Search engine for discovering works of Art, research articles, and books related to Art and Culture
ShareThis
Javascript must be enabled to continue!

INTERAKTIV TELELOYIHALARNING SAMARADORLIK MASALALARI

View through CrossRef
Mazkur maqolada jahonda keng ommalashgan interaktiv teleloyihalarning samaradorlik masalalari koʻrib chiqildi. Hozirda barcha davlat va nodavlat telekanallari oʻz maqsadli auditoriyasining hajmini bilishi, samarali koʻrsatuvlarni muntazam aniqlashga intiladi. Har bir telekanal faoliyati marketing tadqiqot natijalariga uzviy bogʻliqdir. Auditoriyaning istak va xohishlarini tadqiq etish natijasida u yoki bu telekanalning ish samaradorligini aniqlash va unga asosan boshqaruvning marketing rejasini ishlab chiqish imkoniyati vujudga keladi. Izlanishda yurtimiz davlat va xususiy telekanallar faoliyatining samaradorlik xususiyatlariga koʻra oʻtkazilgan tadqiqotlarning natijalari batafsil tahlil qilindi. Mazkur izlanishlarga koʻra interaktiv teleloyihalarning samaradorligi boshqa yoʻnalishdagi telemahsulotlarga nisbatan katta ekanligini taʼkidlash kerak. Bevosita studiyada ishtirok eta olish imkoniyati, tasvirga olish jarayonida taniqli mediashaxslar bilan muloqotga kirishish xususiyatlariga koʻra nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda teleseriallar qatori muloqotga asoslangan tok-shoularning ham nihoyatda ommalashishi bunga yaqqol misol boʻladi. Rivojlangan davlatlarda interaktiv telekoʻrsatuvlarning maxsus reytinglari, tomoshabinboplik boʻyicha koʻrsatkichlari muntazam oʻrganiladi, samaradorlik xususiyatlari tadqiq etiladi. Maqolada yurtimizda faoliyat koʻrsatuvchi xususiy telekanallar interaktiv shoulari davlat telekanallarida tayyorlanadigan koʻrsatuvlarga nisbatan reytingi balandligi boʻyicha izlanish natijalari bayon etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi sifatida media biznes sharoitida interaktiv telejurnalistikaning asosiy rivojlanish tamoyillari ularning auditoriyaning oʻziga jalb qilish imkoniyatlari tahlilini koʻrsatish mumkin. Shuningdek, maqolada telekoʻrsatuvlarning samaradorlik belgisi sifatida xorijda olib borilayotgan tanlovlarga toʻxtalib oʻtilgan. Izlanishda interaktiv telejurnalistika samaradorligi ilmiy-nazariy qarashlar va amaliy misollar yordamida ochib berilgan, olib borilgan tadqiqot natijalariga koʻra ilmiy xulosalar qilindi.
Uzbek State World Languages University
Title: INTERAKTIV TELELOYIHALARNING SAMARADORLIK MASALALARI
Description:
Mazkur maqolada jahonda keng ommalashgan interaktiv teleloyihalarning samaradorlik masalalari koʻrib chiqildi.
Hozirda barcha davlat va nodavlat telekanallari oʻz maqsadli auditoriyasining hajmini bilishi, samarali koʻrsatuvlarni muntazam aniqlashga intiladi.
Har bir telekanal faoliyati marketing tadqiqot natijalariga uzviy bogʻliqdir.
Auditoriyaning istak va xohishlarini tadqiq etish natijasida u yoki bu telekanalning ish samaradorligini aniqlash va unga asosan boshqaruvning marketing rejasini ishlab chiqish imkoniyati vujudga keladi.
Izlanishda yurtimiz davlat va xususiy telekanallar faoliyatining samaradorlik xususiyatlariga koʻra oʻtkazilgan tadqiqotlarning natijalari batafsil tahlil qilindi.
Mazkur izlanishlarga koʻra interaktiv teleloyihalarning samaradorligi boshqa yoʻnalishdagi telemahsulotlarga nisbatan katta ekanligini taʼkidlash kerak.
Bevosita studiyada ishtirok eta olish imkoniyati, tasvirga olish jarayonida taniqli mediashaxslar bilan muloqotga kirishish xususiyatlariga koʻra nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda teleseriallar qatori muloqotga asoslangan tok-shoularning ham nihoyatda ommalashishi bunga yaqqol misol boʻladi.
Rivojlangan davlatlarda interaktiv telekoʻrsatuvlarning maxsus reytinglari, tomoshabinboplik boʻyicha koʻrsatkichlari muntazam oʻrganiladi, samaradorlik xususiyatlari tadqiq etiladi.
Maqolada yurtimizda faoliyat koʻrsatuvchi xususiy telekanallar interaktiv shoulari davlat telekanallarida tayyorlanadigan koʻrsatuvlarga nisbatan reytingi balandligi boʻyicha izlanish natijalari bayon etilgan.
Tadqiqotning dolzarbligi sifatida media biznes sharoitida interaktiv telejurnalistikaning asosiy rivojlanish tamoyillari ularning auditoriyaning oʻziga jalb qilish imkoniyatlari tahlilini koʻrsatish mumkin.
Shuningdek, maqolada telekoʻrsatuvlarning samaradorlik belgisi sifatida xorijda olib borilayotgan tanlovlarga toʻxtalib oʻtilgan.
Izlanishda interaktiv telejurnalistika samaradorligi ilmiy-nazariy qarashlar va amaliy misollar yordamida ochib berilgan, olib borilgan tadqiqot natijalariga koʻra ilmiy xulosalar qilindi.

