Search engine for discovering works of Art, research articles, and books related to Art and Culture
ShareThis
Javascript must be enabled to continue!

KOMMUNAL XIZMATLAR BOSHQARUVI SAMARADORLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

View through CrossRef
Mazkur maqolada Respublikada kommunal xizmatlari ko‘rsatuvchi subyektlarda boshqaruv samaradorligini oshirish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Shuningdek ishda kommunal xizmat ko‘rsatishda boshqaruv tuzilmalari, boshqaruv samaradorligini oshirishga tasir etuvchi omillar asoslanilgan. Shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish sharoitida uy-joy kommunal xizmatlari tizimini boshqarish samaradorligini oshirish masalalari o‘rganilgan. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar, xususan, elektr energiyasi ta’minotini oshirish, ko‘p qavatli uylarning energiya samaradorligini baholash tizimini joriy etish kabi maqsadlar kommunal xizmatlar boshqaruvini takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi. Tadqiqotda ekspert baholash, solishtirish, tizimli tahlil, SWOT tahlili kabi ilmiy usullardan foydalanildi. Samarqand viloyati misolida kommunal xizmat ko‘rsatish subyektlari boshqaruvining amaldagi holati tahlil qilinib, boshqaruvning uch pog‘onali tizimi mavjud muammolarni chuqurlashtirayotgani aniqlangan. Taklif etilayotgan ikki pog‘onali boshqaruv modeli boshqaruv jarayonini soddalashtirishi, ortiqcha bo‘g‘inlarni qisqartirishi hamda aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qilishi qayd etilgan. Tadqiqot davomida kommunal xizmatlar boshqaruviga ta’sir etuvchi bevosita va bilvosita omillar aniqlanib, soha bo‘yicha SWOT tahlili ishlab chiqildi. Maqola yakunida sohaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, boshqaruv tuzilmasini optimallashtirish, raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish, korrupsiyaga qarshi mexanizmlarni kuchaytirish va malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Title: KOMMUNAL XIZMATLAR BOSHQARUVI SAMARADORLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Description:
Mazkur maqolada Respublikada kommunal xizmatlari ko‘rsatuvchi subyektlarda boshqaruv samaradorligini oshirish imkoniyatlari tadqiq etilgan.
Shuningdek ishda kommunal xizmat ko‘rsatishda boshqaruv tuzilmalari, boshqaruv samaradorligini oshirishga tasir etuvchi omillar asoslanilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiya qilish sharoitida uy-joy kommunal xizmatlari tizimini boshqarish samaradorligini oshirish masalalari o‘rganilgan.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar, xususan, elektr energiyasi ta’minotini oshirish, ko‘p qavatli uylarning energiya samaradorligini baholash tizimini joriy etish kabi maqsadlar kommunal xizmatlar boshqaruvini takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
Tadqiqotda ekspert baholash, solishtirish, tizimli tahlil, SWOT tahlili kabi ilmiy usullardan foydalanildi.
Samarqand viloyati misolida kommunal xizmat ko‘rsatish subyektlari boshqaruvining amaldagi holati tahlil qilinib, boshqaruvning uch pog‘onali tizimi mavjud muammolarni chuqurlashtirayotgani aniqlangan.
Taklif etilayotgan ikki pog‘onali boshqaruv modeli boshqaruv jarayonini soddalashtirishi, ortiqcha bo‘g‘inlarni qisqartirishi hamda aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qilishi qayd etilgan.
Tadqiqot davomida kommunal xizmatlar boshqaruviga ta’sir etuvchi bevosita va bilvosita omillar aniqlanib, soha bo‘yicha SWOT tahlili ishlab chiqildi.
Maqola yakunida sohaning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, boshqaruv tuzilmasini optimallashtirish, raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish, korrupsiyaga qarshi mexanizmlarni kuchaytirish va malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Related Results

