tushunchani anglatishi mumkin boʻlgan holatlar koʻrsatib oʻtilgan. Ingliz tilida, oʻzbek tilidan farqli oʻlaroq, omonimik juftliklarning soʻzning hech qanday oʻzgarishsiz bir soʻz turkumidan ikkinchi soʻz turkumiga oʻtish yoʻli bilan hosil boʻlishi dalillangan. Maqolada maishiy leksikaning asosiy qismi boʻlgan oshxona anjomlari sohasida omonimiyani oʻrganish nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egaligi taʼkidlangan. Olingan natijalar lekskologiya, leksikografiya, xorijiy tillarni oʻqitish, shuningdek, xalqlarning madaniy va til xususiyatlarini chuqurroq tushunish uchun foydali boʻlishi mumkin.
Title: INGLIZ VA OʻZBEK OSHXONA ANJOMLARI NOMLARINING BOSHQA SOʻZLAR BILAN OMONIMIK MUNOSABATLARI
Description:
Maqola ingliz va oʻzbek tillarida oshxona anjomlari nomlari asosida yuzaga keladigan omonimik munosabatlarning chogʻishtirma tahliliga bagʻishlangan.
Ilmiy ishda uy-roʻzgʻor buyumlari va oshxona anjomlarini ifodalovchi leksik birliklarning shaklan butunlay boshqa maʼnoga ega boʻlgan boshqa soʻzlar bilan mos kelishi oʻrganilgan.
Omonimlarning toʻliq, qisman va grammatik turlari koʻrib chiqilgan va tasniflangan.
Oʻrganilayotgan soʻzlarning semantik tahliliga alohida eʼtibor qaratilgan.
Omonimiyaning paydo boʻlish sabablarini (tasodifiy tovush mosligi, tildagi tarixiy oʻzgarishlar, soʻz oʻzlashtirish jarayoni) aniqlangan.
Ingliz va oʻzbek oshxona anjomlari nomlari boshqa soʻzlar bilan omonimik munosabatga kirishganda soʻz turkumlari boʻyicha qanday omonimik modellarni tashkil etishi aniq misollar yordamida tahlil qilingan.
Ingliz tili misolida bir oshxona anjomlari nomlarining inson tana aʼzosi, sport oʻyini, daraxt nomlari bilan, oʻzbek tilida tabiat hodisasi, tibbiyotga doir tushuncha, musiqa asbobi, hayvon nomlari kabi tushunchani anglatishi mumkin boʻlgan holatlar koʻrsatib oʻtilgan.
Ingliz tilida, oʻzbek tilidan farqli oʻlaroq, omonimik juftliklarning soʻzning hech qanday oʻzgarishsiz bir soʻz turkumidan ikkinchi soʻz turkumiga oʻtish yoʻli bilan hosil boʻlishi dalillangan.
Maqolada maishiy leksikaning asosiy qismi boʻlgan oshxona anjomlari sohasida omonimiyani oʻrganish nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egaligi taʼkidlangan.
Olingan natijalar lekskologiya, leksikografiya, xorijiy tillarni oʻqitish, shuningdek, xalqlarning madaniy va til xususiyatlarini chuqurroq tushunish uchun foydali boʻlishi mumkin.

Related Results

INGLIZ VA OʻZBEK NASRIDA AYOL OBRAZINING BADIIY TASVIRI
INGLIZ VA OʻZBEK NASRIDA AYOL OBRAZINING BADIIY TASVIRI
Hozirgi globallashuv jarayonida xalqimizning maʼnaviy, siyosiy va diniy savodxonligini yuksaltirish zamonamizning eng muhim talabi boʻlib, bu borada ayollar masalasi alohida ahamiy...
OʻZBEK TILSHUNOSLIGIDA HARAKAT FEʼLLAR MUAMMOSI
OʻZBEK TILSHUNOSLIGIDA HARAKAT FEʼLLAR MUAMMOSI
Mazkur tadqiqotdan koʼzlangan asosiy maqsad oʼzbek tilshunosligida harakat feʼllari muammosining nazariy asoslarini tahlil qilish, mavjud klassifikatsiyalarda qoʼllanilgan mezonlar...
OʻZBEK TILIDA JUFT SO‘ZLAR VA ULARNING MUMTOZ ADABIYOTDAGI O‘RNI
OʻZBEK TILIDA JUFT SO‘ZLAR VA ULARNING MUMTOZ ADABIYOTDAGI O‘RNI
Ushbu maqolada oʻzbek tilidagi juft so‘zlarning turlari, funksional vazifalari va ahamiyati haqida ma'lumot berilgan. Shu bilan birgalikda maqola juft so‘zlarning maʼno boyitish, a...
TARJIMADA HAZIL-MUTOYIBA KONSEPTINING SAQLANISHI MUAMMOLARI: “SHUM BOLA” ASARINING OʻZBEK, INGLIZ VA RUS TILLARIDAGI TARJIMALARI MISOLIDA
TARJIMADA HAZIL-MUTOYIBA KONSEPTINING SAQLANISHI MUAMMOLARI: “SHUM BOLA” ASARINING OʻZBEK, INGLIZ VA RUS TILLARIDAGI TARJIMALARI MISOLIDA
Ushbu ilmiy maqola tarjima jarayonida hazil-mutoyiba konseptining saqlanishi va oʻtkazilishidagi lingvistik, madaniy va kognitiv muammolarni Gʻafur Gʻulomning “Shum bola” asarining...
O‘QUVCHILARNI MANTIQIY FIKRLASHGA O‘RGATISHDA O‘QUV MATERIALINING O‘QISHLILIK DARAJASI
O‘QUVCHILARNI MANTIQIY FIKRLASHGA O‘RGATISHDA O‘QUV MATERIALINING O‘QISHLILIK DARAJASI
Maqolada oʻquvchilarni mantiqiy fikrlashga oʻrgatishda zarur boʻladigandidaktik vositalar haqida haqida soʻz boradi. Oʻquv materialining ahamiyatiga urgʻu beriladi.Olingan bilimlar...
O‘YIN NOMLARINING SHAKLLANISHI VA MADANIY MAZMUNI (O‘ZBEK, INGLIZ VA KOREYS O‘YIN NOMLARI MISOLIDA)
O‘YIN NOMLARINING SHAKLLANISHI VA MADANIY MAZMUNI (O‘ZBEK, INGLIZ VA KOREYS O‘YIN NOMLARI MISOLIDA)
Ushbu maqolada onomastika sohasining shakllanish tarixi va uning zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni o‘zbek, ingliz hamda koreys xalqlari milliy o‘yin nomlari misolida tahlil qilingan...
OʻZBEK TILINI IKKINCHI CHET TILI SIFATIDA OʻRGANISH JARAYONIDA MASHQLAR TIZIMI
OʻZBEK TILINI IKKINCHI CHET TILI SIFATIDA OʻRGANISH JARAYONIDA MASHQLAR TIZIMI
Maqolada oʻzbek tilining ikkinchi chet tili sifatida oʻqitilishi jarayonida mashqlar tizimi bilan ishlash, amaliy mashgʻulotlarni olib borish davomida oʻquv jarayonini qiziqarli va...
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI PAREMIOLOGIYASIDA GENDER STEREOTIPLARINING CHOG‘ISHTIRMA TADQIQI
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI PAREMIOLOGIYASIDA GENDER STEREOTIPLARINING CHOG‘ISHTIRMA TADQIQI
Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillari paremiologik tizimlarida gender stereotiplarini chog‘ishtirma aspektda tadqiq qilishga bag‘ishlanadi. Tadqiqotning maqsadi ikki tilning maqol ...

Back to Top