Search engine for discovering works of Art, research articles, and books related to Art and Culture
ShareThis
Javascript must be enabled to continue!

BUYUK IPAK YO‘LIDA DIPLOMATIK MUNOSABATLAR (Samarqand Sug‘di misolida)

View through CrossRef
Ushbu maqolada Xitoy, Markaziy Osiyo, Hindiston, Yaqin Sharq va Yevropa o‘rtasida ilk o‘rta asrlarda savdo aloqalarini shakllantirish va qo‘llab-quvvatlashda diplomatiyaning roli haqida o‘ziga xos nuqtai nazar keltirilgan. Shuningdek, maqolada qadimgi imperiyalar qo‘llagan diplomatik vositalar, davlatlar o‘rtasida qanday ittifoq va bitimlar tuzilgani, mintaqadagi ziddiyatlarni bartaraf etish va keskinlikni yumshatish uchun diplomatiyaning qanday usullaridan foydalanilgani ham ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, madaniy almashinuv va diplomatik aloqalarning ilm-fan, san’at va diniy e’tiqodlar rivojiga ta’siriga e’tibor qaratilgan. Ularning tahlili natijasida diplomatiya Ipak yo‘lida barqarorlik va farovonlikning muhim omili bo‘lib xizmat qilganini tushunish imkonini beradi. Maqolada mashhur savdo yo‘li bo‘ylab savdo va madaniy almashinuv kontekstida diplomatiyaning roli yoritilgan bo‘lib, karvon yo‘llari xavfsizligini ta’minlash, savdo nizolarini hal etish, turli xalqlar va sivilizasiyalar o‘rtasidagi madaniy almashinuvni rag‘batlantirish uchun qadimgi imperiya va davlatlar diplomatik mexanizmlardan qanday foydalanganliklari tahlil qilingan bo‘lib shuningdek, Xitoydan Yevropagacha cho‘zilgan bu uzoq yo‘lda tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun qadim zamonlarda qo‘llanilgan turli diplomatik strategiyalar va vositalar tasvirlangan. Maqolada mintaqadagi mojarolarni hal qilish va harbiy to‘qnashuvlarning oldini olish uchun diplomatiyadan muvaffaqiyatli foydalanishning tarixiy misollari ham keltirilgan. Bu Buyuk Ipak yo‘lida barqarorlik va farovonlikni ta’minlashda diplomatik mahorat muhimligini tushunishga yordam beradi. Bundan tashqari, maqolada madaniy va ilm-fan yutuqlarini tarqatishda, shuningdek, Ipak yo‘li bo‘ylab boshqa madaniyatlar va xalqlar haqida jamoatchilik fikri va tasavvurlarini shakllantirishda diplomatik almashinuvlarning o‘rni ko‘rsatilgan.
Samarkand Archaeological Institute Named Y. Gulomov Agency of Cultural Heritage of the Republic of Uzbekistan
Title: BUYUK IPAK YO‘LIDA DIPLOMATIK MUNOSABATLAR (Samarqand Sug‘di misolida)
Description:
Ushbu maqolada Xitoy, Markaziy Osiyo, Hindiston, Yaqin Sharq va Yevropa o‘rtasida ilk o‘rta asrlarda savdo aloqalarini shakllantirish va qo‘llab-quvvatlashda diplomatiyaning roli haqida o‘ziga xos nuqtai nazar keltirilgan.
Shuningdek, maqolada qadimgi imperiyalar qo‘llagan diplomatik vositalar, davlatlar o‘rtasida qanday ittifoq va bitimlar tuzilgani, mintaqadagi ziddiyatlarni bartaraf etish va keskinlikni yumshatish uchun diplomatiyaning qanday usullaridan foydalanilgani ham ko‘rib chiqilgan.
Bundan tashqari, madaniy almashinuv va diplomatik aloqalarning ilm-fan, san’at va diniy e’tiqodlar rivojiga ta’siriga e’tibor qaratilgan.
Ularning tahlili natijasida diplomatiya Ipak yo‘lida barqarorlik va farovonlikning muhim omili bo‘lib xizmat qilganini tushunish imkonini beradi.
Maqolada mashhur savdo yo‘li bo‘ylab savdo va madaniy almashinuv kontekstida diplomatiyaning roli yoritilgan bo‘lib, karvon yo‘llari xavfsizligini ta’minlash, savdo nizolarini hal etish, turli xalqlar va sivilizasiyalar o‘rtasidagi madaniy almashinuvni rag‘batlantirish uchun qadimgi imperiya va davlatlar diplomatik mexanizmlardan qanday foydalanganliklari tahlil qilingan bo‘lib shuningdek, Xitoydan Yevropagacha cho‘zilgan bu uzoq yo‘lda tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun qadim zamonlarda qo‘llanilgan turli diplomatik strategiyalar va vositalar tasvirlangan.
Maqolada mintaqadagi mojarolarni hal qilish va harbiy to‘qnashuvlarning oldini olish uchun diplomatiyadan muvaffaqiyatli foydalanishning tarixiy misollari ham keltirilgan.
Bu Buyuk Ipak yo‘lida barqarorlik va farovonlikni ta’minlashda diplomatik mahorat muhimligini tushunishga yordam beradi.
Bundan tashqari, maqolada madaniy va ilm-fan yutuqlarini tarqatishda, shuningdek, Ipak yo‘li bo‘ylab boshqa madaniyatlar va xalqlar haqida jamoatchilik fikri va tasavvurlarini shakllantirishda diplomatik almashinuvlarning o‘rni ko‘rsatilgan.

