Search engine for discovering works of Art, research articles, and books related to Art and Culture
ShareThis
Javascript must be enabled to continue!

O‘ZBEKISTONDA O‘RTA PALEOLITDAN DAN SO‘NGGI PALEOLITGA O‘TISHNING O‘RTA ZARAFSHON MODELI

View through CrossRef
O‘zbekiston-Rossiya xalqaro hamkor arxeologik ekspeditsiyasining 1998-2011 yillarda Toshkent vohasida amalga oshirgan tadqiqotlari tufayli o‘rtadan so‘nggi paleolitga o‘tishning Obirahmat modeli ishlab chiqildi. Ushbu model yoki variant Yaqin Sharq va Zagrosning o‘rta paleoliti madaniyatlari bilan madaniy aloqada hamda mahalliy asosda rivojlanib, so‘nggi paleolit madaniyatiga o‘sib o‘tganligi ilmiy jihatdan isbotlandi. Toshkent vohasidagi Obirahmat, Qizilolma-2, Ko‘lbuloq va To‘daxotin 1 va 2 makonlari Obirahmat modeli yodgorliklari qatoriga kiritildi. Ma’lumki, shu paytgacha o‘rta paleolit davri madaniyatlari F. Bord tomonidan Fransiya materiallari asosida ajratilgan tizimga ko‘ra ajratilib kelingan edi. Shuningdek dunyoda so‘nggi paleolitning boshlanishi zamonaviy jismoniy tipdagi (homo sapiens sapiens) odamning paydo bo‘lishi oqibatida sodir bo‘lgan revolyusion madaniy sakrashlar bilan bog‘liq, deb hisoblab kelindi. Hozirgi kunda aksincha, o‘rtadan so‘nggi paleolit davriga o‘tish asta-sekin, tadrijiy yo‘l bilan sodir bo‘lganligini, bunda so‘nggi paleolitga xos madaniy elementlar o‘rta paleolit davridayoq shakllana boshlanganligini ko‘rsatmoqda. Maqolada Samarqand shahridan 100 km shimoliyg‘arbda, dengiz sathidan 475 m balandlikda, Ziyovuddin tog‘lari etaklarida joylashgan Zirabuloq topilmajoyi arxeologik materiallari asosida o‘rtadan so‘nggi paleolit davriga o‘tishning O‘rta Zarafshon modeli ajratilmoqda. Shuningdek ushbu variantning Toshkent vohasidagi Obirahmat modelidan farqi va o‘xshashliklari aniqlangan. Bunday o‘xshashliklar qatoriga har ikkala voha paleoliti yodgorliklarining levallua texnologiyalari asosida rivojlanganligi, yonlama, prizmatik va levallua nukleuslar, iskanasimon qurollar, qalin tipli qirg‘ichchalar hamda oddiy kesgichlarning mavjudligida ekanligi aniqlangan. Tafovutlar esa, shubhasiz, paleoekologik muhitning turlichaligi bilan bog‘liq bo‘lib, O‘rta Zarafshon vohasi paleolitida mavjud ko‘rsatgich barmoqqa mo‘ljallangan tosh pichoqlarni sindirib olish texnologiyalarining Toshkent vohasida va aksincha, Obirahmatdagi keng yuza bo‘ylab asimmetrik plastinalar chaqmoqlash usulining Zirabuloqda uchramasligi asoslab berilgan. Bundan tashqari, Obirahmat variantida qirg‘ichchalarning faqat qalin tipi (caréné) mavjud bo‘lsa, Zirabuloqda ularning tumshuqsimon (à museau), periferik, yumaloq va h.k., G‘arbiy Yevropaning Orinyak madaniyatiga xos turlari uchrashi aniqlangan. Tilga olingan tafovutlar, garchi ehtimol, kelib chiqishi bir bo‘lgan Toshkent va Zarafshon vohalari ilk so‘nggi paleolitini alohida variantlarga ajratish imkonini beradi.
Samarkand Archaeological Institute Named Y. Gulomov Agency of Cultural Heritage of the Republic of Uzbekistan
Title: O‘ZBEKISTONDA O‘RTA PALEOLITDAN DAN SO‘NGGI PALEOLITGA O‘TISHNING O‘RTA ZARAFSHON MODELI
Description:
O‘zbekiston-Rossiya xalqaro hamkor arxeologik ekspeditsiyasining 1998-2011 yillarda Toshkent vohasida amalga oshirgan tadqiqotlari tufayli o‘rtadan so‘nggi paleolitga o‘tishning Obirahmat modeli ishlab chiqildi.
Ushbu model yoki variant Yaqin Sharq va Zagrosning o‘rta paleoliti madaniyatlari bilan madaniy aloqada hamda mahalliy asosda rivojlanib, so‘nggi paleolit madaniyatiga o‘sib o‘tganligi ilmiy jihatdan isbotlandi.
Toshkent vohasidagi Obirahmat, Qizilolma-2, Ko‘lbuloq va To‘daxotin 1 va 2 makonlari Obirahmat modeli yodgorliklari qatoriga kiritildi.
Ma’lumki, shu paytgacha o‘rta paleolit davri madaniyatlari F.
Bord tomonidan Fransiya materiallari asosida ajratilgan tizimga ko‘ra ajratilib kelingan edi.
Shuningdek dunyoda so‘nggi paleolitning boshlanishi zamonaviy jismoniy tipdagi (homo sapiens sapiens) odamning paydo bo‘lishi oqibatida sodir bo‘lgan revolyusion madaniy sakrashlar bilan bog‘liq, deb hisoblab kelindi.
Hozirgi kunda aksincha, o‘rtadan so‘nggi paleolit davriga o‘tish asta-sekin, tadrijiy yo‘l bilan sodir bo‘lganligini, bunda so‘nggi paleolitga xos madaniy elementlar o‘rta paleolit davridayoq shakllana boshlanganligini ko‘rsatmoqda.
Maqolada Samarqand shahridan 100 km shimoliyg‘arbda, dengiz sathidan 475 m balandlikda, Ziyovuddin tog‘lari etaklarida joylashgan Zirabuloq topilmajoyi arxeologik materiallari asosida o‘rtadan so‘nggi paleolit davriga o‘tishning O‘rta Zarafshon modeli ajratilmoqda.
Shuningdek ushbu variantning Toshkent vohasidagi Obirahmat modelidan farqi va o‘xshashliklari aniqlangan.
Bunday o‘xshashliklar qatoriga har ikkala voha paleoliti yodgorliklarining levallua texnologiyalari asosida rivojlanganligi, yonlama, prizmatik va levallua nukleuslar, iskanasimon qurollar, qalin tipli qirg‘ichchalar hamda oddiy kesgichlarning mavjudligida ekanligi aniqlangan.
Tafovutlar esa, shubhasiz, paleoekologik muhitning turlichaligi bilan bog‘liq bo‘lib, O‘rta Zarafshon vohasi paleolitida mavjud ko‘rsatgich barmoqqa mo‘ljallangan tosh pichoqlarni sindirib olish texnologiyalarining Toshkent vohasida va aksincha, Obirahmatdagi keng yuza bo‘ylab asimmetrik plastinalar chaqmoqlash usulining Zirabuloqda uchramasligi asoslab berilgan.
Bundan tashqari, Obirahmat variantida qirg‘ichchalarning faqat qalin tipi (caréné) mavjud bo‘lsa, Zirabuloqda ularning tumshuqsimon (à museau), periferik, yumaloq va h.
k.
, G‘arbiy Yevropaning Orinyak madaniyatiga xos turlari uchrashi aniqlangan.
Tilga olingan tafovutlar, garchi ehtimol, kelib chiqishi bir bo‘lgan Toshkent va Zarafshon vohalari ilk so‘nggi paleolitini alohida variantlarga ajratish imkonini beradi.

