Search engine for discovering works of Art, research articles, and books related to Art and Culture
ShareThis
Javascript must be enabled to continue!

O‘RTADAN SO‘NGGI PALEOLITGA O‘TISHNING BORSA-KELMAS MODELI

View through CrossRef
Keyingi yillarda Markaziy Osiyo hududi o‘rta paleolitida G‘arbiy Yevropa uchun ishlab chiqilgan muste madaniyatining aksar sxemalari o‘rniga anchayin obyektiv bo‘lgan o‘rtadan so‘nggi paleolitga o‘tish modellari taklif etilmoqda. Bunday o‘tishning Obiraxmat modeli - Obiraxmat, Qizilolma-2, Ko‘lbuloq va To‘daxotin (Dodekatem) yodgorliklarida xronologik tarzda namoyon bo‘ladi. Obiraxmat variantining xarakterli xususiyatlari plastinalar chaqmoqlab olish, mikrochaqmoqlash texnikasining ancha erta paydo bo‘lganligi, yonlama nukleuslar, iskanasimon qurollar hamda yuza bo‘ylab levallua chaqmoqlashdan keng yuza bo‘ylab qovurg‘ali plastinalar sindirib olishga o‘tishda namoyon bo‘ladi. O‘rtadan so‘nggi paleolitga o‘tishning O‘rta Zarafshon modelida esa parallel-levallua yo‘nilg‘ilar, uzunchoq levallua tig‘lar (fr. pointes), iskanasimon qurollar, turli modifikatsiyalardagi qirg‘ichchalar va eng asosiysi baliq tangalarini tozalashga mo‘ljallangan “ko‘rsatkich barmoq” tipidagi tosh pichoqlar va ularni sindirib olishda konseptual texnikaning paydo bo‘lganligidadir. Maqolada taklif qilinayotgan o‘rtadan so‘nggi paleolitga o‘tishning uchinchi, Borsa-Kelmas modeli shu nomli botiqdan topilgan Qoraquduq-2 va Yesen-2 ixtisoslashgan toshga ishlov berish ustaxonalari komplekslarida kuzatiladi. Qoraquduq-2 ustaxonasi ilk paleolit davrining ashelga xos anʼanalarini saqlab qolgan o‘rta paleolit variantiga xos bo‘lib, ehtimol, o‘z taraqqiyoti davomida so‘nggi paleolitning boshlariga oid Yesen-2 industriyasiga o‘sib o‘tgan. Yesen-2 topilmajoyi bifaslari Qoraquduqnikidan ancha takomillashgan texnikada ishlangani, yupqaligi va simmetrikligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, Qoraquduqdagidan farqli o‘laroq, Yesen-2 kompleksida yengil ushatg‘ichlar yordamida parallel-levallua chaqmoqlash texnikasi ham hukm surgan.
Samarkand Archaeological Institute Named Y. Gulomov Agency of Cultural Heritage of the Republic of Uzbekistan
Title: O‘RTADAN SO‘NGGI PALEOLITGA O‘TISHNING BORSA-KELMAS MODELI
Description:
Keyingi yillarda Markaziy Osiyo hududi o‘rta paleolitida G‘arbiy Yevropa uchun ishlab chiqilgan muste madaniyatining aksar sxemalari o‘rniga anchayin obyektiv bo‘lgan o‘rtadan so‘nggi paleolitga o‘tish modellari taklif etilmoqda.
Bunday o‘tishning Obiraxmat modeli - Obiraxmat, Qizilolma-2, Ko‘lbuloq va To‘daxotin (Dodekatem) yodgorliklarida xronologik tarzda namoyon bo‘ladi.
Obiraxmat variantining xarakterli xususiyatlari plastinalar chaqmoqlab olish, mikrochaqmoqlash texnikasining ancha erta paydo bo‘lganligi, yonlama nukleuslar, iskanasimon qurollar hamda yuza bo‘ylab levallua chaqmoqlashdan keng yuza bo‘ylab qovurg‘ali plastinalar sindirib olishga o‘tishda namoyon bo‘ladi.
O‘rtadan so‘nggi paleolitga o‘tishning O‘rta Zarafshon modelida esa parallel-levallua yo‘nilg‘ilar, uzunchoq levallua tig‘lar (fr.
pointes), iskanasimon qurollar, turli modifikatsiyalardagi qirg‘ichchalar va eng asosiysi baliq tangalarini tozalashga mo‘ljallangan “ko‘rsatkich barmoq” tipidagi tosh pichoqlar va ularni sindirib olishda konseptual texnikaning paydo bo‘lganligidadir.
Maqolada taklif qilinayotgan o‘rtadan so‘nggi paleolitga o‘tishning uchinchi, Borsa-Kelmas modeli shu nomli botiqdan topilgan Qoraquduq-2 va Yesen-2 ixtisoslashgan toshga ishlov berish ustaxonalari komplekslarida kuzatiladi.
Qoraquduq-2 ustaxonasi ilk paleolit davrining ashelga xos anʼanalarini saqlab qolgan o‘rta paleolit variantiga xos bo‘lib, ehtimol, o‘z taraqqiyoti davomida so‘nggi paleolitning boshlariga oid Yesen-2 industriyasiga o‘sib o‘tgan.
Yesen-2 topilmajoyi bifaslari Qoraquduqnikidan ancha takomillashgan texnikada ishlangani, yupqaligi va simmetrikligi bilan ajralib turadi.
Shuningdek, Qoraquduqdagidan farqli o‘laroq, Yesen-2 kompleksida yengil ushatg‘ichlar yordamida parallel-levallua chaqmoqlash texnikasi ham hukm surgan.

