Javascript must be enabled to continue!
LIRIKADA BADIIY ZAMON MASALASI
View through CrossRef
Mazkur maqolada lirikada badiiy zamon va makonning psixologik mazmun kasb etishi, ularning badiiy psixologizmni yuzaga chiqarishdagi o‘rni tadqiq etiladi. Tadqiqotda lirik asarlardagi zamon va makon munosabatlari M.M.Baxtinning xronotop nazariyasi asosida tahlil qilinib, lirika tabiatiga xos bo‘lgan subyektiv vaqt va ruhiy makon xususiyatlari yoritiladi. She’riy matnda zamonning obyektiv voqelik emas, balki lirik subyektning xotirasi, hissiy tajribasi va ruhiy kechinmalari orqali shakllanishi ilmiy asoslanadi. Tadqiqot davomida badiiy zamonning retrospektiv, aktual va istiqbolli ko‘rinishlari hamda ularning inson ichki dunyosini ifodalashdagi ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, makonning tun, kuz, yo‘l, yomg‘ir, deraza kabi ramziy obrazlar vositasida psixologik ma’no kasb etishi tahlil qilinadi. Maqolada xronotop nazariyasini lirika tabiatiga mos ravishda kengaytiruvchi psixoxronotop konsepsiyasi ilgari suriladi. Ushbu konsepsiyaga ko‘ra, zamon va makon lirik qahramon ongida xotira, hissiyot va kechinmalar bilan uyg‘unlashib, yagona ruhiy-badiiy tizimni hosil qiladi. Tadqiqot natijalari istiqlol davri o‘zbek she’riyatida badiiy psixologizmning poetik xususiyatlarini aniqlash, lirik asarlardagi zamon va makon poetikasini yangi nazariy asosda talqin etish imkonini beradi.
Title: LIRIKADA BADIIY ZAMON MASALASI
Description:
Mazkur maqolada lirikada badiiy zamon va makonning psixologik mazmun kasb etishi, ularning badiiy psixologizmni yuzaga chiqarishdagi o‘rni tadqiq etiladi.
Tadqiqotda lirik asarlardagi zamon va makon munosabatlari M.
M.
Baxtinning xronotop nazariyasi asosida tahlil qilinib, lirika tabiatiga xos bo‘lgan subyektiv vaqt va ruhiy makon xususiyatlari yoritiladi.
She’riy matnda zamonning obyektiv voqelik emas, balki lirik subyektning xotirasi, hissiy tajribasi va ruhiy kechinmalari orqali shakllanishi ilmiy asoslanadi.
Tadqiqot davomida badiiy zamonning retrospektiv, aktual va istiqbolli ko‘rinishlari hamda ularning inson ichki dunyosini ifodalashdagi ahamiyati ochib beriladi.
Shuningdek, makonning tun, kuz, yo‘l, yomg‘ir, deraza kabi ramziy obrazlar vositasida psixologik ma’no kasb etishi tahlil qilinadi.
Maqolada xronotop nazariyasini lirika tabiatiga mos ravishda kengaytiruvchi psixoxronotop konsepsiyasi ilgari suriladi.
Ushbu konsepsiyaga ko‘ra, zamon va makon lirik qahramon ongida xotira, hissiyot va kechinmalar bilan uyg‘unlashib, yagona ruhiy-badiiy tizimni hosil qiladi.
Tadqiqot natijalari istiqlol davri o‘zbek she’riyatida badiiy psixologizmning poetik xususiyatlarini aniqlash, lirik asarlardagi zamon va makon poetikasini yangi nazariy asosda talqin etish imkonini beradi.
Related Results
HOZIRGI O‘ZBEK NASRIDA BADIIY MAKON TIPOLOGIYASI (NAZAR ESHONQUL HIKOYALARI MISOLIDA)
HOZIRGI O‘ZBEK NASRIDA BADIIY MAKON TIPOLOGIYASI (NAZAR ESHONQUL HIKOYALARI MISOLIDA)
Badiiy makon va zamon tushunchasi adabiyotshunoslikdagi markaziy nazariy muammolardan biri sanaladi. Hozirgi o‘zbek nasri badiiyatidagi o‘zgarishlar ijodkor badiiy tafakkuri, mahor...
“BILGA XOQON” ROMANIDA TARIXIY FAKTLAR TALQINI MASALASI
“BILGA XOQON” ROMANIDA TARIXIY FAKTLAR TALQINI MASALASI
Mazkur maqolada Isajon Sultonning “Bilga xoqon” romanida tarixiy faktlarning badiiy talqini masalasi tahlil qilinadi. Asarda tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima o‘rtasidagi munosabat...
SATIRIK HIKOYALARDA BADIIY DETALLARNING AHAMIYATI
SATIRIK HIKOYALARDA BADIIY DETALLARNING AHAMIYATI
Dunyo adabiyotshunosligida “satirik modus” terminining ilmiy etimologiyasini va zamonaviy adabiyotshunoslikda qo‘llaniladigan ma’nosini izohlash, satirik asarlarda qahramon va aksi...
Badiiy stilistik vositalarning jahon adabiyoti durdona asarlaridagi o‘rni
Badiiy stilistik vositalarning jahon adabiyoti durdona asarlaridagi o‘rni
Ushbu maqolada badiiy stilistik vositalarning jahon adabiyoti durdona asarlaridagi asar mazmuni va shakliga qo’shgan o’ziga xos hissasi tahlil qilingan. Jahon adabiyotining mashhur...
BADIIY ASARDA TARIXIYLIK KONSEPSIYASI
BADIIY ASARDA TARIXIYLIK KONSEPSIYASI
Mazkur tezisda badiiy asarda tarixiylik konsepsiyasining nazariy asoslari hamda uning zamonaviy o‘zbek tarixiy nasridagi ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tarixiylik konse...
BOTU IJODINING BADIIY XUSUSIYATLARI
BOTU IJODINING BADIIY XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada XX asr o‘zbek adabiyotining iste’dodli namoyandasi Botu (Mahmud Hodiyev) ijodida davr va zamon ruhining badiiy talqini tahlil etilgan. Shoirning she’riy, nasriy va ...
G‘arb va Sharq adabiyotida Amir Temur prototipi asosida yaratilgan asarlar tadqiqi
G‘arb va Sharq adabiyotida Amir Temur prototipi asosida yaratilgan asarlar tadqiqi
Ushbu maqolada Amir Temur siymosini prototip sifatida olgan, o'rta asrlar ingliz adabiyotida turli davrlarda yaratilgan dramatik, nazmiy va nasriy asarlar tadqiqi borasida so'z yur...
“BILGA XOQON” ROMANIDA JANG SAHNALARI: TARIXIY MANBA VA BADIIY TALQIN
“BILGA XOQON” ROMANIDA JANG SAHNALARI: TARIXIY MANBA VA BADIIY TALQIN
Mazkur tezisda Isajon Sultonning “Bilga xoqon” romanida janglar tasvirining tarixiy va badiiy asoslari tahlil qilinadi. Asarda Orxon-Yenisey bitiklarida qayd etilgan janglar, xusus...