Related Results

Blunt Chest Trauma and Chylothorax: A Systematic Review
Blunt Chest Trauma and Chylothorax: A Systematic Review
Abstract Introduction: Although traumatic chylothorax is predominantly associated with penetrating injuries, instances following blunt trauma, as a rare and challenging condition, ...
O‘RTADAN SO‘NGGI PALEOLITGA O‘TISHNING BORSA-KELMAS MODELI
O‘RTADAN SO‘NGGI PALEOLITGA O‘TISHNING BORSA-KELMAS MODELI
Keyingi yillarda Markaziy Osiyo hududi o‘rta paleolitida G‘arbiy Yevropa uchun ishlab chiqilgan muste madaniyatining aksar sxemalari o‘rniga anchayin obyektiv bo‘lgan o‘rtadan so‘n...
QO‘TIRBULOQ-O‘RTADAN SO‘NGGI PALEOLITGA O‘TISH MAKONI
QO‘TIRBULOQ-O‘RTADAN SO‘NGGI PALEOLITGA O‘TISH MAKONI
Maʼlumki, 1971-yilda Y.F. Buryakov rahbarligidagi O‘rta Zarafshon arxeologik guruhi tomonidan Qo‘tirbuloq va Zirabuloq topilmajoylari aniqlangan. Qo‘tirbuloq yodgorligi 1971–1972-y...
Exploring the Diagnostic Capability of RTA Type Curves
Exploring the Diagnostic Capability of RTA Type Curves
Abstract The cost intensive oil and gas industry dictates the use of techniques which maximize quality information while minimising rig time. Continuous improvement ...
FAKTOR-FAKTOR YANG MEMPENGARUHI MORTALITAS PADA PASIEN DENGAN FRAKTUR COSTA: Literature Review
FAKTOR-FAKTOR YANG MEMPENGARUHI MORTALITAS PADA PASIEN DENGAN FRAKTUR COSTA: Literature Review
FAKTOR-FAKTOR YANG MEMPENGARUHI MORTALITAS PADA PASIEN DENGAN FRAKTUR COSTA: Literature  Review Anna Tri Wahyuni1), Masfuri2),  Liya Arista3)1,2,3 Fakultas Ilmu Keperawatan Univers...
Exclusionary Rules of Origin of Mega-RTAs under WTO Law: Mega-RTA ‘Fracturing’ Its Overlapping RTA
Exclusionary Rules of Origin of Mega-RTAs under WTO Law: Mega-RTA ‘Fracturing’ Its Overlapping RTA
AbstractA mega-RTA such as the planned Trans-Pacific Partnership (TPP) or the Regional Comprehensive Economic Partnership (RCEP) may overlap another RTA, with the result that some ...

Back to Top