Search engine for discovering works of Art, research articles, and books related to Art and Culture
ShareThis
Javascript must be enabled to continue!

TOʻDA-1 NEOLIT MAKONI TOSH INDUSTRIYASIDA XOMASHYO «SIYOSATI»

View through CrossRef
Maqola Janubiy Oʻzbekistonning Boysun togʻlaridagi neolit davriga oid Toʻda-1 gʻor makonidan topilgan tosh industriyasida xomashyosi tasnifiga va unga ishlov berish strategiyalariga bagʻishlangan. Toʻda-1 gʻoridan topilgan tosh buyumlar asosan 6 xil xomashyolardan - jigarrang kremniy, dolomiit, yashil kremniy, xalsedon, kremniylashgan ohaktosh va yashmadan ishlangan. Ayrim hollarda qurol yasashda tosh plitka yoki tabiiy siniqlardan ham foydalanilgan. Kolleksiyaning tosh qurollarini - atipik qirgʻichchalar, kesgichlar, retushlangan plastinalar, plastinkalar va mikroplastinkalar, tosh bolta, geometrik uchburchak qurol, tosh bigiz, tigʻ, kompozit qurollar va retushlangan uchirindilar asosan jigarrang kremniylardan ishlangan. Gʻorda kremniylashgan ohaktoshning turli darajada kremniylashganlaridan foydalanilgan. Kremniy xomashyosi tanqis boʻlganligi sababli ularning oʻrni kuchli kremniylashgan ohaktosh bilan toʻldirilgan. Toʻda-1 gʻor makonidan yashma, xalsedon, yashil kremniy va qayroqtoshdan ishlangan nukleuslar aniqlanmagan. Toʻda-1 neolit makoni uchirindilarini ishlab chiqarishda 6 xil, plastinalar ishlab chiqarishda 5 xil tosh jinslaridan foydalanilgan. Ayrim uchirindilar slanes hamda xalsedon tosh jinslaridan xam ishlangan.Toʻda-1 gʻoriga jigarrang kremniylar (ayrim xalsedonlar ham) kichik hajmli galkalar shaklida tashib keltirilgan. Qolgan tosh jinslari yodgorlikning pastidagi soydan va atrofdagi togʻlardan tanlov asosida yigʻib keltirilgan. Gʻorda sifatli xomashyo – kremniyning tanqisligi va uning paleoiqtisod qilinganligi yoqqol koʻzga tashlanadi.
Samarkand Archaeological Institute Named Y. Gulomov Agency of Cultural Heritage of the Republic of Uzbekistan
Title: TOʻDA-1 NEOLIT MAKONI TOSH INDUSTRIYASIDA XOMASHYO «SIYOSATI»
Description:
Maqola Janubiy Oʻzbekistonning Boysun togʻlaridagi neolit davriga oid Toʻda-1 gʻor makonidan topilgan tosh industriyasida xomashyosi tasnifiga va unga ishlov berish strategiyalariga bagʻishlangan.
Toʻda-1 gʻoridan topilgan tosh buyumlar asosan 6 xil xomashyolardan - jigarrang kremniy, dolomiit, yashil kremniy, xalsedon, kremniylashgan ohaktosh va yashmadan ishlangan.
Ayrim hollarda qurol yasashda tosh plitka yoki tabiiy siniqlardan ham foydalanilgan.
Kolleksiyaning tosh qurollarini - atipik qirgʻichchalar, kesgichlar, retushlangan plastinalar, plastinkalar va mikroplastinkalar, tosh bolta, geometrik uchburchak qurol, tosh bigiz, tigʻ, kompozit qurollar va retushlangan uchirindilar asosan jigarrang kremniylardan ishlangan.
Gʻorda kremniylashgan ohaktoshning turli darajada kremniylashganlaridan foydalanilgan.
Kremniy xomashyosi tanqis boʻlganligi sababli ularning oʻrni kuchli kremniylashgan ohaktosh bilan toʻldirilgan.
Toʻda-1 gʻor makonidan yashma, xalsedon, yashil kremniy va qayroqtoshdan ishlangan nukleuslar aniqlanmagan.
Toʻda-1 neolit makoni uchirindilarini ishlab chiqarishda 6 xil, plastinalar ishlab chiqarishda 5 xil tosh jinslaridan foydalanilgan.
Ayrim uchirindilar slanes hamda xalsedon tosh jinslaridan xam ishlangan.
Toʻda-1 gʻoriga jigarrang kremniylar (ayrim xalsedonlar ham) kichik hajmli galkalar shaklida tashib keltirilgan.
Qolgan tosh jinslari yodgorlikning pastidagi soydan va atrofdagi togʻlardan tanlov asosida yigʻib keltirilgan.
Gʻorda sifatli xomashyo – kremniyning tanqisligi va uning paleoiqtisod qilinganligi yoqqol koʻzga tashlanadi.

