Search engine for discovering works of Art, research articles, and books related to Art and Culture
ShareThis
Javascript must be enabled to continue!

SOHAVIY TARJIMAGA O‘QITISHINING NAZARIY VA LINGVODIDAKTIK TAMOYILLARI

View through CrossRef
Bugungi zamonaviy sharoitda tibbiyot, huquq, texnika va IT kabi sohalarda axborot almashinuvi tezligi tarjimonlardan umumtil kompetensiyasidan tashqari sohaviy bilim, terminologik aniqlik va kontekstni boshqarish ko‘nikmalarini talab qiladi. Sohaviy tarjima ta’limi shuning uchun lingvodidaktik asoslar, funksional-pragmatik yondashuv va texnologik tayyorgarlikni integratsiya qilgan modelga tayanishi kerak. Mazkur maqolaning maqsadi sohaviy tarjima tushunchasining mazmun-mohiyatini aniqlash, uni o‘qitishning lingvodidaktik tamoyillarini asoslash hamda o‘quv jarayoniga joriy etish uchun amaliy model taklif qilishdan iborat. Mazkur maqsadga erishish uchun bir qator vazifalarni tahlil qilish taqozo etiladi. Jumladan, terminologik aniqlik, kontekstga sodiqlik va maqsadga muvofiqlik mezonlarini tizimlashtirish; skopos, kognitiv-pragmatik va kompetensiyaviy yondashuvlarni ta’lim modeli bilan uyg‘unlashtirish; CAT vositalari, korpus va terminobanklardan foydalanishning o‘quvdagi rolini ko‘rsatish; PACTE modeli asosida bosqichma-bosqich kompetensiyalarni xaritalash; oliy ta’lim sharoitida kurs dizayni va baholash mezonlarini taklif etish. Mazkur maqolaning metodologik asosini deskriptiv-analitik tadqiqot: nazariy manbalarni tahlil qilish; sohaviy matnlar bo‘yicha talabalarning yozma tarjimalarini ekspert baholash; dars kuzatuvlari; terminologik xatolar va funksional moslik bo‘yicha kodlash; CAT/korpus vositalari bilan tajriba elementi tashkil etadi. Ilmiy tadqiqot ishi natijalari quyidagilarni tashkil etadi: eng ko‘p xatolar terminologik izchillik va kontekstual moslikda to‘plandi. CAT va korpus resurslarini darsga kiritish izchillikni oshirdi, vaqtni qisqartirdi. Skoposga tayangan topshiriqlar auditoriyaga mos uslubiy tanlovlarni yaxshiladi. PACTE bo‘yicha bosqichli mashg‘ulotlar strategik kompetensiyani faollashtirdi. Shuningdek, o‘qituvchi roli “nazoratchi”dan “fasilitator”ga siljiganda natija barqarorlashdi. Demak, sohaviy tarjimani o‘qitish samaradorligi besh omilga tayanadi: kasbiy yo‘naltirilganlik, terminologik yondashuv, kontekstual asoslanganlik, texnologik tayyorgarlik va bosqichma-bosqich kompetensiyaviy rivojlanish. Ushbu tamoyillarni o‘quv dasturi, baholash rubrikalari va real vazifalarga asoslangan portfoliolar orqali tatbiq etish tarjimaning funksional yaroqliligini sezilarli oshiradi.
Uzbek State World Languages University
Title: SOHAVIY TARJIMAGA O‘QITISHINING NAZARIY VA LINGVODIDAKTIK TAMOYILLARI
Description:
Bugungi zamonaviy sharoitda tibbiyot, huquq, texnika va IT kabi sohalarda axborot almashinuvi tezligi tarjimonlardan umumtil kompetensiyasidan tashqari sohaviy bilim, terminologik aniqlik va kontekstni boshqarish ko‘nikmalarini talab qiladi.
Sohaviy tarjima ta’limi shuning uchun lingvodidaktik asoslar, funksional-pragmatik yondashuv va texnologik tayyorgarlikni integratsiya qilgan modelga tayanishi kerak.
Mazkur maqolaning maqsadi sohaviy tarjima tushunchasining mazmun-mohiyatini aniqlash, uni o‘qitishning lingvodidaktik tamoyillarini asoslash hamda o‘quv jarayoniga joriy etish uchun amaliy model taklif qilishdan iborat.
Mazkur maqsadga erishish uchun bir qator vazifalarni tahlil qilish taqozo etiladi.
Jumladan, terminologik aniqlik, kontekstga sodiqlik va maqsadga muvofiqlik mezonlarini tizimlashtirish; skopos, kognitiv-pragmatik va kompetensiyaviy yondashuvlarni ta’lim modeli bilan uyg‘unlashtirish; CAT vositalari, korpus va terminobanklardan foydalanishning o‘quvdagi rolini ko‘rsatish; PACTE modeli asosida bosqichma-bosqich kompetensiyalarni xaritalash; oliy ta’lim sharoitida kurs dizayni va baholash mezonlarini taklif etish.
Mazkur maqolaning metodologik asosini deskriptiv-analitik tadqiqot: nazariy manbalarni tahlil qilish; sohaviy matnlar bo‘yicha talabalarning yozma tarjimalarini ekspert baholash; dars kuzatuvlari; terminologik xatolar va funksional moslik bo‘yicha kodlash; CAT/korpus vositalari bilan tajriba elementi tashkil etadi.
Ilmiy tadqiqot ishi natijalari quyidagilarni tashkil etadi: eng ko‘p xatolar terminologik izchillik va kontekstual moslikda to‘plandi.
CAT va korpus resurslarini darsga kiritish izchillikni oshirdi, vaqtni qisqartirdi.
Skoposga tayangan topshiriqlar auditoriyaga mos uslubiy tanlovlarni yaxshiladi.
PACTE bo‘yicha bosqichli mashg‘ulotlar strategik kompetensiyani faollashtirdi.
Shuningdek, o‘qituvchi roli “nazoratchi”dan “fasilitator”ga siljiganda natija barqarorlashdi.
Demak, sohaviy tarjimani o‘qitish samaradorligi besh omilga tayanadi: kasbiy yo‘naltirilganlik, terminologik yondashuv, kontekstual asoslanganlik, texnologik tayyorgarlik va bosqichma-bosqich kompetensiyaviy rivojlanish.
Ushbu tamoyillarni o‘quv dasturi, baholash rubrikalari va real vazifalarga asoslangan portfoliolar orqali tatbiq etish tarjimaning funksional yaroqliligini sezilarli oshiradi.

