Search engine for discovering works of Art, research articles, and books related to Art and Culture
ShareThis
Javascript must be enabled to continue!

SATIRIK HIKOYALARDA BADIIY DETALLARNING AHAMIYATI

View through CrossRef
Dunyo adabiyotshunosligida “satirik modus” terminining ilmiy etimologiyasini va zamonaviy adabiyotshunoslikda qo‘llaniladigan ma’nosini izohlash, satirik asarlarda qahramon va aksilqahramon tushunchalarini ochib berish, shaxs va jamiyat munosabatlarining murakkab tabiatini ko‘rsatish, ingliz va o‘zbek satirik nasri arxitektonikasini shakllantiruvchi tamoyillarni aniqlash, uning poetikasidagi muhim jihatlarni tadqiq qilish kabi vazifalar bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois soha olimlari badiiy ijodning bir turi — satira va yumor bilan bog‘liq muammo va vazifalarni yoritishga jiddiy e’tibor qaratishadi. Satirik asarlar muayyan davrni, ijtimoiy hayotni, jamiyatdagi va insonlar o‘rtasidagi illatlarni kulgi orqali ayovsiz fosh etadi, ulardan voz kechish kerakligini namoyon etadi. Badiiy detallar yordamida xarakter qirralari to‘la namoyon bo‘ladi. Asar qahramonlarining ichki va tashqi olamini anglash uchun aniq bir vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ular voqealarning tadrijiy rivojini, qahramon xarakterini va yozuvchi fikrlarini anglashga yordam beradi. Badiiy detal tufayli muallif chizgan hayot tasviri jonlanadi. Yozuvchi uchun badiiy detal alohida so‘zlar, iboralar, matndagi takrorlar bo‘lib, muallifga o‘z fikrlarini kitobxonga yetkazish imkonini beradi. Tafsilotlar bayon yoki tavsiflovchi bo‘lishi mumkin. Har bir adabiy asar qahramonlarning yashash sharoiti, xarakterlar to‘qnashuvi, ruhiyatidagi turfaliklar va ularning to‘xtovsiz o‘zgarib turishiga, rivojiga aloqador sanoqsiz badiiy detallar umumlashmasidan iborat. Hikoya detali — voqea-hodisa haqida hikoya qiluvchi va syujetni rivojlantirishga xizmat qiluvchi detal. Tasviriy detal personajlarning axloqi va xarakterini ifodalovchi detaldir. Tadqiqot jarayonida qiyosiy-tipologik, biografik, psixologik, sistem-struktur tahlil usullaridan foydalanilgan. Maqolaning maqsadi Ivlin Vo va Abdulla Qahhor satirik hikoyalaridagi badiiy detallarni tahlil qilish, satirik mohiyatini aniqlashdan iborat.
Title: SATIRIK HIKOYALARDA BADIIY DETALLARNING AHAMIYATI
Description:
Dunyo adabiyotshunosligida “satirik modus” terminining ilmiy etimologiyasini va zamonaviy adabiyotshunoslikda qo‘llaniladigan ma’nosini izohlash, satirik asarlarda qahramon va aksilqahramon tushunchalarini ochib berish, shaxs va jamiyat munosabatlarining murakkab tabiatini ko‘rsatish, ingliz va o‘zbek satirik nasri arxitektonikasini shakllantiruvchi tamoyillarni aniqlash, uning poetikasidagi muhim jihatlarni tadqiq qilish kabi vazifalar bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu bois soha olimlari badiiy ijodning bir turi — satira va yumor bilan bog‘liq muammo va vazifalarni yoritishga jiddiy e’tibor qaratishadi.
Satirik asarlar muayyan davrni, ijtimoiy hayotni, jamiyatdagi va insonlar o‘rtasidagi illatlarni kulgi orqali ayovsiz fosh etadi, ulardan voz kechish kerakligini namoyon etadi.
Badiiy detallar yordamida xarakter qirralari to‘la namoyon bo‘ladi.
Asar qahramonlarining ichki va tashqi olamini anglash uchun aniq bir vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Ular voqealarning tadrijiy rivojini, qahramon xarakterini va yozuvchi fikrlarini anglashga yordam beradi.
Badiiy detal tufayli muallif chizgan hayot tasviri jonlanadi.
Yozuvchi uchun badiiy detal alohida so‘zlar, iboralar, matndagi takrorlar bo‘lib, muallifga o‘z fikrlarini kitobxonga yetkazish imkonini beradi.
Tafsilotlar bayon yoki tavsiflovchi bo‘lishi mumkin.
Har bir adabiy asar qahramonlarning yashash sharoiti, xarakterlar to‘qnashuvi, ruhiyatidagi turfaliklar va ularning to‘xtovsiz o‘zgarib turishiga, rivojiga aloqador sanoqsiz badiiy detallar umumlashmasidan iborat.
Hikoya detali — voqea-hodisa haqida hikoya qiluvchi va syujetni rivojlantirishga xizmat qiluvchi detal.
Tasviriy detal personajlarning axloqi va xarakterini ifodalovchi detaldir.
Tadqiqot jarayonida qiyosiy-tipologik, biografik, psixologik, sistem-struktur tahlil usullaridan foydalanilgan.
Maqolaning maqsadi Ivlin Vo va Abdulla Qahhor satirik hikoyalaridagi badiiy detallarni tahlil qilish, satirik mohiyatini aniqlashdan iborat.

