Javascript must be enabled to continue!
ALISHER NAVOIY G‘AZALLARIDA NUTQ SUBEKTINING IFODALANISHI
View through CrossRef
Nutq lingvistikasi nutq akti ishtirokchilari: adresant (nutq egasi) – nutq – adresat (o‘quvchi – tinglovchi) munosabatlarini o‘rganuvchi fan sanaladi. Ammo nutqning ichki mazmunidan anglashiluvchi yana bir subyekt ham borki, uning ishtiroki har qanday nutqni samarali va natijali qiladi. Bu nutqqa ko‘chgan, nutqning ichki struktura elementlari ma’nosidan anglashiladigan nutq subyektidir. Nutq egasi va nutq subyekti har qanday nutq (og‘zaki va yozma nutq)ning markaziy kategoriyasi sanaladi va nutqning xarakterini belgilaydi; ularning o‘zaro hamkorligi nutqning turli uslubiy ko‘rinishlari, nutq hosilalarini yuzaga chiqaradi. Shuning uchun nutq lingvistikasida nutq yaratuvchisi (egasi) va nutq subyekti munosabatlarini birga o‘rganish, ularning lingvistik xususiyatlarini tadqiq qilishni talab qiladi. Nutq lingvistikasida nutq egasi o‘zining fikrlari va his-tuyg‘ularini real vaziyatlarda qanday va qay tarzda ifodalashi muhim sanaladi. Shu ma’noda, nutq subyektining lingvistik xususiyatlarini ijodkorlar asarlari misolida o‘rganish dolzablik kasb etadi. Mazkur maqolada markaziy kategoriyalarining nutqda ifodalanishi masalasi Alisher Navoiyning “G‘aroyib-us sig‘ar” devoniga kiruvchi g‘azallar misolida o‘rganildi. Tahlillarda nutq subyektining qaysi til belgilari yordamida qanday tashkil etilishiga e’tibor qaratildi, nutq subyekti va jumla subyekti bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi. Lirik asarlarda nutq egasi va lirik subyektning lirik “men”da ifodalanishi, ba’zan nutq egasi o‘zining lirik his-tuyg‘ulari bayonida II shaxs “sen”, ba’zan III shaxs “u” olmoshlariga murojaat qilishi, ularning субъект mazmuni (нутқ эгаси ва жумла субъекти) ochib berildi.
Title: ALISHER NAVOIY G‘AZALLARIDA NUTQ SUBEKTINING IFODALANISHI
Description:
Nutq lingvistikasi nutq akti ishtirokchilari: adresant (nutq egasi) – nutq – adresat (o‘quvchi – tinglovchi) munosabatlarini o‘rganuvchi fan sanaladi.
Ammo nutqning ichki mazmunidan anglashiluvchi yana bir subyekt ham borki, uning ishtiroki har qanday nutqni samarali va natijali qiladi.
Bu nutqqa ko‘chgan, nutqning ichki struktura elementlari ma’nosidan anglashiladigan nutq subyektidir.
Nutq egasi va nutq subyekti har qanday nutq (og‘zaki va yozma nutq)ning markaziy kategoriyasi sanaladi va nutqning xarakterini belgilaydi; ularning o‘zaro hamkorligi nutqning turli uslubiy ko‘rinishlari, nutq hosilalarini yuzaga chiqaradi.
Shuning uchun nutq lingvistikasida nutq yaratuvchisi (egasi) va nutq subyekti munosabatlarini birga o‘rganish, ularning lingvistik xususiyatlarini tadqiq qilishni talab qiladi.
Nutq lingvistikasida nutq egasi o‘zining fikrlari va his-tuyg‘ularini real vaziyatlarda qanday va qay tarzda ifodalashi muhim sanaladi.
Shu ma’noda, nutq subyektining lingvistik xususiyatlarini ijodkorlar asarlari misolida o‘rganish dolzablik kasb etadi.
Mazkur maqolada markaziy kategoriyalarining nutqda ifodalanishi masalasi Alisher Navoiyning “G‘aroyib-us sig‘ar” devoniga kiruvchi g‘azallar misolida o‘rganildi.