Related Results

NOFILOLOGIK TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARIGA INGLIZ TILIDA SOHAVIY LEKSIKANI O‘RGATISH METODIKASI
NOFILOLOGIK TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARIGA INGLIZ TILIDA SOHAVIY LEKSIKANI O‘RGATISH METODIKASI
Mazkur maqolada nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalariga ingliz tilida sohaviy leksikani o‘rgatishning nazariy va metodik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda sohaviy leksikaning...
TARJIMAGA LINGVOKULTUROLOGIK YONDASHUV
TARJIMAGA LINGVOKULTUROLOGIK YONDASHUV
Tarjimaga lingvokulturologik yondashuvga sabab boʻluvchi omil bu – til birliklari hisoblnadi. Faqat bu til birliklari madaniy fenomenga ega boʻlgan leksikalardir. Ma’lumki, tarjima...
HUDUDLAR RIVOJLANISHIDA KORXONALAR RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH UCHUN XAVFSIZLIK MEXANIZMINING NAZARIY VA METODOLOGIK TAMOYILLARI
HUDUDLAR RIVOJLANISHIDA KORXONALAR RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH UCHUN XAVFSIZLIK MEXANIZMINING NAZARIY VA METODOLOGIK TAMOYILLARI
Mazkur maqolada hududlar rivojlanishida korxonalar raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiluvchi xavfsizlik mexanizmining nazariy-metodologik asoslari tadqiq etildi. Tadqiqotda j...
KOMPOZITSIYANING ASOSIY QONUNLARI VA TAMOYILLARI
KOMPOZITSIYANING ASOSIY QONUNLARI VA TAMOYILLARI
Annotatsiya: (O‘zbek tilida) Ushbu  maqolada  kompozitsiyaning  asosiy  qonunlari  va  tamoyillari  chuqur hamda tizimli tarzda yoritilgan bo‘lib, u san’at sohasi bo‘yicha ta’lim o...
KORXONA XAVFSIZLIK MEXANIZMINI SHAKLLANTIRISHNING METODOLOGIK TAMOYILLARI VA HUDUDIY IQTISODIY XAVFSIZLIK KONSEPSIYASI
KORXONA XAVFSIZLIK MEXANIZMINI SHAKLLANTIRISHNING METODOLOGIK TAMOYILLARI VA HUDUDIY IQTISODIY XAVFSIZLIK KONSEPSIYASI
Mazkur tezisda korxona xavfsizlik mexanizmini shakllantirishning metodologik tamoyillari hamda hududiy iqtisodiy xavfsizlik bilan oʻzaro bogʻliqligi ilmiy jihatdan tahlil qilindi. ...
LINGVOKULTUROLOGIYANING ASOSIY TAMOYILLARI VA TUSHUNCHALARI
LINGVOKULTUROLOGIYANING ASOSIY TAMOYILLARI VA TUSHUNCHALARI
Lingvokulturologiyaning asosiy tamoyillari va tushunchalari antropotsentrik yondashuv asosida til va madaniyatning o‘zaro uzviy bog‘liqligini yoritadi. Zamonaviy tilshunoslikda til...
ANDROGOGIK TA’LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY-METODIK ASOSLARI
ANDROGOGIK TA’LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY-METODIK ASOSLARI
Mazkur maqolada androgogik ta’lim tizimida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning nazariy-metodik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda kattalar ta’limining psixologik ...
ANDROGOGIK TA’LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY-METODIK ASOSLARI
ANDROGOGIK TA’LIM TIZIMIDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY-METODIK ASOSLARI
Mazkur maqolada androgogik ta’lim tizimida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning nazariy-metodik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda kattalar ta’limining psixologik ...

Back to Top