Search engine for discovering works of Art, research articles, and books related to Art and Culture
ShareThis
Javascript must be enabled to continue!

Turkistonda mahalliy boshqaruv: tarixiy tahlil

View through CrossRef
aqdim etilgan maqolada Rossiya imperiyasi hukumati tomonidan Turkiston oʻlkasini boshqarishda Davlat tartibi va maʼmuriy-siyosiy barqarorlikni saqlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlar mustamlakachilik siyosatining strategik manfaatlari nuqtayi nazaridan ilmiy tahlil etiladi. Tadqiqotda, ayniqsa, mustamlaka maʼmuriyatining mahalliy boshqaruv tizimiga ehtiyotkorlik bilan aralashuvi, mansabdor shaxslarni tayinlash va tasdiqlashning byurokratik mexanizmlari, shuningdek, bu jarayonlar orqali rus maʼmuriyatining oʻlkadagi hokimiyat vertikalini mustahkamlashga qaratilgan siyosiy-meʼyoriy amaliyoti ochib beriladi. Maqolada mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari (qoʻrgʻon, volost va qishloq darajasidagi idoralar) faoliyatida mansabdor shaxslarni saylash jarayonlari boʻyicha qator huquqiy buzilishlar va maʼmuriy tartibot normalarini cheklovchi amaliyotlar aniqlangani taʼkidlanadi. Ayniqsa, saylovlar vaqtida yirik jamoatchilik guruhlari va manfaatlar toʻqnashuvi ishtirokida yuzaga kelgan qonunbuzarliklar, mahalliy aholining norozilik murojaatlari hamda ularning rasmiy maʼmuriyat tomonidan qay darajada va qay tarzda koʻrib chiqilgani tarixiy-huquqiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Shu bilan birga, tadqiqotda muallif mustamlaka boshqaruv tizimidagi mansabdorlarni tanlash va tayinlash mexanizmlarining haqiqiy mohiyatini yoritar ekan, bu jarayonlar formal jihatdan “jamoatchilik ishtiroki” tamoyiliga asoslangan boʻlsa-da, amalda ular Rossiya imperiyasining koloniyal nazoratini kuchaytirish, mahalliy elita va aholining siyosiy taʼsirini cheklash, byurokratik qoidalar orqali ularni rus maʼmuriyatiga tobe etish vazifasini bajarganini asoslaydi. NatijadamaqoladagitahlilTurkistondagimahalliymaʼmuriyidoralarfaoliyatidagihuquqiy-meʼyoriymuammolar, jamoatchilikning shikoyat tizimi orqali davlat maʼmuriyati bilan munosabati, shuningdek, mustamlakachilik sharoitida davlat nazoratining qanday amalga oshirilganini yaqqol yoritib, masalaning tarixshunoslikdagi oʻrnini yanada chuqurlashtiradi
Title: Turkistonda mahalliy boshqaruv: tarixiy tahlil
Description:
aqdim etilgan maqolada Rossiya imperiyasi hukumati tomonidan Turkiston oʻlkasini boshqarishda Davlat tartibi va maʼmuriy-siyosiy barqarorlikni saqlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlar mustamlakachilik siyosatining strategik manfaatlari nuqtayi nazaridan ilmiy tahlil etiladi.
Tadqiqotda, ayniqsa, mustamlaka maʼmuriyatining mahalliy boshqaruv tizimiga ehtiyotkorlik bilan aralashuvi, mansabdor shaxslarni tayinlash va tasdiqlashning byurokratik mexanizmlari, shuningdek, bu jarayonlar orqali rus maʼmuriyatining oʻlkadagi hokimiyat vertikalini mustahkamlashga qaratilgan siyosiy-meʼyoriy amaliyoti ochib beriladi.
 Maqolada mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari (qoʻrgʻon, volost va qishloq darajasidagi idoralar) faoliyatida mansabdor shaxslarni saylash jarayonlari boʻyicha qator huquqiy buzilishlar va maʼmuriy tartibot normalarini cheklovchi amaliyotlar aniqlangani taʼkidlanadi.
Ayniqsa, saylovlar vaqtida yirik jamoatchilik guruhlari va manfaatlar toʻqnashuvi ishtirokida yuzaga kelgan qonunbuzarliklar, mahalliy aholining norozilik murojaatlari hamda ularning rasmiy maʼmuriyat tomonidan qay darajada va qay tarzda koʻrib chiqilgani tarixiy-huquqiy manbalar asosida tahlil qilinadi.
Shu bilan birga, tadqiqotda muallif mustamlaka boshqaruv tizimidagi mansabdorlarni tanlash va tayinlash mexanizmlarining haqiqiy mohiyatini yoritar ekan, bu jarayonlar formal jihatdan “jamoatchilik ishtiroki” tamoyiliga asoslangan boʻlsa-da, amalda ular Rossiya imperiyasining koloniyal nazoratini kuchaytirish, mahalliy elita va aholining siyosiy taʼsirini cheklash, byurokratik qoidalar orqali ularni rus maʼmuriyatiga tobe etish vazifasini bajarganini asoslaydi.
 NatijadamaqoladagitahlilTurkistondagimahalliymaʼmuriyidoralarfaoliyatidagihuquqiy-meʼyoriymuammolar, jamoatchilikning shikoyat tizimi orqali davlat maʼmuriyati bilan munosabati, shuningdek, mustamlakachilik sharoitida davlat nazoratining qanday amalga oshirilganini yaqqol yoritib, masalaning tarixshunoslikdagi oʻrnini yanada chuqurlashtiradi.

