Javascript must be enabled to continue!
INGLIZ VA OʻZBEK NASRIDA AYOL OBRAZINING BADIIY TASVIRI
View through CrossRef
Hozirgi globallashuv jarayonida xalqimizning maʼnaviy, siyosiy va diniy savodxonligini yuksaltirish zamonamizning eng muhim talabi boʻlib, bu borada ayollar masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Maqolada ingliz va oʻzbek nasrida ayollar obrazining xususiyatlari koʻrib chiqiladi. Har bir xalq milliy qarashlaridan kelib chiqqan holda oʻz adabiyotida ayol obrazini turlicha tasvirlaydi. Ozbek nasrida ayol timsoli ona, rafiqa, uy bekasi sifatida tasvirlansa, ingliz adabiyotida esa bularga qoʻshimcha sifatida ayol ishbilarmon tadbirkor, ishchi xodim kabi vazifalarni ham bajaradi. Ingliz adabiyotida ham ayol obrazi davrlar davomida tadrijiy oʻzgarib borgan. XIX asr ingliz nasrida ayol obrazi erkak yozuvchilar tomonidan toʻlaqonli ideallashtirilgan holda yaratilgan. Shuningdek, maqolamizda ayol va jamiyat munosabatlari ham turli jihatdan oʻrganiladi. Adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz biz ayol obrazini yaratishda asosan ayol va jamiyat oʻrtasidagi munosabatdan, ayolning jamiyat qatlamlarida qanday tan olinishi va uning jamiyatda, oilada oʻrnini tahlil qilgan holda ayolning nasrda tasvirlanishiga baho berish mumkin. Har bir milliy adabiyotda ayol obraziga keladigan boʻlsak, u oʻsha xalqning tabiatiga, zamon ruhiga mos tarzda aks etadi, idrok qilinadi. Binobarin, bir xil sharoitda harakat qiladigan personajlar har bir adabiyotda turlicha gavdalanadi.
Title: INGLIZ VA OʻZBEK NASRIDA AYOL OBRAZINING BADIIY TASVIRI
Description:
Hozirgi globallashuv jarayonida xalqimizning maʼnaviy, siyosiy va diniy savodxonligini yuksaltirish zamonamizning eng muhim talabi boʻlib, bu borada ayollar masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Maqolada ingliz va oʻzbek nasrida ayollar obrazining xususiyatlari koʻrib chiqiladi.
Har bir xalq milliy qarashlaridan kelib chiqqan holda oʻz adabiyotida ayol obrazini turlicha tasvirlaydi.
Ozbek nasrida ayol timsoli ona, rafiqa, uy bekasi sifatida tasvirlansa, ingliz adabiyotida esa bularga qoʻshimcha sifatida ayol ishbilarmon tadbirkor, ishchi xodim kabi vazifalarni ham bajaradi.
Ingliz adabiyotida ham ayol obrazi davrlar davomida tadrijiy oʻzgarib borgan.
XIX asr ingliz nasrida ayol obrazi erkak yozuvchilar tomonidan toʻlaqonli ideallashtirilgan holda yaratilgan.
Shuningdek, maqolamizda ayol va jamiyat munosabatlari ham turli jihatdan oʻrganiladi.
Adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz biz ayol obrazini yaratishda asosan ayol va jamiyat oʻrtasidagi munosabatdan, ayolning jamiyat qatlamlarida qanday tan olinishi va uning jamiyatda, oilada oʻrnini tahlil qilgan holda ayolning nasrda tasvirlanishiga baho berish mumkin.
Har bir milliy adabiyotda ayol obraziga keladigan boʻlsak, u oʻsha xalqning tabiatiga, zamon ruhiga mos tarzda aks etadi, idrok qilinadi.
Binobarin, bir xil sharoitda harakat qiladigan personajlar har bir adabiyotda turlicha gavdalanadi.