KOMMUNAL XIZMATLAR TIZIMINING IQTISODIY XUSUSIYATLARIVA ULARNING UY-JOY FONDIDAGI ROLI
KOMMUNAL XIZMATLAR TIZIMINING IQTISODIY XUSUSIYATLARIVA ULARNING UY-JOY FONDIDAGI ROLI
Mazkur maqolada koʻp xonadonli uy-joy fondida kommunal xizmatlar koʻrsatishtizimining iqtisodiy mohiyati hamda uning infratuzilma tizimidagi oʻrni nazariyjihatdan tahlil qilingan. ...
KOMMUNAL XIZMATLAR TIZIMINING IQTISODIY XUSUSIYATLARI VA ULARNING UY-JOY FONDIDAGI ROLI
KOMMUNAL XIZMATLAR TIZIMINING IQTISODIY XUSUSIYATLARI VA ULARNING UY-JOY FONDIDAGI ROLI
Mazkur maqolada koʻp xonadonli uy-joy fondida kommunal xizmatlar koʻrsatishtizimining iqtisodiy mohiyati hamda uning infratuzilma tizimidagi oʻrni nazariyjihatdan tahlil qilingan. ...
TA’LIM TIZIMIGA TASIR ETUVCHI OMILLAR
TA’LIM TIZIMIGA TASIR ETUVCHI OMILLAR
Ushbu maqolada ta’lim jarayoniga ta’sir etuvchi turli omillar tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida 164 nafar o‘quvchi ishtirok etgan so‘rovnoma natijalari tahlil qilinib, asosiy omi...
O‘ZBEKISTONDA KONTEYNER POYEZDLARIDAN FOYDALANISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
O‘ZBEKISTONDA KONTEYNER POYEZDLARIDAN FOYDALANISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Maqolada O‘zbekiston temiryo‘llarida konteyner tashuvlari sonining oshishiga ta’sir etuvchi omillarning korrelyatsion tahlili ko‘rib chiqilgan. Tahlilning ilmiy usullari, matemati...
ASOSIY KAPITALGA INVESTITSIYALARNI JALB QILISH SAMARADORLIGIGA TAʼSIR ETUVCHI OMILLARNI IQTISODIY-STATISTIK BAHOLASH
ASOSIY KAPITALGA INVESTITSIYALARNI JALB QILISH SAMARADORLIGIGA TAʼSIR ETUVCHI OMILLARNI IQTISODIY-STATISTIK BAHOLASH
Tadqiqot asosiy kapitalga investitsiyalarni jalb qilish samaradorligiga taʼsir etuvchi omillarni iqtisodiy-statistik yondashuv asosida tizimli baholadi. Unda investitsiya samarador...
OʻZBEKISTON AXBOROT BOZORINING TUZILISHI VA BOZOR MUVOZANATI
OʻZBEKISTON AXBOROT BOZORINING TUZILISHI VA BOZOR MUVOZANATI
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda axborot bozori tuzilishi, uning iqtisodiy mazmuni, rivojlanish xususiyatlari hamda bozor muvozanatini shakllantiruvchi asosiy omillar ilmiy jihatdan t...
Incidence of Second Primary Malignancies in Hairy Cell Leukemia: US Population-Based Study from 2000- 2021
Incidence of Second Primary Malignancies in Hairy Cell Leukemia: US Population-Based Study from 2000- 2021
Introduction: Hairy Cell Leukemia (HCL) is a rare B-cell lymphoproliferative disorder characterized by an indolent course but notable responsiveness to purine ana...
MINTAQADA TABIIY KAPITALNI JAMGʻARISHGA TAʼSIR ETUVCHI OMILLAR
MINTAQADA TABIIY KAPITALNI JAMGʻARISHGA TAʼSIR ETUVCHI OMILLAR
Mazkur maqolada mintaqada tabiiy kapitalni jamgʻarishga taʼsir etuvchi iqtisodiy, ekologik, institutsional va ijtimoiy omillar nazariy hamda uslubiy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiq...

Back to Top