Javascript must be enabled to continue!
Moyli ekin urug‘larini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
View through CrossRef
Mazkur o‘quv qo‘llanma 5410500 – «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» va 5321000 – «Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)» yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, «Moyli ekinlar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi» fan dasturi (ToshDAU va FarPI tasdiqlagan) va «O‘simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi» fan dasturi (ToshKTI tasdiqlagan) asosida tayyorlanib, 11 bob, 240 betdan iborat. Moyli ekin urug‘larini saqlash va qayta ishlash, o‘simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi borasidagi mahalliy va chet eldagi ilg‘or tajribalarni hisobga olgan holda, moy xom ashyo turlari va ularni sifatiga qo‘yiladigan talablar, moyli urug‘ning kimyoviy tarkibi va tuzilishi, o‘simlik moylarini tarkibi va hossalari, moyli xom ashyoni saqlash, tozalash va quritish, moyli urug‘larni qayta ishlashga tayyorlash jarayonlari, o‘simlik moylarini presslash va ekstraksiyalash usullari bilan olish jarayonlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, qo‘llanmada o‘simlik moylarini ekstraksiyalash usulida olishda o‘simlik moylarini erituvchilari erishi, sanoatda qo‘llaniladigan asosiy erituvchilar, ekstraksiya jarayonining nazariy asoslari kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Bulardan tashqari, o‘simlik moylari ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan missellani distillyatsiyalash, kunjara va shrotlarni saqlash va qayta ishlash, erituvchini regeneratsiyalash va rekuperatsiyalash kabilar ham o‘rganilib chiqilgan. Hulosa qilib aytganda, ushbu o‘quv qo‘llanmada Respublikamizda moyli ekinlarni yetishtirish va qayta ishlash tarmog‘ini yanada rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy, moliya-kredit, resurstejamkor agrotexnologiya, qayta ishlashning texnologik, axborot-tahlil mexanizmlarini takomillashtirish masalalaridagi mavjud kamchiliklar va ularning echimiga bag‘ishlangan materiallar o‘rin olgan bo‘lib, asosan yog‘ sanoati majmui sohasidagi strategik muammolarni hal etishdagi yangicha yo‘nalishlari, tajriba natijalari aks ettirilgan. Qo‘llanma professor-o‘qituvchilar, talaba va magistrantlar, soha ishlab chiqaruvchilar, loyihalash korxonalari, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tadqiqot institutlari ilmiy xodimlari, qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbar va mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.
Title: Moyli ekin urug‘larini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
Description:
Mazkur o‘quv qo‘llanma 5410500 – «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi» va 5321000 – «Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)» yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, «Moyli ekinlar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi» fan dasturi (ToshDAU va FarPI tasdiqlagan) va «O‘simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi» fan dasturi (ToshKTI tasdiqlagan) asosida tayyorlanib, 11 bob, 240 betdan iborat.
Moyli ekin urug‘larini saqlash va qayta ishlash, o‘simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasi borasidagi mahalliy va chet eldagi ilg‘or tajribalarni hisobga olgan holda, moy xom ashyo turlari va ularni sifatiga qo‘yiladigan talablar, moyli urug‘ning kimyoviy tarkibi va tuzilishi, o‘simlik moylarini tarkibi va hossalari, moyli xom ashyoni saqlash, tozalash va quritish, moyli urug‘larni qayta ishlashga tayyorlash jarayonlari, o‘simlik moylarini presslash va ekstraksiyalash usullari bilan olish jarayonlari batafsil yoritilgan.
Shuningdek, qo‘llanmada o‘simlik moylarini ekstraksiyalash usulida olishda o‘simlik moylarini erituvchilari erishi, sanoatda qo‘llaniladigan asosiy erituvchilar, ekstraksiya jarayonining nazariy asoslari kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Bulardan tashqari, o‘simlik moylari ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan missellani distillyatsiyalash, kunjara va shrotlarni saqlash va qayta ishlash, erituvchini regeneratsiyalash va rekuperatsiyalash kabilar ham o‘rganilib chiqilgan.
Hulosa qilib aytganda, ushbu o‘quv qo‘llanmada Respublikamizda moyli ekinlarni yetishtirish va qayta ishlash tarmog‘ini yanada rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy, moliya-kredit, resurstejamkor agrotexnologiya, qayta ishlashning texnologik, axborot-tahlil mexanizmlarini takomillashtirish masalalaridagi mavjud kamchiliklar va ularning echimiga bag‘ishlangan materiallar o‘rin olgan bo‘lib, asosan yog‘ sanoati majmui sohasidagi strategik muammolarni hal etishdagi yangicha yo‘nalishlari, tajriba natijalari aks ettirilgan.
Qo‘llanma professor-o‘qituvchilar, talaba va magistrantlar, soha ishlab chiqaruvchilar, loyihalash korxonalari, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tadqiqot institutlari ilmiy xodimlari, qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbar va mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.
Related Results
Reviving Virgil in Turkish
Reviving Virgil in Turkish
The Turkish reception of Virgil has a colourful history that started mainly during the decline of the multi-ethnic Ottoman Empire in the late nineteenth century. This may seem typi...


