Search engine for discovering works of Art, research articles, and books related to Art and Culture
ShareThis
Javascript must be enabled to continue!

OʻZBEK TILSHUNOSLIGIDA HARAKAT FEʼLLAR MUAMMOSI

View through CrossRef
Mazkur tadqiqotdan koʼzlangan asosiy maqsad oʼzbek tilshunosligida harakat feʼllari muammosining nazariy asoslarini tahlil qilish, mavjud klassifikatsiyalarda qoʼllanilgan mezonlarni aniqlash hamda harakat va holat feʼllarini farqlashning izchil semantik mezonlarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot vazifalari sifatida oʼzbek tilshunosligida feʼllarning maʼnoviy tasnifi yuzasidan bildirilgan qarashlarni (Sh. Jalolova, R. Sayfullayev, M. Sodiqova, A. Gʼulomov, S. Muhammedova va boshqalar) tahlil qilish, harakat feʼllari tushunchasiga berilgan taʼriflarni qiyoslash, tasniflarda qoʼllanilgan semantik, sintaktik va aspektual mezonlarning uygʼun yoki aralash holda qoʼllanilish holatlarini aniqlash hamda ularning nazariy izchilligini baholash belgilandi. Shuningdek, ingliz tilshunosligidagi feʼllar tasnifi (R. Dikson, B. Levin, Ch. Fillmore, L. Talmi va boshqalar) bilan qiyosiy tahlil oʻtkazilib, metodologik farqlar koʻrsatib berildi. Tadqiqotda deskriptiv, qiyosiy-tahliliy hamda tanqidiy-evolyuativ metodlardan foydalanildi. Deskriptiv metod asosida mavjud klassifikatsiyalar mazmunan bayon qilindi; qiyosiy metod yordamida oʻzbek va ingliz tilshunosligidagi tasnif yondashuvlari solishtirildi; tanqidiy yondashuv orqali turli tizimga mansub mezonlarning bir klassifikatsiya doirasida aralash qoʻllanishi natijasida yuzaga kelgan nazariy noaniqliklar asoslandi. Tadqiqot natijalariga koʻra, oʻzbek tilshunosligida feʼllarni semantik guruhlash koʻproq mazmuniy yaqinlikka tayangan holda amalga oshirilishi, biroq mezonlarning aniq va yagona tizim asosida shakllantirilmaganligi aniqlanadi. Ingliz tilshunosligida esa semantik tasniflar koʻpincha sintaktik, argument tuzilmasi yoki konseptual model bilan bogʻlangan holda tizimlashtirilganligi kuzatildi. Harakatni faqat mexanik trayektoriya bilan bogʻlash yondashuvi leksik-semantik jihatdan cheklangan ekani asoslab berildi. Muallif tomonidan harakat va holat feʼllarini farqlashda “aktiv energiya sarfi” hamda “jarayonlilik (ichki bosqichlarga egalik)” mezonlari taklif etildi va ushbu mezonlar asosida harakat hamda holat feʼllarining konseptual-semantik tafovuti izohlandi.
Title: OʻZBEK TILSHUNOSLIGIDA HARAKAT FEʼLLAR MUAMMOSI
Description:
Mazkur tadqiqotdan koʼzlangan asosiy maqsad oʼzbek tilshunosligida harakat feʼllari muammosining nazariy asoslarini tahlil qilish, mavjud klassifikatsiyalarda qoʼllanilgan mezonlarni aniqlash hamda harakat va holat feʼllarini farqlashning izchil semantik mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari sifatida oʼzbek tilshunosligida feʼllarning maʼnoviy tasnifi yuzasidan bildirilgan qarashlarni (Sh.
Jalolova, R.
Sayfullayev, M.
Sodiqova, A.
Gʼulomov, S.
Muhammedova va boshqalar) tahlil qilish, harakat feʼllari tushunchasiga berilgan taʼriflarni qiyoslash, tasniflarda qoʼllanilgan semantik, sintaktik va aspektual mezonlarning uygʼun yoki aralash holda qoʼllanilish holatlarini aniqlash hamda ularning nazariy izchilligini baholash belgilandi.
Shuningdek, ingliz tilshunosligidagi feʼllar tasnifi (R.
Dikson, B.
Levin, Ch.
Fillmore, L.
Talmi va boshqalar) bilan qiyosiy tahlil oʻtkazilib, metodologik farqlar koʻrsatib berildi.
Tadqiqotda deskriptiv, qiyosiy-tahliliy hamda tanqidiy-evolyuativ metodlardan foydalanildi.
Deskriptiv metod asosida mavjud klassifikatsiyalar mazmunan bayon qilindi; qiyosiy metod yordamida oʻzbek va ingliz tilshunosligidagi tasnif yondashuvlari solishtirildi; tanqidiy yondashuv orqali turli tizimga mansub mezonlarning bir klassifikatsiya doirasida aralash qoʻllanishi natijasida yuzaga kelgan nazariy noaniqliklar asoslandi.
Tadqiqot natijalariga koʻra, oʻzbek tilshunosligida feʼllarni semantik guruhlash koʻproq mazmuniy yaqinlikka tayangan holda amalga oshirilishi, biroq mezonlarning aniq va yagona tizim asosida shakllantirilmaganligi aniqlanadi.
Ingliz tilshunosligida esa semantik tasniflar koʻpincha sintaktik, argument tuzilmasi yoki konseptual model bilan bogʻlangan holda tizimlashtirilganligi kuzatildi.
Harakatni faqat mexanik trayektoriya bilan bogʻlash yondashuvi leksik-semantik jihatdan cheklangan ekani asoslab berildi.
Muallif tomonidan harakat va holat feʼllarini farqlashda “aktiv energiya sarfi” hamda “jarayonlilik (ichki bosqichlarga egalik)” mezonlari taklif etildi va ushbu mezonlar asosida harakat hamda holat feʼllarining konseptual-semantik tafovuti izohlandi.