Related Results
JAHON VA MILLIY ADABIYOTSHUNOSLIKDA AYOL OBRAZINING UMUMIY TENDENSIYALARI
JAHON VA MILLIY ADABIYOTSHUNOSLIKDA AYOL OBRAZINING UMUMIY TENDENSIYALARI
Mazkur maqolada jahon va milliy adabiyotshunoslikda ayol obrazining shakllanishi, taraqqiyoti va badiiy talqinidagi umumiy tendensiyalar yoritiladi. Ayol siymosining hikoya janrida...
INGLIZ VA O‘ZBEK ADABIYOTIDA “AYOL” OBRAZINING LINGVISTIK TAHLILI
INGLIZ VA O‘ZBEK ADABIYOTIDA “AYOL” OBRAZINING LINGVISTIK TAHLILI
Ushbu maqola ingliz va o‘zbek adabiyotidagi ayol obrazining lingvistik tahlilini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, til orqali madaniy, ijtimoiy va gender ma’nolar qanday ifodalanis...
AYOL OBRAZINING PEDAGOGIK TALQINI (O‘zbek xalq qahramonlik eposlari misolida)
AYOL OBRAZINING PEDAGOGIK TALQINI (O‘zbek xalq qahramonlik eposlari misolida)
Maqolada oʻzbek qahramonlik eposidagi ayol obrazini pedagogik nuqtai nazardan oʻrganishning nazariy-metodologik asoslari ishlab chiqilgan. Tadqiqotning maqsadi – folklorshunoslik v...
INGLIZ VA OʻZBEK OSHXONA ANJOMLARI NOMLARINING BOSHQA SOʻZLAR BILAN OMONIMIK MUNOSABATLARI
INGLIZ VA OʻZBEK OSHXONA ANJOMLARI NOMLARINING BOSHQA SOʻZLAR BILAN OMONIMIK MUNOSABATLARI
Maqola ingliz va oʻzbek tillarida oshxona anjomlari nomlari asosida yuzaga keladigan omonimik munosabatlarning chogʻishtirma tahliliga bagʻishlangan. Ilmiy ishda uy-roʻzgʻor buyuml...
XURSHID DAVRON IJODIDA AYOL OBRAZINING O‘ZGACHA IFODASI
XURSHID DAVRON IJODIDA AYOL OBRAZINING O‘ZGACHA IFODASI
Mazkur maqolada Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron ijodida ayol obrazi va uning oʻziga xos badiiy talqini tahlil qilinadi. Shoir asarlarida ayol siymosi nafaqat mehr, sadoqat v...
O‘ZBEK VA INGLIZ HIKOYACHILIGIDA AYOL RUHIYATINI TASVIRLASHNING POETIK VOSITALARI VA QIYOSIY-TIPOLOGIK XUSUSIYATLARI
O‘ZBEK VA INGLIZ HIKOYACHILIGIDA AYOL RUHIYATINI TASVIRLASHNING POETIK VOSITALARI VA QIYOSIY-TIPOLOGIK XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz hikoyachiligida ayol ruhiyatini tasvirlashning poetik vositalari hamda ularning qiyosiy-tipologik xususiyatlari tadqiq etiladi. Ayol qahramonning i...
HOZIRGI O‘ZBEK NASRIDA BADIIY MAKON TIPOLOGIYASI (NAZAR ESHONQUL HIKOYALARI MISOLIDA)
HOZIRGI O‘ZBEK NASRIDA BADIIY MAKON TIPOLOGIYASI (NAZAR ESHONQUL HIKOYALARI MISOLIDA)
Badiiy makon va zamon tushunchasi adabiyotshunoslikdagi markaziy nazariy muammolardan biri sanaladi. Hozirgi o‘zbek nasri badiiyatidagi o‘zgarishlar ijodkor badiiy tafakkuri, mahor...
SATIRIK HIKOYALARDA BADIIY DETALLARNING AHAMIYATI
SATIRIK HIKOYALARDA BADIIY DETALLARNING AHAMIYATI
Dunyo adabiyotshunosligida “satirik modus” terminining ilmiy etimologiyasini va zamonaviy adabiyotshunoslikda qo‘llaniladigan ma’nosini izohlash, satirik asarlarda qahramon va aksi...