Related Results

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATINI SAMARALI BOSHQARISH
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATINI SAMARALI BOSHQARISH
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarishda raqamli texnologiyalarning tutgan o‘rni, ularning boshqaruv jarayonlariga ta’siri hamda ta’lim samar...
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATINI SAMARALI BOSHQARISH
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATINI SAMARALI BOSHQARISH
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarishda raqamli texnologiyalarning tutgan o‘rni, ularning boshqaruv jarayonlariga ta’siri hamda ta’lim samar...
“BILGA XOQON” ROMANIDA TARIXIY FAKTLAR TALQINI MASALASI
“BILGA XOQON” ROMANIDA TARIXIY FAKTLAR TALQINI MASALASI
Mazkur maqolada Isajon Sultonning “Bilga xoqon” romanida tarixiy faktlarning badiiy talqini masalasi tahlil qilinadi. Asarda tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima o‘rtasidagi munosabat...
Tahlil Virtual: Sebuah Upaya Menegosiasikan Tradisi dan Teknologi Informasi
Tahlil Virtual: Sebuah Upaya Menegosiasikan Tradisi dan Teknologi Informasi
The spread of the Covid-19 virus has made policymakers issue restrictions on activities and community interactions. This restriction is carried out in almost every line of communit...
MAHALLIY BUDJET DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
MAHALLIY BUDJET DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
AnnоtatsiyaMaqolada mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishning ilmiy-nazariyasoslari tahlil qilindi. Mahalliy byudjetlar daromad manbalari tarkibi, ularning huquqiyasoslari ...
KOMMUNAL XIZMATLAR BOSHQARUVI SAMARADORLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
KOMMUNAL XIZMATLAR BOSHQARUVI SAMARADORLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Mazkur maqolada Respublikada kommunal xizmatlari ko‘rsatuvchi subyektlarda boshqaruv samaradorligini oshirish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Shuningdek ishda kommunal xizmat ko‘rsat...
BADIIY ASARDA TARIXIYLIK KONSEPSIYASI
BADIIY ASARDA TARIXIYLIK KONSEPSIYASI
Mazkur tezisda badiiy asarda tarixiylik konsepsiyasining nazariy asoslari hamda uning zamonaviy o‘zbek tarixiy nasridagi ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tarixiylik konse...
XONLIKLAR BOSHQARUV TIZIMINING TARIXIY SABOQLARI VA ZAMONAVIY O‘ZBEKISTON UCHUN AHAMIYATI
XONLIKLAR BOSHQARUV TIZIMINING TARIXIY SABOQLARI VA ZAMONAVIY O‘ZBEKISTON UCHUN AHAMIYATI
Ushbu tezisda Xiva, Buxoro va Qo‘qon xonliklarining boshqaruv tizimi, ularning shakllanish bosqichlari va tarixiy tajribalari tahlil qilinadi. Shuningdek, xonliklar davridagi siyos...

Back to Top