Related Results

Sejarah Munculnya HarA ̅Kat Dalam Tulisan Arab
Sejarah Munculnya HarA ̅Kat Dalam Tulisan Arab
Language is a tool used to communicate. In Arabic there is a sign known as Harakat. The purpose of the research is to find out how the history of the emergence of harakat in Arabic...
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI HARAKAT MODIFIKATORLARINING BADIIY DISKURSDA VOQELANISHI
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI HARAKAT MODIFIKATORLARINING BADIIY DISKURSDA VOQELANISHI
Dunyo tilshunosligida badiiy diskursda modifikatsiya jarayonini voqelanish qonuniyatlariga va uning muloqot jarayonida qo‘llanilishini yoritish hamda kommunikativ maqsadni ro‘yobga...
INGLIZ VA OʻZBEK OSHXONA ANJOMLARI NOMLARINING BOSHQA SOʻZLAR BILAN OMONIMIK MUNOSABATLARI
INGLIZ VA OʻZBEK OSHXONA ANJOMLARI NOMLARINING BOSHQA SOʻZLAR BILAN OMONIMIK MUNOSABATLARI
Maqola ingliz va oʻzbek tillarida oshxona anjomlari nomlari asosida yuzaga keladigan omonimik munosabatlarning chogʻishtirma tahliliga bagʻishlangan. Ilmiy ishda uy-roʻzgʻor buyuml...
O‘ZBEK TILIDA YURISH-HARAKAT FE’LLARINING AKSIONAL TASNIFI
O‘ZBEK TILIDA YURISH-HARAKAT FE’LLARINING AKSIONAL TASNIFI
Maqolada o‘zbek tilidagi yurish-harakat fe’llarining aksional tasnifi amalga oshirilgan. Muallif, yurish-harakat fe’llarining aksional semantikasini chuqurroq tahlil qilish maqsadi...
SPEKTAKLDA VOQEA VA YETAKCHI XATTI-HARAKAT
SPEKTAKLDA VOQEA VA YETAKCHI XATTI-HARAKAT
Ushbu maqolada spektakl dramaturgik tuzilmasining asosiy unsurlari - voqea rivoji va yetakchi xatti-harakat tushunchalari tahlil qilinadi. Asarda voqea dramatik konfliktning haraka...
OʻZBEK ETNOMUSIQASIGA OID TARIXIY MANBA VA MUTAFAKKIRLAR ETNOMUSIQA BORASIDAGI QARASHLARINING FALSAFIY TAHLILI
OʻZBEK ETNOMUSIQASIGA OID TARIXIY MANBA VA MUTAFAKKIRLAR ETNOMUSIQA BORASIDAGI QARASHLARINING FALSAFIY TAHLILI
Ushbu maqolada oʻzbek etnomusiqasining shakllanishi, taraqqiyoti va uning ilmiy-falsafiy talqinlari tarixiy manbalar hamda mutafakkirlar qarashlari asosida tahlil qilinadi. Xususan...
INGLIZ VA OʻZBEK NASRIDA AYOL OBRAZINING BADIIY TASVIRI
INGLIZ VA OʻZBEK NASRIDA AYOL OBRAZINING BADIIY TASVIRI
Hozirgi globallashuv jarayonida xalqimizning maʼnaviy, siyosiy va diniy savodxonligini yuksaltirish zamonamizning eng muhim talabi boʻlib, bu borada ayollar masalasi alohida ahamiy...
AKSIOLOGI PEMBELAJARAN S}ARAF DALAM MEMBACA KITAB KUNING
AKSIOLOGI PEMBELAJARAN S}ARAF DALAM MEMBACA KITAB KUNING
This research aims to find out how the application of S}araf in reading yellow book using qualitative descriptive research. The subjects of the study were lecturers of science s}ar...

Back to Top