Related Results

'Dayıcan Napolyon' ve 'Beyaz Kaplan’da Soytarı Figürleri: Quixote Meşkasım ile Picaro Balram
'Dayıcan Napolyon' ve 'Beyaz Kaplan’da Soytarı Figürleri: Quixote Meşkasım ile Picaro Balram
İyrec-i Pézéşkzâd ve Aravind Adiga modern edebiyatın önemli romancıları arasında sayılmaktadırlar. İyrec-i Pézéşkzâd Dayıcan Napolyon adlı romanında, Aravind Adiga Beyaz Kaplan adl...
ODIL YOQUBOVNING “ULUG‘BEK XAZINASI” ROMANIDA BADIIY OBRAZ YARATISH
ODIL YOQUBOVNING “ULUG‘BEK XAZINASI” ROMANIDA BADIIY OBRAZ YARATISH
Nasirov Azimidin Normamatovichning “Odil Yoqubovning “Ulig‘bek xazinasi” romanıda badiiy obraz yaratısh” nomli maqolasoda olim va shoh Mirzo Ulug‘bekning fojiali hayoti, umrining s...
LIRIKADA BADIIY ZAMON MASALASI
LIRIKADA BADIIY ZAMON MASALASI
Mazkur maqolada lirikada badiiy zamon va makonning psixologik mazmun kasb etishi, ularning badiiy psixologizmni yuzaga chiqarishdagi o‘rni tadqiq etiladi. Tadqiqotda lirik asarlard...
Badiiy stilistik vositalarning jahon adabiyoti durdona asarlaridagi o‘rni
Badiiy stilistik vositalarning jahon adabiyoti durdona asarlaridagi o‘rni
Ushbu maqolada badiiy stilistik vositalarning jahon adabiyoti durdona asarlaridagi asar mazmuni va shakliga qo’shgan o’ziga xos hissasi tahlil qilingan. Jahon adabiyotining mashhur...
HOZIRGI O‘ZBEK NASRIDA BADIIY MAKON TIPOLOGIYASI (NAZAR ESHONQUL HIKOYALARI MISOLIDA)
HOZIRGI O‘ZBEK NASRIDA BADIIY MAKON TIPOLOGIYASI (NAZAR ESHONQUL HIKOYALARI MISOLIDA)
Badiiy makon va zamon tushunchasi adabiyotshunoslikdagi markaziy nazariy muammolardan biri sanaladi. Hozirgi o‘zbek nasri badiiyatidagi o‘zgarishlar ijodkor badiiy tafakkuri, mahor...
BADIIY ASARDA TARIXIYLIK KONSEPSIYASI
BADIIY ASARDA TARIXIYLIK KONSEPSIYASI
Mazkur tezisda badiiy asarda tarixiylik konsepsiyasining nazariy asoslari hamda uning zamonaviy o‘zbek tarixiy nasridagi ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tarixiylik konse...
QO'G'IRCHOQ TEATRINING JANRLARI VA ULARNING BADIIY YAXLITLIGI
QO'G'IRCHOQ TEATRINING JANRLARI VA ULARNING BADIIY YAXLITLIGI
Qo‘g‘irchoq teatri janrlari uning badiiy ifoda vositalari va estetik tamoyillariga asoslanib shakllanadi. Ushbu maqolada qo‘g‘irchoq teatri janrlari, ularning o‘ziga xos xususiyatl...
USLUB VA UNING ADABIYOTSHUNOSLIKDAGI O‘RNI
USLUB VA UNING ADABIYOTSHUNOSLIKDAGI O‘RNI
Ushbu maqolada uslub tushunchasining mazmun-mohiyati, uning shakllanish jarayoni va adabiyotshunoslikdagi o‘rni keng tahlil qilinadi. Uslub badiiy asarning estetik qiymatini belgil...

Back to Top