Search engine for discovering works of Art, research articles, and books related to Art and Culture
ShareThis
Javascript must be enabled to continue!

DIZARTRIK BOLADA UMUMIY VA MAYDA MATORIKANI RIVOJLANTIRISH

View through CrossRef
Mazkur maqolada dizartriya nutq buzilishining klinik-pedagogik xususiyatlari, uning kelib chiqish sabablari hamda dizartrik bolalarda umumiy va mayda motorika rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari ilmiy-nazariy asosda yoritilgan. Dizartriya – markaziy yoki periferik nerv tizimi shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan, nutq apparati mushaklarining innervatsiyasi buzilishi bilan tavsiflanadigan murakkab nutq nuqsonidir. Ushbu holat nafaqat tovush talaffuzi va nutq ravonligiga, balki bolaning umumiy harakat koordinatsiyasi, muvozanati, mushak tonusi hamda nozik qo‘l harakatlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada dizartrik bolalarda uchraydigan umumiy motorika (yirik harakatlar) va mayda motorika (barmoq va qo‘l mushaklari harakati) buzilishlarining sabablari, ularning psixofiziologik mexanizmlari hamda nutq rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqligi tahlil qilingan. Shuningdek, motor faoliyatning yetarli darajada shakllanmaganligi bolaning kognitiv rivojlanishi, yozuv ko‘nikmalari, o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalari va ijtimoiy moslashuviga ta’siri ochib berilgan. Maqolada motor ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan korreksion-pedagogik ishlar tizimi, jumladan, barmoq o‘yinlari, plastilin va qum bilan ishlash, konstruktiv o‘yinlar, muvozanat va koordinatsiyani rivojlantiruvchi mashqlar, shuningdek, ergoterapiya va art-terapiya elementlarining ahamiyati asoslab berilgan. Mashg‘ulotlarni tashkil etishda tizimlilik, bosqichma-bosqichlik, individuallashtirish va muntazamlik tamoyillariga amal qilish zarurligi ta’kidlangan. Maqolada dizartrik bolalarda motorikani rivojlantirish jarayoni logoped, nevrolog, defektolog hamda ota-onalar hamkorligida olib borilishi lozimligi qayd etilib, kompleks yondashuvning samaradorligi ilmiy manbalar asosida asoslangan. Xulosa sifatida mayda va umumiy motorikani rivojlantirish nutqni korreksiya qilish jarayonining ajralmas qismi ekanligi, u bolaning psixomotor, nutqiy va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan dalillangan.
Title: DIZARTRIK BOLADA UMUMIY VA MAYDA MATORIKANI RIVOJLANTIRISH
Description:
Mazkur maqolada dizartriya nutq buzilishining klinik-pedagogik xususiyatlari, uning kelib chiqish sabablari hamda dizartrik bolalarda umumiy va mayda motorika rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari ilmiy-nazariy asosda yoritilgan.
Dizartriya – markaziy yoki periferik nerv tizimi shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan, nutq apparati mushaklarining innervatsiyasi buzilishi bilan tavsiflanadigan murakkab nutq nuqsonidir.
Ushbu holat nafaqat tovush talaffuzi va nutq ravonligiga, balki bolaning umumiy harakat koordinatsiyasi, muvozanati, mushak tonusi hamda nozik qo‘l harakatlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Maqolada dizartrik bolalarda uchraydigan umumiy motorika (yirik harakatlar) va mayda motorika (barmoq va qo‘l mushaklari harakati) buzilishlarining sabablari, ularning psixofiziologik mexanizmlari hamda nutq rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqligi tahlil qilingan.
Shuningdek, motor faoliyatning yetarli darajada shakllanmaganligi bolaning kognitiv rivojlanishi, yozuv ko‘nikmalari, o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakalari va ijtimoiy moslashuviga ta’siri ochib berilgan.
Maqolada motor ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan korreksion-pedagogik ishlar tizimi, jumladan, barmoq o‘yinlari, plastilin va qum bilan ishlash, konstruktiv o‘yinlar, muvozanat va koordinatsiyani rivojlantiruvchi mashqlar, shuningdek, ergoterapiya va art-terapiya elementlarining ahamiyati asoslab berilgan.
Mashg‘ulotlarni tashkil etishda tizimlilik, bosqichma-bosqichlik, individuallashtirish va muntazamlik tamoyillariga amal qilish zarurligi ta’kidlangan.
Maqolada dizartrik bolalarda motorikani rivojlantirish jarayoni logoped, nevrolog, defektolog hamda ota-onalar hamkorligida olib borilishi lozimligi qayd etilib, kompleks yondashuvning samaradorligi ilmiy manbalar asosida asoslangan.
Xulosa sifatida mayda va umumiy motorikani rivojlantirish nutqni korreksiya qilish jarayonining ajralmas qismi ekanligi, u bolaning psixomotor, nutqiy va ijtimoiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan dalillangan.