Related Results

O‘ZBEKISTONDA O‘RTA PALEOLITDAN DAN SO‘NGGI PALEOLITGA O‘TISHNING O‘RTA ZARAFSHON MODELI
O‘ZBEKISTONDA O‘RTA PALEOLITDAN DAN SO‘NGGI PALEOLITGA O‘TISHNING O‘RTA ZARAFSHON MODELI
O‘zbekiston-Rossiya xalqaro hamkor arxeologik ekspeditsiyasining 1998-2011 yillarda Toshkent vohasida amalga oshirgan tadqiqotlari tufayli o‘rtadan so‘nggi paleolitga o‘tishning Ob...
QO‘TIRBULOQ-O‘RTADAN SO‘NGGI PALEOLITGA O‘TISH MAKONI
QO‘TIRBULOQ-O‘RTADAN SO‘NGGI PALEOLITGA O‘TISH MAKONI
Maʼlumki, 1971-yilda Y.F. Buryakov rahbarligidagi O‘rta Zarafshon arxeologik guruhi tomonidan Qo‘tirbuloq va Zirabuloq topilmajoylari aniqlangan. Qo‘tirbuloq yodgorligi 1971–1972-y...
BORSA İSTANBUL ANONİM ŞİRKETİ’NİN BORSA İŞLEMLERİNE YÖNELİK TEDBİR VE YAPTIRIM YETKİLERİNİN DEVRİ
BORSA İSTANBUL ANONİM ŞİRKETİ’NİN BORSA İŞLEMLERİNE YÖNELİK TEDBİR VE YAPTIRIM YETKİLERİNİN DEVRİ
Borsalar ülke ekonomisinin, ticaretin ve sermaye piyasasının en önemli kurumlarındandır. Sermaye piyasasına ilişkin hukuksal ve finansal kavramlara verilen anlamlar ve uygulamalar ...
Öğretim İlke ve Yöntemleri
Öğretim İlke ve Yöntemleri
Bu kitap, öğretim ilke ve yöntemlerini ele almaktadır. Yazar, eğitim-öğretim sürecindeki temel ilkeleri, stratejileri ve modelleri açıklamaktadır. İlk bölümde, öğretme-öğrenme süre...
VOLATILITY SPILLOVERS BETWEEN BORSA ISTANBUL AND SELECTED COUNTRY STOCK MARKETS
VOLATILITY SPILLOVERS BETWEEN BORSA ISTANBUL AND SELECTED COUNTRY STOCK MARKETS
Examining the international sentiment of the national stock market and the return and volatility spillovers in stock markets have been a hot topic in recent times. This study analy...
Beden Eğitimi Pedagojisinde Kullanılan Öğretim Modelleri ile İlgili Bilgi Testinin Geliştirilmesi: Geçerlik ve Güvenirlik Çalışması
Beden Eğitimi Pedagojisinde Kullanılan Öğretim Modelleri ile İlgili Bilgi Testinin Geliştirilmesi: Geçerlik ve Güvenirlik Çalışması
Bu çalışmanın amacı Beden Eğitimi ve Spor Öğretmeni adaylarının beden eğitimi pedagojisinde kullanılan öğretim modellerine ilişkin bilgilerini ölçmede kullanılabilecek geçerli ve g...
Borsa Likiditesi ile Ekonomik Büyüme Arasındaki İlişki: Borsa İstanbul Örneği
Borsa Likiditesi ile Ekonomik Büyüme Arasındaki İlişki: Borsa İstanbul Örneği
Finansal gelişme ve ekonomik büyüme arasındaki ilişkiyi araştıran oldukça geniş bir literatür vardır. Çalışmalar genellikle yaygın olarak bilinen para ve kredi ile ilgili büyüklükl...
Toptan ve Perakende Sektöründe Yer Alan Lojistik Firmalarinin Verimlilik Değerlerinin Borsa Performans Değerlerine Etkisi
Toptan ve Perakende Sektöründe Yer Alan Lojistik Firmalarinin Verimlilik Değerlerinin Borsa Performans Değerlerine Etkisi
Amaç: Bu çalışmanın amacı dağıtım lojistiği olarak BİST Toptan ve Perakende sektöründe yer alan işletmelerin ekonomik verimliliklerinin değerlendirilerek, piyasa performans değerle...

Back to Top