Javascript must be enabled to continue!
SHIMOLIY NUROTA TOGʻ TIZMASINING PALEOLIT DAVRI TOPILMAJOYLARI
View through CrossRef
Maqola soʻnggi yillarda Nurota togʻ tizmasining shimoliy qismi janubiy etaklarida joylashgan, Qoʻshrabot tumaniga qarashli Pangat va Minishkor qishloqlari hududlaridan topilgan qadimgi tosh davriga oid topilmalarning texnik-tipologik tadqiqotiga bagʻishlangan. Nurota togʻlari hududi oʻzining qulay paleoekologik sharoitlari bilan ilk paleolit davridanoq ibtidoiy odamlarning eʼtiborini jalb qilib kelgan. Hududdan paleolit davrining barcha taraqqiyot bosqichlariga oid topilmajoylar aniqlandi. Yigʻilgan arxeologik materiallar qadimgi odamlar tomonidan ishlov berilgan tosh buyumlardan iborat boʻlib, ular ishlanish texnikasi va saqlanish darajasiga koʻra toʻrtta kompleksga ajratildi. Ushbu artefaktlar mahalliy kremniylashgan ohaktoshlar, qumtoshlar va slaneslardan ishlangan. Birinchi kompleksga bifaslar, choppinglar, nukleuslar va levallua uchirindilar kiritildi. Bu buyumlar Oʻrta Osiyo hududidan topilgan eng qadimgi materiallardan boʻlib, ashelga oid tosh industriyalar ekanligi aniqlandi va taxminan 500–400 ming yillar bilan nisbiy sanalandi. Ikkinchi kompleks materiallari orasida ham bifaslar va choppinglar mavjud va ular ham ashelga oid deb topilib, taxminan 350–300 ming yillar bilan sanalandi. Bu yerdan topilgan uchinchi kompleks oʻrta va toʻrtinchi kompleks artefaktlari esa soʻnggi paleolit davrlariga oidligi aniqlandi. Nurota togʻ tizmasi hududlari qadimgi tosh davri yodgorliklarini, oʻziga xos madaniyatlarni tadqiq qilish uchun istiqbollarga ega deb topildi. Topilgan tosh qurollar asosida aytish mumkinki, hudud Afrikadan kirib kelgan xomo erektuslarning ikkinchi migratsion toʻlqini vakillari tomonidan oʻzlashtirilgan.
Samarkand Archaeological Institute Named Y. Gulomov Agency of Cultural Heritage of the Republic of Uzbekistan
Title: SHIMOLIY NUROTA TOGʻ TIZMASINING PALEOLIT DAVRI TOPILMAJOYLARI
Description:
Maqola soʻnggi yillarda Nurota togʻ tizmasining shimoliy qismi janubiy etaklarida joylashgan, Qoʻshrabot tumaniga qarashli Pangat va Minishkor qishloqlari hududlaridan topilgan qadimgi tosh davriga oid topilmalarning texnik-tipologik tadqiqotiga bagʻishlangan.
Nurota togʻlari hududi oʻzining qulay paleoekologik sharoitlari bilan ilk paleolit davridanoq ibtidoiy odamlarning eʼtiborini jalb qilib kelgan.
Hududdan paleolit davrining barcha taraqqiyot bosqichlariga oid topilmajoylar aniqlandi.
Yigʻilgan arxeologik materiallar qadimgi odamlar tomonidan ishlov berilgan tosh buyumlardan iborat boʻlib, ular ishlanish texnikasi va saqlanish darajasiga koʻra toʻrtta kompleksga ajratildi.
Ushbu artefaktlar mahalliy kremniylashgan ohaktoshlar, qumtoshlar va slaneslardan ishlangan.
Birinchi kompleksga bifaslar, choppinglar, nukleuslar va levallua uchirindilar kiritildi.
Bu buyumlar Oʻrta Osiyo hududidan topilgan eng qadimgi materiallardan boʻlib, ashelga oid tosh industriyalar ekanligi aniqlandi va taxminan 500–400 ming yillar bilan nisbiy sanalandi.
Ikkinchi kompleks materiallari orasida ham bifaslar va choppinglar mavjud va ular ham ashelga oid deb topilib, taxminan 350–300 ming yillar bilan sanalandi.
Bu yerdan topilgan uchinchi kompleks oʻrta va toʻrtinchi kompleks artefaktlari esa soʻnggi paleolit davrlariga oidligi aniqlandi.
Nurota togʻ tizmasi hududlari qadimgi tosh davri yodgorliklarini, oʻziga xos madaniyatlarni tadqiq qilish uchun istiqbollarga ega deb topildi.
Topilgan tosh qurollar asosida aytish mumkinki, hudud Afrikadan kirib kelgan xomo erektuslarning ikkinchi migratsion toʻlqini vakillari tomonidan oʻzlashtirilgan.
