Search engine for discovering works of Art, research articles, and books related to Art and Culture
ShareThis
Javascript must be enabled to continue!

“XOLDORXON” DOSTONIDA LEKSIK-SEMANTIK TAKRORNING LINGVOPOETIK VAZIFALARI

View through CrossRef
Maqolada leksik takrorning “Xoldorxon” dostonidagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Ushbu maqolada Go‘ro‘g‘li turkumiga mansub “Xoldorxon” dostonidagi leksik-semantik takroriy shakllarning lingvopoetik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida epanalepsis, sinonimik va antonimik takror, halqasimon takror kabi birliklarning badiiy matndagi funksional o‘rni o‘rganildi. Takror san’ati doston nutqining musiqiyligi, ritmik uyg‘unligi va emotsional ta’sirchanligini ta’minlashda muhim vosita ekanligi asoslab berildi. Takror tushunchasi tilda ma’noni kuchaytirish, ta’kidlash, ta’sirchanlikni oshirish maqsadida ba’zi so‘z va unsurlarning qayta qo‘llanishiga nisbatan ishlatiladi. Takror va takroriylik adabiy matn tashqarisida, bizni qurshab turgan olamdagi jismlararo munosabatlarda ham mavjud. Hatto hayotimizning har qirrasida muntazamlikni ta’minlovchi, murakkablikni bartaraf qiluvchi beminnat vosita sifatida duch kelamiz. Takror keng ma’noda odam va olam bilan bog‘liq tushuncha va mavjudlikning nomi hisoblanadi. Dostondagi takrorlar orqali qahramonlar xarakteri, yaxshilik va yomonlik qarama-qarshiligi, jang manzaralarining dinamikasi kuchaytiriladi. “Xoldorxon” dostonining nasriy va she’riy qismlarida takrorlar o‘ziga xos stilistik yukni bajarib, epik nutqning badiiy-estetik qimmatini oshiradi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, leksik-semantik takroriy birliklar doston kompozitsiyasining uzviy qismi bo‘lib, folklor nutqining ritmik-intonatsion yaxlitligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Title: “XOLDORXON” DOSTONIDA LEKSIK-SEMANTIK TAKRORNING LINGVOPOETIK VAZIFALARI
Description:
Maqolada leksik takrorning “Xoldorxon” dostonidagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi.
Ushbu maqolada Go‘ro‘g‘li turkumiga mansub “Xoldorxon” dostonidagi leksik-semantik takroriy shakllarning lingvopoetik xususiyatlari tahlil qilinadi.
Tadqiqot davomida epanalepsis, sinonimik va antonimik takror, halqasimon takror kabi birliklarning badiiy matndagi funksional o‘rni o‘rganildi.
Takror san’ati doston nutqining musiqiyligi, ritmik uyg‘unligi va emotsional ta’sirchanligini ta’minlashda muhim vosita ekanligi asoslab berildi.
Takror tushunchasi tilda ma’noni kuchaytirish, ta’kidlash, ta’sirchanlikni oshirish maqsadida ba’zi so‘z va unsurlarning qayta qo‘llanishiga nisbatan ishlatiladi.
Takror va takroriylik adabiy matn tashqarisida, bizni qurshab turgan olamdagi jismlararo munosabatlarda ham mavjud.
Hatto hayotimizning har qirrasida muntazamlikni ta’minlovchi, murakkablikni bartaraf qiluvchi beminnat vosita sifatida duch kelamiz.
Takror keng ma’noda odam va olam bilan bog‘liq tushuncha va mavjudlikning nomi hisoblanadi.
Dostondagi takrorlar orqali qahramonlar xarakteri, yaxshilik va yomonlik qarama-qarshiligi, jang manzaralarining dinamikasi kuchaytiriladi.
“Xoldorxon” dostonining nasriy va she’riy qismlarida takrorlar o‘ziga xos stilistik yukni bajarib, epik nutqning badiiy-estetik qimmatini oshiradi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, leksik-semantik takroriy birliklar doston kompozitsiyasining uzviy qismi bo‘lib, folklor nutqining ritmik-intonatsion yaxlitligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Related Results

BEBERAPA TEORI DAN PENDEKATAN SEMANTIK
BEBERAPA TEORI DAN PENDEKATAN SEMANTIK
Tujuan penulisan makalah ini untuk mendeskripsikan pengertian semantik, beberapa teori dan pendekatan. Data dikumpulkan dari pendapat beberapa ahli linguistik. Metode pengumpulan d...
YER RELYEFINI IFODALOVCHI ATOV BIRLIKLARI TIZIMI LEKSIK-SEMANTIK GURUH SIFATIDA
YER RELYEFINI IFODALOVCHI ATOV BIRLIKLARI TIZIMI LEKSIK-SEMANTIK GURUH SIFATIDA
Ushbu maqolada o‘zbek tilining leksik qatlamiga oid atov birliklar va ularning alohida tizim sifatida leksik tizimda tutgan o‘rni, ahamiyati xususida fikr yuritiladi. Ma’lumki, o‘z...
TOG‘AY MUROD ROMANLARIDA METAFORA
TOG‘AY MUROD ROMANLARIDA METAFORA
Maqolada Tog‘ay Murod romanlaridagi metaforik ko‘chimlar semantik va lingvopoetik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot materiali sifatida “Otamdan qolgan dalalar” va “Bu duny...
OʻZBEK TILSHUNOSLIGIDA HARAKAT FEʼLLAR MUAMMOSI
OʻZBEK TILSHUNOSLIGIDA HARAKAT FEʼLLAR MUAMMOSI
Mazkur tadqiqotdan koʼzlangan asosiy maqsad oʼzbek tilshunosligida harakat feʼllari muammosining nazariy asoslarini tahlil qilish, mavjud klassifikatsiyalarda qoʼllanilgan mezonlar...
TIL LEKSIKASIDAGI BO‘SHLIQLAR
TIL LEKSIKASIDAGI BO‘SHLIQLAR
Mazkur tadqiqot orqali til leksikasidagi bo‘shliqlarni o‘rganishning amaliy ahamiyati ko‘rsatib berildi. Ushbu tadqiqot tafakkurda mavjud bo‘lgan, ammo tilda o‘z ifodasiga ega bo‘l...
FRAZEOLOGIK VA LEKSIK BIRLIKLARNING MATN SEMANTIKASIDAGI KO‘RINISHLARI
FRAZEOLOGIK VA LEKSIK BIRLIKLARNING MATN SEMANTIKASIDAGI KO‘RINISHLARI
Maqolada leksik va frazeologik birliklarning matn semantikasi va stilistikasidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda F. de Sossyur, Sh. Balli, V. Vinogradov, N. Chomskiy, J. Lyons, ...
NAVOIY ASARLARINING INGLIZCHA TARJIMASIDA LINGVOPOETIK INVARIANT MUAMMOSI
NAVOIY ASARLARINING INGLIZCHA TARJIMASIDA LINGVOPOETIK INVARIANT MUAMMOSI
Maqolada Alisher Navoiy asarlarining ingliz tiliga tarjimasida badiiy matnning lingvopoetik invariantini tiklash masalasi tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida Navoiy poetikasining ...
JAR HARFLARINING MA’NOVIY VA GRAMMATIK VAZIFALARI
JAR HARFLARINING MA’NOVIY VA GRAMMATIK VAZIFALARI
Ushbu maqolada arab tilidagi jar harflarining semantik va grammatik vazifalari, ma’no hosil qilishdagi o‘rni hamda gap bo‘laklari o‘rtasida aloqadorlikni shakllantirishdagi vazifal...

Back to Top