Search engine for discovering works of Art, research articles, and books related to Art and Culture
ShareThis
Javascript must be enabled to continue!

ODIL YOQUBOVNING “ULUG‘BEK XAZINASI” ROMANIDA BADIIY OBRAZ YARATISH

View through CrossRef
Nasirov Azimidin Normamatovichning “Odil Yoqubovning “Ulig‘bek xazinasi” romanıda badiiy obraz yaratısh” nomli maqolasoda olim va shoh Mirzo Ulug‘bekning fojiali hayoti, umrining so‘ngi damlaridagi hayotiy ziddiyatlar zamiridagi faoliyatining badiiy talqini haqida so‘z yuritiladi. O‘zbek adabiyotining iste’dodli namoyondasi, so‘z san’atkori Odil Yoqubov bir qator asarlari bilan nasr taraqqiyotda katta va o‘chmas iz qoldirdi. Adibning “Ko‘hna dunyo” romanida Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy obrazlari yaratilishi bilan uzviylikda, ular yashagan murakkab davr muhiti, uning inson ruhiyatiga ta’siri talqin etilgan. “Ulug‘bek xazinasi” romanida esa Mirzo Ulug‘bekning umrini so‘ngi damlaridagi tarixiy ziddiyatlar ifodalangan. Romanda Ali Qushchining hayoti, ijodi, amalga oshirayotgan ishlarining Mirzo Ulug‘bek hayoti bilan bog‘liqligi haqidagi talqinlar haqida so‘z yuritiladi.   Roman sujetidan o‘rin olgan voqealar silsilasida Mirzo Ulug‘bek va o‘z farzandi Abdulatif o‘rtasidagi ziddiyatlardan istirob chekkan shaxs qismati, farzandining taxt uchun o‘z otasiga qarshi kurash boshlashi, bundan ruhlangan ba’zi saroy amaldorlarining xiyonatlari tarixiy haqiqat nuqtai nazaridan talqin etilganligiga jiddiy e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, ana shunday murakkab tarixiy sharoitda shogirdi Ali Qushchining ustozi Mirzo Ulug‘bekka bo‘lgan ishonchi va sadoqati, farzandi Abdulatif xiyonat qilib turgan bir vaqtda uning ustoziga munosabatini o‘zgarmaganligi, aksincha, hayotini xavf ostiga qo‘yib, saroydagi yillar davomida yaratilgan asarlarni saqlash uchun qilgan harakatlari yorqin lavhalarda talqin etilganligi, bu esa tarixiy haqiqatning badiiy ifodasi ekanligini alohida ta’kidlaydi. Tarixiy faktlardan oziqlangan Odil Yoqubov romanda Mirzo Ulug‘bek va o‘g‘li Mirzo Abdulatif ziddiyatlaridan, uning toj-taxt uchun olib borayotgan kurashlaridan istirob chekayotgan xal hayoti, uning murakkablashish jarayoni, podshohlikdagi kurashlardan ozor chekkan xalq fojealari juda asosli ifodalangan. Mirzo Ulug‘bek ruhiy olamidagi qarama-qarshiliklarning vujudga kelish sabablari, istiroblari monologik va diologik nutq asosida tasvirlanganligini alohiha qayd etadi. Odol Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romanidagi talqinlar badiiy adabiyotda Mirzo Ulug‘bek va Ali Qushchi o‘rtasidagi insoniy munosabatlarning mavjudligini ko‘rsatadi. Har ikki buyuk siymoning badiiy obrazi juda asosli talqin etilganligini isbotlaydi. Roman voqealari rivojoda monologik, diologik nutqning o‘ziga xos badiiy funksiyasi mavjudligi isbotlangan.
Title: ODIL YOQUBOVNING “ULUG‘BEK XAZINASI” ROMANIDA BADIIY OBRAZ YARATISH
Description:
Nasirov Azimidin Normamatovichning “Odil Yoqubovning “Ulig‘bek xazinasi” romanıda badiiy obraz yaratısh” nomli maqolasoda olim va shoh Mirzo Ulug‘bekning fojiali hayoti, umrining so‘ngi damlaridagi hayotiy ziddiyatlar zamiridagi faoliyatining badiiy talqini haqida so‘z yuritiladi.
O‘zbek adabiyotining iste’dodli namoyondasi, so‘z san’atkori Odil Yoqubov bir qator asarlari bilan nasr taraqqiyotda katta va o‘chmas iz qoldirdi.
Adibning “Ko‘hna dunyo” romanida Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy obrazlari yaratilishi bilan uzviylikda, ular yashagan murakkab davr muhiti, uning inson ruhiyatiga ta’siri talqin etilgan.
“Ulug‘bek xazinasi” romanida esa Mirzo Ulug‘bekning umrini so‘ngi damlaridagi tarixiy ziddiyatlar ifodalangan.
Romanda Ali Qushchining hayoti, ijodi, amalga oshirayotgan ishlarining Mirzo Ulug‘bek hayoti bilan bog‘liqligi haqidagi talqinlar haqida so‘z yuritiladi.
   Roman sujetidan o‘rin olgan voqealar silsilasida Mirzo Ulug‘bek va o‘z farzandi Abdulatif o‘rtasidagi ziddiyatlardan istirob chekkan shaxs qismati, farzandining taxt uchun o‘z otasiga qarshi kurash boshlashi, bundan ruhlangan ba’zi saroy amaldorlarining xiyonatlari tarixiy haqiqat nuqtai nazaridan talqin etilganligiga jiddiy e’tibor qaratilgan.
Ayniqsa, ana shunday murakkab tarixiy sharoitda shogirdi Ali Qushchining ustozi Mirzo Ulug‘bekka bo‘lgan ishonchi va sadoqati, farzandi Abdulatif xiyonat qilib turgan bir vaqtda uning ustoziga munosabatini o‘zgarmaganligi, aksincha, hayotini xavf ostiga qo‘yib, saroydagi yillar davomida yaratilgan asarlarni saqlash uchun qilgan harakatlari yorqin lavhalarda talqin etilganligi, bu esa tarixiy haqiqatning badiiy ifodasi ekanligini alohida ta’kidlaydi.
Tarixiy faktlardan oziqlangan Odil Yoqubov romanda Mirzo Ulug‘bek va o‘g‘li Mirzo Abdulatif ziddiyatlaridan, uning toj-taxt uchun olib borayotgan kurashlaridan istirob chekayotgan xal hayoti, uning murakkablashish jarayoni, podshohlikdagi kurashlardan ozor chekkan xalq fojealari juda asosli ifodalangan.
Mirzo Ulug‘bek ruhiy olamidagi qarama-qarshiliklarning vujudga kelish sabablari, istiroblari monologik va diologik nutq asosida tasvirlanganligini alohiha qayd etadi.
Odol Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romanidagi talqinlar badiiy adabiyotda Mirzo Ulug‘bek va Ali Qushchi o‘rtasidagi insoniy munosabatlarning mavjudligini ko‘rsatadi.
Har ikki buyuk siymoning badiiy obrazi juda asosli talqin etilganligini isbotlaydi.
Roman voqealari rivojoda monologik, diologik nutqning o‘ziga xos badiiy funksiyasi mavjudligi isbotlangan.