Related Results
O‘ZBEK HUDUDIY MATBUOTI: JADIDCHILIK DAVRIDAN RAQAMLI TRANSFORMATSIYAGA QADAR
O‘ZBEK HUDUDIY MATBUOTI: JADIDCHILIK DAVRIDAN RAQAMLI TRANSFORMATSIYAGA QADAR
Mazkur maqolada o‘zbek hududiy matbuotining tarixiy taraqqiyoti jadidchilik davridan boshlab hozirgi raqamli transformatsiya bosqichigacha izchil tadqiq etilgan. Hududiy matbuot ja...
KOSMIK SURATLARNING “SHIMOLIY TYANSHAN HALQASIMON MEGATUZILMA” NI TALQINLASHDA AHAMIYATI
KOSMIK SURATLARNING “SHIMOLIY TYANSHAN HALQASIMON MEGATUZILMA” NI TALQINLASHDA AHAMIYATI
Maqolada “Shimoliy Tyanshan halqasimon megatuzilma”si va uning hududi, chegaralari bo‘ylab tarqalgan tokembriy davri yotqiziqlari, hamda ular bilan bog‘liq foydali qazilmalar haqid...
QO‘TIRBULOQ-O‘RTADAN SO‘NGGI PALEOLITGA O‘TISH MAKONI
QO‘TIRBULOQ-O‘RTADAN SO‘NGGI PALEOLITGA O‘TISH MAKONI
Maʼlumki, 1971-yilda Y.F. Buryakov rahbarligidagi O‘rta Zarafshon arxeologik guruhi tomonidan Qo‘tirbuloq va Zirabuloq topilmajoylari aniqlangan. Qo‘tirbuloq yodgorligi 1971–1972-y...
TEMURIYLAR DAVRI ISLOM KITOBATI TARIXIDAN
TEMURIYLAR DAVRI ISLOM KITOBATI TARIXIDAN
Mazkur maqolada Temuriylar hukmronligi davri islom kitobatining rivojlangan davri bo‘lganligiga oid mulohazalar bildirilgan, Temuriy hukmdor va shahzodalar hamda kitobat san'ati us...
CHOTQOL-QURAMA, TURKISTON-NUROTA VA ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN TOG‘LARIDA TABIIY DEKORATIV (PARDOZBOB) TOSHLARNI O’RGANISH
CHOTQOL-QURAMA, TURKISTON-NUROTA VA ZIRABULOQ-ZIYOVUDDIN TOG‘LARIDA TABIIY DEKORATIV (PARDOZBOB) TOSHLARNI O’RGANISH
According to the geological structure, the territory of the Republic of Uzbekistan is divided into the following regions.ChotkalKuramin, Turkestan-Nurota,Zirabuloq-Ziyavuddin,South...
KO‘HISTON OKRUGI DENDROFLORASINING BALANDLIK BO‘YICHA ZONAL TAQSIMOTINI TAHLIL ETISH
KO‘HISTON OKRUGI DENDROFLORASINING BALANDLIK BO‘YICHA ZONAL TAQSIMOTINI TAHLIL ETISH
Ushbu tadqiqot Koʻhiston okrugi (Oʻzbekiston qismi) dendroflorasining balandlik mintaqalari bo‘yicha taqsimlanishi va turlar boyligining ekologik omillar bilan bog‘liqligini tahlil...
OLTIN MA’DAN QAMROVCHI JINSLARNING TARKIBIY XUSUSIYATLARI (SHIMOLIY QORABUGUT MAYDONI, MARKAZIY QIZILQUM)
OLTIN MA’DAN QAMROVCHI JINSLARNING TARKIBIY XUSUSIYATLARI (SHIMOLIY QORABUGUT MAYDONI, MARKAZIY QIZILQUM)
Tadqiqot Markaziy Qizilqumdagi Auminza tog‘larining Shimoliy Qorabugut maydonidagi ma’danli jinslarning mineralogik va petrografik xususiyatlarini o‘rganish natijalarini aks ettira...
OLTIN MA’DAN QAMROVCHI JINSLARNING TARKIBIY XUSUSIYATLARI (SHIMOLIY QORABUGUT MAYDONI, MARKAZIY QIZILQUM)
OLTIN MA’DAN QAMROVCHI JINSLARNING TARKIBIY XUSUSIYATLARI (SHIMOLIY QORABUGUT MAYDONI, MARKAZIY QIZILQUM)
Tadqiqot Markaziy Qizilqumdagi Auminza tog‘larining Shimoliy Qorabugut maydonidagi ma’danli jinslarning mineralogik va petrografik xususiyatlarini o‘rganish natijalarini aks ettira...

