Search engine for discovering works of Art, research articles, and books related to Art and Culture
ShareThis
Javascript must be enabled to continue!

O‘ZBEKISTONDA KONTEYNER POYEZDLARIDAN FOYDALANISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

View through CrossRef
Maqolada O‘zbekiston temiryo‘llarida konteyner tashuvlari sonining oshishiga ta’sir etuvchi omillarning korrelyatsion tahlili ko‘rib chiqilgan. Tahlilning ilmiy usullari, matematik statistika, iqtisodiy tahlil, regression tahlil modellari qo‘llangan. O‘zbekiston Respublikasida temiryo‘l orqali konteyner tashish hajmiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan hamda dinamikasi o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, regressorlarning ta’sir darajasi va yo‘nalishini aniqlash uchun eng kichik kvadratlar usulida regression model tuzildi, bu esa, o‘z navbatida, yuqori aniqlik ko‘rsatdi. Tadqiqot davomida O‘zbekistonda blok-poyezdlar tarkibida yuklarni konteynerli import va eksport tashish hajmi yildan yilga ortib borayotganligi aniqlandi. O‘tkazilgan korrelyatsion tahlillar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda konteyner tashishlar eksport-import yuklari hajmining oshishi, boshqa omillar, jumladan, qattiq qoplamali yo‘llar uzunligining qisqarishi va avtomobil transportida yuk tashishning ko‘payishi (mln. tonnada) hisobiga o‘sish tendensiyasiga ega. Belgilangan tendensiyani saqlab qolish va konteyner tashuvlarini samarali tashkil etish uchun texnologik, tijorat, texnik va tashkiliy darajalarda tegishli infratuzilmani shakllantirish talab etiladi. Bu esa konteyner tashuvlari hajmini sezilarli darajada oshirish hamda tegishli soha va yo‘nalishlarni rivojlantirishga imkon beradi.
Title: O‘ZBEKISTONDA KONTEYNER POYEZDLARIDAN FOYDALANISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Description:
Maqolada O‘zbekiston temiryo‘llarida konteyner tashuvlari sonining oshishiga ta’sir etuvchi omillarning korrelyatsion tahlili ko‘rib chiqilgan.
Tahlilning ilmiy usullari, matematik statistika, iqtisodiy tahlil, regression tahlil modellari qo‘llangan.
O‘zbekiston Respublikasida temiryo‘l orqali konteyner tashish hajmiga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan hamda dinamikasi o‘rganilgan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, regressorlarning ta’sir darajasi va yo‘nalishini aniqlash uchun eng kichik kvadratlar usulida regression model tuzildi, bu esa, o‘z navbatida, yuqori aniqlik ko‘rsatdi.
Tadqiqot davomida O‘zbekistonda blok-poyezdlar tarkibida yuklarni konteynerli import va eksport tashish hajmi yildan yilga ortib borayotganligi aniqlandi.
O‘tkazilgan korrelyatsion tahlillar shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda konteyner tashishlar eksport-import yuklari hajmining oshishi, boshqa omillar, jumladan, qattiq qoplamali yo‘llar uzunligining qisqarishi va avtomobil transportida yuk tashishning ko‘payishi (mln.
tonnada) hisobiga o‘sish tendensiyasiga ega.
Belgilangan tendensiyani saqlab qolish va konteyner tashuvlarini samarali tashkil etish uchun texnologik, tijorat, texnik va tashkiliy darajalarda tegishli infratuzilmani shakllantirish talab etiladi.
Bu esa konteyner tashuvlari hajmini sezilarli darajada oshirish hamda tegishli soha va yo‘nalishlarni rivojlantirishga imkon beradi.

Related Results

GRİ TAHMİN VE BOX-JENKINS YÖNTEMLERİ İLE ANTALYA LİMANI İÇİN AYLIK KONTEYNER TALEP TAHMİNİ
GRİ TAHMİN VE BOX-JENKINS YÖNTEMLERİ İLE ANTALYA LİMANI İÇİN AYLIK KONTEYNER TALEP TAHMİNİ
Konteyner taşımacılığının, denizyolu ticaretindeki önemi her geçen gün artmaktadır. Konteyner hacminin etkili tahmini ise liman planlaması ve işletimi için bir karar desteği sağlam...
KOMMUNAL XIZMATLAR BOSHQARUVI SAMARADORLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
KOMMUNAL XIZMATLAR BOSHQARUVI SAMARADORLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Mazkur maqolada Respublikada kommunal xizmatlari ko‘rsatuvchi subyektlarda boshqaruv samaradorligini oshirish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Shuningdek ishda kommunal xizmat ko‘rsat...
TA’LIM TIZIMIGA TASIR ETUVCHI OMILLAR
TA’LIM TIZIMIGA TASIR ETUVCHI OMILLAR
Ushbu maqolada ta’lim jarayoniga ta’sir etuvchi turli omillar tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida 164 nafar o‘quvchi ishtirok etgan so‘rovnoma natijalari tahlil qilinib, asosiy omi...
OʻZBEKISTON AXBOROT BOZORINING TUZILISHI VA BOZOR MUVOZANATI
OʻZBEKISTON AXBOROT BOZORINING TUZILISHI VA BOZOR MUVOZANATI
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda axborot bozori tuzilishi, uning iqtisodiy mazmuni, rivojlanish xususiyatlari hamda bozor muvozanatini shakllantiruvchi asosiy omillar ilmiy jihatdan t...
Incidence of Second Primary Malignancies in Hairy Cell Leukemia: US Population-Based Study from 2000- 2021
Incidence of Second Primary Malignancies in Hairy Cell Leukemia: US Population-Based Study from 2000- 2021
Introduction: Hairy Cell Leukemia (HCL) is a rare B-cell lymphoproliferative disorder characterized by an indolent course but notable responsiveness to purine ana...
MINTAQADA TABIIY KAPITALNI JAMGʻARISHGA TAʼSIR ETUVCHI OMILLAR
MINTAQADA TABIIY KAPITALNI JAMGʻARISHGA TAʼSIR ETUVCHI OMILLAR
Mazkur maqolada mintaqada tabiiy kapitalni jamgʻarishga taʼsir etuvchi iqtisodiy, ekologik, institutsional va ijtimoiy omillar nazariy hamda uslubiy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiq...
Kocaeli Limanları TalepTahmini
Kocaeli Limanları TalepTahmini
Türkiye’de denizcilik sektörü kamu ve özel girişimler sayesinde gün geçtikçe gelişme göstermektedir. Ticaret ve sanayi merkezi olmasının yanında aynı zamanda coğrafi konumu sayesin...
SURXONDARYO VILOYATI AHOLISI BANDLIGI SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
SURXONDARYO VILOYATI AHOLISI BANDLIGI SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Muayyan hudud aholisi demografik tarkibi hamda uning bandlik holatining shakllanishi uzoq darvlar davomida hududning tabiiy sharoiti va xo‘jaligi natijasida tarkib topadigan tarixi...

Back to Top