Tahlillarda nutq subyektining qaysi til belgilari yordamida qanday tashkil etilishiga e’tibor qaratildi, nutq subyekti va jumla subyekti bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.
Lirik asarlarda nutq egasi va lirik subyektning lirik “men”da ifodalanishi, ba’zan nutq egasi o‘zining lirik his-tuyg‘ulari bayonida II shaxs “sen”, ba’zan III shaxs “u” olmoshlariga murojaat qilishi, ularning субъект mazmuni (нутқ эгаси ва жумла субъекти) ochib berildi.
Related Results
FRANSUZ MILLIY KUTUBXONASIDAGI NAVOIY KULLIYOTIDAN BIR G‘AZAL
FRANSUZ MILLIY KUTUBXONASIDAGI NAVOIY KULLIYOTIDAN BIR G‘AZAL
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning Parij shahridagi Fransuz Milliy kutubxonasida Turc 316 va Turc 317 inventar raqami bilan saqlanayotgan ikki jilddan iborat kulliyotdan o‘rin olgan...
QO‘LYOZMA BAYOZLARDA ALISHER NAVOIY IJODIGA MUROJAAT MASALASI
QO‘LYOZMA BAYOZLARDA ALISHER NAVOIY IJODIGA MUROJAAT MASALASI
Mazkur maqolada Alisher Navoiy ijodining XVIII–XIX asr bayozlarida aks etishi, shuningdek, Xiva adabiymuhiti vakili Roqim ijodi bilan uzviy bog‘liqligi tahlil etilgan. Tadqiqot dav...
NUTQ BUZILISHLARI TASNIFI
NUTQ BUZILISHLARI TASNIFI
Maqola nutq buzilishlarining shakl va turlari, ularni aniqlash mezonlari hamda nutq buzilishlarining zamonaviy tasnifi, ularning lingvistik, psixologik va nevrologik omillar bilan ...
ALISHER NAVOIY IJODIDA SAKKOKIY AN’ANALARI
ALISHER NAVOIY IJODIDA SAKKOKIY AN’ANALARI
Maqolada Alisher Navoiy ijodining turkiy zaminlari haqida soʻz yuritilgan. Xususan, adibning “Farhod va Shirin” dostoni va Sakkokiy ijodi orasidagi umumiy jihatlar yoritilgan. Fikr...
NAVOIY LIRIKASIDA SHAMOL OBRAZI
NAVOIY LIRIKASIDA SHAMOL OBRAZI
Mazkur maqolada Alisher Navoiy lirikasida shamol stixiyasining (sabo, nasim, bod, sarsar, samum, quyun va h.k.) badiiy-falsafiy va irfoniy ma’nolari kompleks tahlil qilinadi. Tadqi...
Alisher Navoiy g‘azaliyotida Xizr obrazi talqinlari
Alisher Navoiy g‘azaliyotida Xizr obrazi talqinlari
Turkiy adabiyot, xususan, o'zbek adabiyoti tarixida Alisher Navoiyning o'rni beqiyos. Shu maqolada Alisher Navoiyning g'azallari, liri-kasidagi obrazlar mohiyatiga yetishga harakat...
O‘QUVCHILAR NUTQ MADANIYATINI O‘STIRISH VOSITALARI
O‘QUVCHILAR NUTQ MADANIYATINI O‘STIRISH VOSITALARI
Ushbu maqolada o‘quvchilar nutq madaniyatini rivojlantirishning muhim vositalari va usullari chuqur tahlil qilinadi. Nutq madaniyati – bu tilni faqat to‘g‘ri ishlatish, balki shaxs...
ABDURAHMON JOMIY VA ALISHER NAVOIY “LAYLI VA MAJNUN” DOSTONLARIDAGI LAYLI VA UNGA YONDOSH OBRAZLAR
ABDURAHMON JOMIY VA ALISHER NAVOIY “LAYLI VA MAJNUN” DOSTONLARIDAGI LAYLI VA UNGA YONDOSH OBRAZLAR
Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy asarlarida sharq mumtoz adabiyotini o‘ziga xos va betakror badiiy obrazlar bilan boyitgan so‘z san’atkorlaridir. Ularning asarlarida bosh qahramo...