Related Results

“BILGA XOQON” ROMANIDA JANG SAHNALARI: TARIXIY MANBA VA BADIIY TALQIN
“BILGA XOQON” ROMANIDA JANG SAHNALARI: TARIXIY MANBA VA BADIIY TALQIN
Mazkur tezisda Isajon Sultonning “Bilga xoqon” romanida janglar tasvirining tarixiy va badiiy asoslari tahlil qilinadi. Asarda Orxon-Yenisey bitiklarida qayd etilgan janglar, xusus...
“BILGA XOQON” ROMANIDA TARIXIY FAKTLAR TALQINI MASALASI
“BILGA XOQON” ROMANIDA TARIXIY FAKTLAR TALQINI MASALASI
Mazkur maqolada Isajon Sultonning “Bilga xoqon” romanida tarixiy faktlarning badiiy talqini masalasi tahlil qilinadi. Asarda tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima o‘rtasidagi munosabat...
BAHODIR QOBULNING OBRAZ YARATISH MAHORATI
BAHODIR QOBULNING OBRAZ YARATISH MAHORATI
Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri, Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi Bahodir Qobul ijodidagi obrazlar tizimi, ularning psixologik va badiiy talqini t...
Doğumunun 80. Yıldönümünde Sayın Uluğ İğdemir'e
Doğumunun 80. Yıldönümünde Sayın Uluğ İğdemir'e
Atatürkcü, görev, heyecan ve atılım adamı değerli dostum Sayın Uluğ İğdemir'le Türk Tarih Kurumu'nda yarım yüzyıla yaklaşan arkadaşlığımızın özü: sevgi, hayranlık ve takdir duygula...
MIRZO ULUG‘BEKNING ILM-FAN HOMIYSI
MIRZO ULUG‘BEKNING ILM-FAN HOMIYSI
maqolada ilm-fan homiysi, buyuk qomisiy olim, shoh va sarkarda Mirzo Ulug‘bekning Movaraunnahr, xususan, Samarqanddagi ilmiy muhit, ta’lim sohasining rivojlanishidagi o‘rni, o‘rta ...
MIRZO ULUG‘BEK ADABIYOT HOMIYSI
MIRZO ULUG‘BEK ADABIYOT HOMIYSI
maqolada Mirzo Ulug‘bek davrida Movarounnahr va Samarqand adabiy muhitining rivoji, hukmdorning badiiy adabiyot va she’riyatga bo‘lgan qiziqishi hamda davr shoirlari bilan munosaba...
SATIRIK HIKOYALARDA BADIIY DETALLARNING AHAMIYATI
SATIRIK HIKOYALARDA BADIIY DETALLARNING AHAMIYATI
Dunyo adabiyotshunosligida “satirik modus” terminining ilmiy etimologiyasini va zamonaviy adabiyotshunoslikda qo‘llaniladigan ma’nosini izohlash, satirik asarlarda qahramon va aksi...
Badiiy stilistik vositalarning jahon adabiyoti durdona asarlaridagi o‘rni
Badiiy stilistik vositalarning jahon adabiyoti durdona asarlaridagi o‘rni
Ushbu maqolada badiiy stilistik vositalarning jahon adabiyoti durdona asarlaridagi asar mazmuni va shakliga qo’shgan o’ziga xos hissasi tahlil qilingan. Jahon adabiyotining mashhur...

Back to Top