Related Results

Cristine Severo entrevista Sinfree Makoni
Cristine Severo entrevista Sinfree Makoni
Resumo Na entrevista conduzida por Cristine Severo com Sinfree Makoni são discutidos os principais fundamentos da Linguística Aplicada a partir das perspectivas do Sul Global. Mako...
Sinfree Makoni : Pour une nouvelle ontologie du langage
Sinfree Makoni : Pour une nouvelle ontologie du langage
Cet entretien informel mené avec Sinfree Makoni prolonge une discussion entamée en mars 2021 par visio-conférence. Il s’agit de faire entendre une voix peu connue en France. Dès le...
SHIMOLIY NUROTA TOGʻ TIZMASINING PALEOLIT DAVRI TOPILMAJOYLARI
SHIMOLIY NUROTA TOGʻ TIZMASINING PALEOLIT DAVRI TOPILMAJOYLARI
Maqola soʻnggi yillarda Nurota togʻ tizmasining shimoliy qismi janubiy etaklarida joylashgan, Qoʻshrabot tumaniga qarashli Pangat va Minishkor qishloqlari hududlaridan topilgan qad...
YEVROPA ITTIFOQI MIGRATSIYA SIYOSATI TAJRIBASINING MDH MINTAQASI UCHUN AHAMIYATI
YEVROPA ITTIFOQI MIGRATSIYA SIYOSATI TAJRIBASINING MDH MINTAQASI UCHUN AHAMIYATI
Global migratsiyaning oʻsishi immigratsiya masalalarini kundan kunga dolzarb ahamiyat kasb etishini taʻminlamoqda. Migratsiya - zamonaviy dunyo tartibining holatini tavsiflovchi ij...
Rethinking Applied Linguistics in the Global South: A Conversation with Sinfree Makoni
Rethinking Applied Linguistics in the Global South: A Conversation with Sinfree Makoni
Waqar Ali Shah conducted an interview with Sinfree Makoni on May 21, 2024. In this interview, Professor Makoni discusses how to rethink applied linguistics in relation to southern ...
QO‘TIRBULOQ-O‘RTADAN SO‘NGGI PALEOLITGA O‘TISH MAKONI
QO‘TIRBULOQ-O‘RTADAN SO‘NGGI PALEOLITGA O‘TISH MAKONI
Maʼlumki, 1971-yilda Y.F. Buryakov rahbarligidagi O‘rta Zarafshon arxeologik guruhi tomonidan Qo‘tirbuloq va Zirabuloq topilmajoylari aniqlangan. Qo‘tirbuloq yodgorligi 1971–1972-y...
MARKAZIY OSIYODA TOSH ASRI YODGORLIKLARI ASOSIDA INSON ONGNING SHAKLLANISHI: FALSAFIY-ANTROPOLOGIK TAHLIL
MARKAZIY OSIYODA TOSH ASRI YODGORLIKLARI ASOSIDA INSON ONGNING SHAKLLANISHI: FALSAFIY-ANTROPOLOGIK TAHLIL
Mazkur maqolada Markaziy Osiyodagi Tosh asri yodgorliklari asosida inson ongining shakllanish jarayoni falsafiy-antropologik yondashuv doirasida tahlil qilinadi. Tadqiqotda inson o...
HISOB SIYOSATI AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
HISOB SIYOSATI AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Mazkur maqolada auditning xalqaro standartlari talablari asosida hisob siyosati auditini tashkil etish va o‘tkazish yo‘nalishlari bayon etilgan. Shuningdek, hisob siyosatida aks et...

Back to Top