Related Results

INTERAKTIV TELEJURNALISTIKANING PSIXOLOGIK TA’SIR ASPEKTLARI
INTERAKTIV TELEJURNALISTIKANING PSIXOLOGIK TA’SIR ASPEKTLARI
Mazkur maqolada interaktiv telejurnalistikaning psixologik ta’sir aspektlari masalalari kо‘rib chiqildi. Axborot vositalarining auditoriyaga ta’siri sо‘nggi yillari keng tadqiq et...
ZAMONAVIY TELEVIDENIENING INTERAKTIV KONTENT MASALASI
ZAMONAVIY TELEVIDENIENING INTERAKTIV KONTENT MASALASI
Mazkur maqolada zamonaviy interaktiv telejurnalistikaning o‘ziga xosligi masalasi ko‘rib chiqildi. Bu borada yetakchi olimlarning qarashlari asosida kuzatuvlar keltirildi. Bugungi ...
INTERAKTIV TELEJURNALISTIKANING FIZIOLOGIK OMILLARI
INTERAKTIV TELEJURNALISTIKANING FIZIOLOGIK OMILLARI
Mazkur maqolada interaktiv jurnalistikaning fiziologik omillari masalalari ko‘rib chiqildi. Globallashuv jarayonida taraqqiy etayotgan interaktiv jurnalistika rivojlanishida audito...
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA OG‘ZAKI NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA INTERAKTIV METODLARNING AHAMIYATI
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA OG‘ZAKI NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA INTERAKTIV METODLARNING AHAMIYATI
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki nutq madaniyatini shakllantirish jarayonida interaktiv metodlarning pedagogik-didaktik ahamiyati tizimli ...
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INTERAKTIV METODLARNING AHAMIYATI
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INTERAKTIV METODLARNING AHAMIYATI
Mazkur maqolada interaktiv o‘qitish metodlarining zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni va afzalliklari tahlil qilingan. An’anaviy ta’lim usullaridan farqli ravishda, interaktiv metodl...
Reflective Teaching Model for Reading Comprehension
Reflective Teaching Model for Reading Comprehension
A kutatás célja az olvasás-szövegértés reflektív tanítási modelljének kidolgozása és hatékonyságvizsgálata volt mianmari tanulók körében osztálytermi környezetben megvalósítva. A c...
FAZOVIY TASAVVURNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
FAZOVIY TASAVVURNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
Maqolada fazoviy tasavvurni rivojlantirishning dolzarb masalalari, ayniqsa, chizma geometriya fanini o‘qitishda multimedia texnologiyalari va kompyuter grafikasining o‘rni yoritilg...
Types of literature lessons
Types of literature lessons
Ədəbiyyat kursunun məzmununu əsasən ədəbi əsərlər, icmal materialları, ədəbiyyat nəzəriyyəsinə dair nəzəri məlumatlar təşkil edir. Bu materialların əksəriyyəti bədii mətnlərin ...

Back to Top