Related Results

BIOLOGIYANI O‘QITISHDA O‘QUVCHILARDA KOMPETENTSIYAVIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA O‘QUVCHILARDA KOMPETENTSIYAVIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH
Mazkur maqolada biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarda o‘quv bilish faoliyatini rivojlantirish yo‘llari yoritib o’tilgan. O‘quvchilarni o‘quv bilish faoliyati biologik bilim, ko‘nikm...
STEAM LOYIHA VOSITASIDA MAKTAB O‘QUVCHILARIDA BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARINI RIVOJLANTIRISH
STEAM LOYIHA VOSITASIDA MAKTAB O‘QUVCHILARIDA BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARINI RIVOJLANTIRISH
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tabiiy fanlarni o‘qitishda barqaror rivojlanish g‘oyalarini shakllantirishda STEAM (Science - fan, Technology - texnologiya, Engine...
STEAM LOYIHA VOSITASIDA MAKTAB O‘QUVCHILARIDA BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARINI RIVOJLANTIRISH
STEAM LOYIHA VOSITASIDA MAKTAB O‘QUVCHILARIDA BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARINI RIVOJLANTIRISH
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tabiiy fanlarni o‘qitishda barqaror rivojlanish g‘oyalarini shakllantirishda STEAM (Science - fan, Technology - texnologiya, Engine...
QORAQALPOG‘ISTON MAYDA SHOXLI MOLLARI VA ULAR GELMINTLARI O‘RTASIDAGI BIOSENOTIK MUNOSABATLAR
QORAQALPOG‘ISTON MAYDA SHOXLI MOLLARI VA ULAR GELMINTLARI O‘RTASIDAGI BIOSENOTIK MUNOSABATLAR
Olib borilgan tadqiqot ishlarimiz natijasiga ko‘ra Qoraqalpog‘ston sharoitida mayda shoxli mollarda gelmintlarning 37 ta turi uchrashligi, shulardan 34 turi qo‘ylarda va 31 turi ec...
KREATIV SALOHIYATNI SHAKLLANTIRISHNING TUZILMASI VA KOMPONENTLARI
KREATIV SALOHIYATNI SHAKLLANTIRISHNING TUZILMASI VA KOMPONENTLARI
Ushbu maqola bo‘lajak pedagoglarda kreativ salohiyatni shakllantirish muammosini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda kreativlik tushunchasining psixologik va pedagogik talqinlari...
BOSHQARUVNING UMUMIY QONUNIYATLARI, TAMOYILLARI VA FUNKSIYALARI
BOSHQARUVNING UMUMIY QONUNIYATLARI, TAMOYILLARI VA FUNKSIYALARI
Ta’limni boshqarish qonuniyatlari boshqaruv jarayonida turli elementlar va hodisalarning ob’ektiv ravishda mavjud bo‘lgan, takrorlanuvchi o‘zaro aloqalarini aks ettiradi. Ular umum...
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARINI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA BOSHQARISH USULLARI
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARINI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA BOSHQARISH USULLARI
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini boshqarishda innovatsion yondashuvlarning nazariy-metodologik asoslari, ularning amaliy ahamiyati hamda joriy etish mexanizmlari ...
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA FAOLIYATLARI ASOSIDA DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING INNOVATSION-PEDAGOGIK YONDASHUVLARI
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA FAOLIYATLARI ASOSIDA DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING INNOVATSION-PEDAGOGIK YONDASHUVLARI
Annotatsiya: Hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yangi talablarga mos va zamonaviy innovatsion-pedagogik yondashuvlarni joriy etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqs...

Back to Top