Search engine for discovering works of Art, research articles, and books related to Art and Culture
ShareThis
Javascript must be enabled to continue!

MANDALA VA MA’NO: PATRIK UAYT ASARIDA SIMVOLLAR TIPOLOGIYASI VA TALQIN STRATEGIYASI

View through CrossRef
Maqola Avstraliya adabiyotining yirik vakili, Nobel mukofoti sovrindori Patrik Uaytning “The Solid Mandala” (“Butun mandala”) romanida ramzlarning tipologik tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, asardagi ramziy qatlamni ilmiy asosda ochib beradi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — romanda qo‘llangan simvollarning universal va kontekstual turlarini ajratish, ularning badiiy-estetik, falsafiy va psixologik xususiyatini ochish hamda turli nazariy qarashlar asosida talqin qilishdir. Shuningdek, maqola Avstraliya adabiyotida simvolizmni kompleks metodlar yordamida tahlil qilishning ilmiy ahamiyatini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Metodologik asos sifatida bir nechta yondashuv uyg‘unlashtirilgan: N. Freyning adabiy ramziylikning besh fazasi (literal, tavsifiy, rasmiy, mifologik, anagogik) orqali ramzlarning ko‘p qatlamli tabiati ochib berilgan. K. Yungning arxetipik psixologiyasi doirasida mandala, to‘rtlik, egizaklik va individuallashtirish jarayoni tahlil qilingan. Y. Lotmanning strukturaviy-semiotik modeli yordamida qarama-qarshiliklar, chegaralar, intertekstual aloqalar va uyning ma’naviy makon sifatidagi talqini yoritilgan. P. Rikerning germenevtik konsepsiyasi asosida esa ramzlarning “shubha germenevtikasi” va “e’tiqod germenevtikasi” doirasidagi ikki qutbli talqini ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, “Butun mandala”dagi asosiy ramzlar — mandala, doira, egizak aka-ukalar (Artur va Valdo), uy obrazi, Terminus Road, qo‘lyozmalar, kitoblar va raqs epizodlari — bir vaqtning o‘zida shaxsiy va arxetipik, kontekstual va universal ma’nolarda ishlaydi. Marmarlar Artur uchun ruhiy quvvat va mehr timsoli sifatida namoyon bo‘lsa, Valdoning qo‘lyozmalari va kitoblari intellektual mukammallikka intilish, ammo oxir-oqibat ma’naviy bo‘shliq ramzi sifatida talqin etiladi. Qarama-qarshiliklar (aql-his, nutq-sukunat, tashqi tartib-ichki ma’no) orqali duallikdan yaxlitlikka intilish g‘oyasi butun roman tuzilishida markaziy o‘rin egallagan. Maqolaning yangiligi shundaki, unda P. Uayt ijodi ramzlari bir vaqtning o‘zida bir nechta nazariy asoslar negizida tipologik tahlil qilingan va Avstraliya adabiyotida simvolizmning o‘rni ko‘rsatib berilgan. Ushbu tahlil shuningdek, boshqa milliy adabiyotlarda ham ramzlarni chuqurroq o‘rganish uchun metodologik namuna sifatida qo‘llanishi dalillangan.
Uzbek State World Languages University
Title: MANDALA VA MA’NO: PATRIK UAYT ASARIDA SIMVOLLAR TIPOLOGIYASI VA TALQIN STRATEGIYASI
Description:
Maqola Avstraliya adabiyotining yirik vakili, Nobel mukofoti sovrindori Patrik Uaytning “The Solid Mandala” (“Butun mandala”) romanida ramzlarning tipologik tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, asardagi ramziy qatlamni ilmiy asosda ochib beradi.
Tadqiqotning asosiy maqsadi — romanda qo‘llangan simvollarning universal va kontekstual turlarini ajratish, ularning badiiy-estetik, falsafiy va psixologik xususiyatini ochish hamda turli nazariy qarashlar asosida talqin qilishdir.
Shuningdek, maqola Avstraliya adabiyotida simvolizmni kompleks metodlar yordamida tahlil qilishning ilmiy ahamiyatini ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Metodologik asos sifatida bir nechta yondashuv uyg‘unlashtirilgan: N.
Freyning adabiy ramziylikning besh fazasi (literal, tavsifiy, rasmiy, mifologik, anagogik) orqali ramzlarning ko‘p qatlamli tabiati ochib berilgan.
K.
Yungning arxetipik psixologiyasi doirasida mandala, to‘rtlik, egizaklik va individuallashtirish jarayoni tahlil qilingan.
Y.
Lotmanning strukturaviy-semiotik modeli yordamida qarama-qarshiliklar, chegaralar, intertekstual aloqalar va uyning ma’naviy makon sifatidagi talqini yoritilgan.
P.
Rikerning germenevtik konsepsiyasi asosida esa ramzlarning “shubha germenevtikasi” va “e’tiqod germenevtikasi” doirasidagi ikki qutbli talqini ko‘rib chiqilgan.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, “Butun mandala”dagi asosiy ramzlar — mandala, doira, egizak aka-ukalar (Artur va Valdo), uy obrazi, Terminus Road, qo‘lyozmalar, kitoblar va raqs epizodlari — bir vaqtning o‘zida shaxsiy va arxetipik, kontekstual va universal ma’nolarda ishlaydi.
Marmarlar Artur uchun ruhiy quvvat va mehr timsoli sifatida namoyon bo‘lsa, Valdoning qo‘lyozmalari va kitoblari intellektual mukammallikka intilish, ammo oxir-oqibat ma’naviy bo‘shliq ramzi sifatida talqin etiladi.
Qarama-qarshiliklar (aql-his, nutq-sukunat, tashqi tartib-ichki ma’no) orqali duallikdan yaxlitlikka intilish g‘oyasi butun roman tuzilishida markaziy o‘rin egallagan.
Maqolaning yangiligi shundaki, unda P.
Uayt ijodi ramzlari bir vaqtning o‘zida bir nechta nazariy asoslar negizida tipologik tahlil qilingan va Avstraliya adabiyotida simvolizmning o‘rni ko‘rsatib berilgan.
Ushbu tahlil shuningdek, boshqa milliy adabiyotlarda ham ramzlarni chuqurroq o‘rganish uchun metodologik namuna sifatida qo‘llanishi dalillangan.