Related Results

AHOLI SUG‘URTA SAVODXONLIGINI OSHIRISH MASALALARI VA UNING SUG‘URTA BOZORI RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI
AHOLI SUG‘URTA SAVODXONLIGINI OSHIRISH MASALALARI VA UNING SUG‘URTA BOZORI RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI
O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta bozorini izchil rivojlantirish, aholining moliyaviy manfaatlarini himoya qilish hamda iqtisodiyotda risklarni samarali boshqarish mexanizmlarini...
Pemberian Suaka Diplomatik Berkaitan Dengan Hak Asasi Manusia Dalam Perspektif Hukum Internasional
Pemberian Suaka Diplomatik Berkaitan Dengan Hak Asasi Manusia Dalam Perspektif Hukum Internasional
Pemberian suaka diplomatik masih menjadi perdebatan, apakah memang benar merupakan kebutuhan manusia yang berlandaskan perikemanusiaan dalam perspektif hukum internasional. Permasa...
EGILUVCHAN QUVURLAR YORDAMIDA G‘O‘ZA NAVLARINI SUG‘ORISHNING G‘O‘ZA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI
EGILUVCHAN QUVURLAR YORDAMIDA G‘O‘ZA NAVLARINI SUG‘ORISHNING G‘O‘ZA HOSILDORLIGIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada Buxoro viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida ekilgan ғўza navlarini egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orish va sug‘orish oldi tuproq namliklari varian...
AKIBAT HUKUM BAGI DIPLOMAT YANG MELAKUKAN TINDAKAN MELAWAN HUKUM PADA SAAT MELAKSANAKAN TUGAS
AKIBAT HUKUM BAGI DIPLOMAT YANG MELAKUKAN TINDAKAN MELAWAN HUKUM PADA SAAT MELAKSANAKAN TUGAS
Tujuan dilakukannya penelitian ini adalah untuk mengetahui bagaimana tugas dan kewajiban dari seorang pejabat diplomatik dan apa akibat hukum untuk pejabat diplomatik yang melakuka...
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA IJOBIY IJTIMOIY MUNOSABATLAR MUHITI: TARKIBIY KOMPONENTLAR VA RAHBAR BOSHQARUV FAOLIYATIGA TA’SIR MEXANIZMLARI
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA IJOBIY IJTIMOIY MUNOSABATLAR MUHITI: TARKIBIY KOMPONENTLAR VA RAHBAR BOSHQARUV FAOLIYATIGA TA’SIR MEXANIZMLARI
Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida ijobiy ijtimoiy munosabatlar muhitining tarkibiy tuzilmasi va uning rahbar boshqaruv faoliyatiga ta’sir etish mexanizmlari konseptual jihatd...
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA IJOBIY IJTIMOIY MUNOSABATLAR MUHITI: TARKIBIY KOMPONENTLAR VA RAHBAR BOSHQARUV FAOLIYATIGA TA’SIR MEXANIZMLARI
UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA IJOBIY IJTIMOIY MUNOSABATLAR MUHITI: TARKIBIY KOMPONENTLAR VA RAHBAR BOSHQARUV FAOLIYATIGA TA’SIR MEXANIZMLARI
Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida ijobiy ijtimoiy munosabatlar muhitining tarkibiy tuzilmasi va uning rahbar boshqaruv faoliyatiga ta’sir etish mexanizmlari konseptual jihatd...
New data on the bāzārs of the medieval Samarqand
New data on the bāzārs of the medieval Samarqand
The medieval sources provide some data on the bazaars of Samar-qand at that time. One of such source is the historical and biographical work “al-Qand fi dhikr ‘ulama’ ...
İstihbaratta Diplomatik Misyonların Rolü: Ebilov Vakası
İstihbaratta Diplomatik Misyonların Rolü: Ebilov Vakası
Diplomasi, iki ülke ilişkilerinin kurulması ve sürekliliği için yürünebilecek en sağlam yoldur. Diplomatik misyon ve ev sahibi ülke arasında karşılıklı tanınan haklar oldukça öneml...

Back to Top