Related Results

PENGEMBANGAN MODEL PEMBELAJARAN TAHFIDZ JUZ 30 MELALUI PENDEKATAN TALQIN UNTUK MENINGKATKAN KEMAMPUAN MENGHAFAL AL-QUR’AN ANAK USIA DINI
PENGEMBANGAN MODEL PEMBELAJARAN TAHFIDZ JUZ 30 MELALUI PENDEKATAN TALQIN UNTUK MENINGKATKAN KEMAMPUAN MENGHAFAL AL-QUR’AN ANAK USIA DINI
ABSTRAK Pembelajaran tahfidz Al-Qur’an pada anak usia dini memerlukan model pembelajaran yang dirancang sesuai dengan karakteristik perkembangan anak, terutama pada aspek kognitif,...
ANALISIS PENANGANAN PERMUKIMAN KUMUH DI KECAMATAN MEDAN DENAI
ANALISIS PENANGANAN PERMUKIMAN KUMUH DI KECAMATAN MEDAN DENAI
AbstractSlum has still been a problem in the City of Medan. However, the effort in dealing with it is suspected to be inadequate. Thus, study aims to find out the rate of slum in D...
TALQIN MAYIT ANALISIS KUALIFIKASI HADITH DALAM KITAB SUNAN ABU DAWUD
TALQIN MAYIT ANALISIS KUALIFIKASI HADITH DALAM KITAB SUNAN ABU DAWUD
Hadith is not only as the second source of Islamic law after al-Qur’an, but also as the model in organizing human life in both social and spiritual practice. However, the hadith hi...
Mandala Understanding in Buddhism And Mandala Types
Mandala Understanding in Buddhism And Mandala Types
Mandala, Budist dini geleneklerinde tantrik unsurlarla ilişkilendirilerek kullanılan bir semboldür. Budist dini geleneklerde mandala kullanımı kişiyi bir objeye odaklayarak kurtulu...
ANALISIS STRATEGI BLUE OCEAN “PT HANJAYA MANDALA SAMPOERNA TBK”
ANALISIS STRATEGI BLUE OCEAN “PT HANJAYA MANDALA SAMPOERNA TBK”
Abstract.  This research aims to analyze the blue ocean strategy at PT Hanjaya Mandala Sampoerna Tbk. The amount of competition and government policies pose challenges to companies...
Use of Vastu Purush Mandala in Architectural Education
Use of Vastu Purush Mandala in Architectural Education
This paper is based upon the study of linkages between the traditional design knowledge concepts and the current Architectural education system in India. Especially the Vastu Purus...
METAQU; A STRATEGI TO ENHANCE READING QUR'AN CAPABILITY THROUGH WALI ASUH
METAQU; A STRATEGI TO ENHANCE READING QUR'AN CAPABILITY THROUGH WALI ASUH
This study aims to determine the improvement of students' ability to read the Qur'an through the talqin method. The method used is a qualitative approach with the type of case stud...
Tarekat Qadiriyah wa Naqsyabandiyah di Banjarmasin: Perjalanan Spiritual Islam Sufi di Kalimantan Selatan
Tarekat Qadiriyah wa Naqsyabandiyah di Banjarmasin: Perjalanan Spiritual Islam Sufi di Kalimantan Selatan
The Tariqa of Qadiriyah wa Naqsyabandiyah (TQN) is a conbination of two major Sufi orders, the Tariqa of Qadiriyah and the Tariqa of Naqsyabandiyah, combined by a great Nusantara S...

Back to Top