Search engine for discovering works of Art, research articles, and books related to Art and Culture
ShareThis
Javascript must be enabled to continue!

SATIRIK HIKOYALARDA BADIIY DETALLARNING AHAMIYATI

View through CrossRef
Dunyo adabiyotshunosligida “satirik modus” terminining ilmiy etimologiyasini va zamonaviy adabiyotshunoslikda qo‘llaniladigan ma’nosini izohlash, satirik asarlarda qahramon va aksilqahramon tushunchalarini ochib berish, shaxs va jamiyat munosabatlarining murakkab tabiatini ko‘rsatish, ingliz va o‘zbek satirik nasri arxitektonikasini shakllantiruvchi tamoyillarni aniqlash, uning poetikasidagi muhim jihatlarni tadqiq qilish kabi vazifalar bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bois soha olimlari badiiy ijodning bir turi — satira va yumor bilan bog‘liq muammo va vazifalarni yoritishga jiddiy e’tibor qaratishadi. Satirik asarlar muayyan davrni, ijtimoiy hayotni, jamiyatdagi va insonlar o‘rtasidagi illatlarni kulgi orqali ayovsiz fosh etadi, ulardan voz kechish kerakligini namoyon etadi. Badiiy detallar yordamida xarakter qirralari to‘la namoyon bo‘ladi. Asar qahramonlarining ichki va tashqi olamini anglash uchun aniq bir vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ular voqealarning tadrijiy rivojini, qahramon xarakterini va yozuvchi fikrlarini anglashga yordam beradi. Badiiy detal tufayli muallif chizgan hayot tasviri jonlanadi. Yozuvchi uchun badiiy detal alohida so‘zlar, iboralar, matndagi takrorlar bo‘lib, muallifga o‘z fikrlarini kitobxonga yetkazish imkonini beradi. Tafsilotlar bayon yoki tavsiflovchi bo‘lishi mumkin. Har bir adabiy asar qahramonlarning yashash sharoiti, xarakterlar to‘qnashuvi, ruhiyatidagi turfaliklar va ularning to‘xtovsiz o‘zgarib turishiga, rivojiga aloqador sanoqsiz badiiy detallar umumlashmasidan iborat. Hikoya detali — voqea-hodisa haqida hikoya qiluvchi va syujetni rivojlantirishga xizmat qiluvchi detal. Tasviriy detal personajlarning axloqi va xarakterini ifodalovchi detaldir. Tadqiqot jarayonida qiyosiy-tipologik, biografik, psixologik, sistem-struktur tahlil usullaridan foydalanilgan. Maqolaning maqsadi Ivlin Vo va Abdulla Qahhor satirik hikoyalaridagi badiiy detallarni tahlil qilish, satirik mohiyatini aniqlashdan iborat.
Title: SATIRIK HIKOYALARDA BADIIY DETALLARNING AHAMIYATI
Description:
Dunyo adabiyotshunosligida “satirik modus” terminining ilmiy etimologiyasini va zamonaviy adabiyotshunoslikda qo‘llaniladigan ma’nosini izohlash, satirik asarlarda qahramon va aksilqahramon tushunchalarini ochib berish, shaxs va jamiyat munosabatlarining murakkab tabiatini ko‘rsatish, ingliz va o‘zbek satirik nasri arxitektonikasini shakllantiruvchi tamoyillarni aniqlash, uning poetikasidagi muhim jihatlarni tadqiq qilish kabi vazifalar bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu bois soha olimlari badiiy ijodning bir turi — satira va yumor bilan bog‘liq muammo va vazifalarni yoritishga jiddiy e’tibor qaratishadi.
Satirik asarlar muayyan davrni, ijtimoiy hayotni, jamiyatdagi va insonlar o‘rtasidagi illatlarni kulgi orqali ayovsiz fosh etadi, ulardan voz kechish kerakligini namoyon etadi.
Badiiy detallar yordamida xarakter qirralari to‘la namoyon bo‘ladi.
Asar qahramonlarining ichki va tashqi olamini anglash uchun aniq bir vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Ular voqealarning tadrijiy rivojini, qahramon xarakterini va yozuvchi fikrlarini anglashga yordam beradi.
Badiiy detal tufayli muallif chizgan hayot tasviri jonlanadi.
Yozuvchi uchun badiiy detal alohida so‘zlar, iboralar, matndagi takrorlar bo‘lib, muallifga o‘z fikrlarini kitobxonga yetkazish imkonini beradi.
Tafsilotlar bayon yoki tavsiflovchi bo‘lishi mumkin.
Har bir adabiy asar qahramonlarning yashash sharoiti, xarakterlar to‘qnashuvi, ruhiyatidagi turfaliklar va ularning to‘xtovsiz o‘zgarib turishiga, rivojiga aloqador sanoqsiz badiiy detallar umumlashmasidan iborat.
Hikoya detali — voqea-hodisa haqida hikoya qiluvchi va syujetni rivojlantirishga xizmat qiluvchi detal.
Tasviriy detal personajlarning axloqi va xarakterini ifodalovchi detaldir.
Tadqiqot jarayonida qiyosiy-tipologik, biografik, psixologik, sistem-struktur tahlil usullaridan foydalanilgan.
Maqolaning maqsadi Ivlin Vo va Abdulla Qahhor satirik hikoyalaridagi badiiy detallarni tahlil qilish, satirik mohiyatini aniqlashdan iborat.

Related Results

Badiiy stilistik vositalarning jahon adabiyoti durdona asarlaridagi o‘rni
Badiiy stilistik vositalarning jahon adabiyoti durdona asarlaridagi o‘rni
Ushbu maqolada badiiy stilistik vositalarning jahon adabiyoti durdona asarlaridagi asar mazmuni va shakliga qo’shgan o’ziga xos hissasi tahlil qilingan. Jahon adabiyotining mashhur...
MILLAT MA’NAVIYATINING BADIIY IFODASI
MILLAT MA’NAVIYATINING BADIIY IFODASI
Mazkur maqolada hozirgi o‘zbek adabiy jarayonining peshqadam, ilg’or ijodkorlaridan biri Bahodir Qobul ijodi orqali millat ma’naviyati va uning badiiy ifodasi tahlil qilingan. Mill...
Shahzoda shoirlar ijodida an’anaviylik
Shahzoda shoirlar ijodida an’anaviylik
Mazkur maqolada XIX asr oxiri - XX asr boshlari Xorazm adabiy muhitida ijod etgan shahzoda shoirlardan Sultoniy, Sa'diy, G'oziylar devonlaridagi she’rlar tahlil etiladi. Shahzoda s...
O’ZBEK SHOIRASI ZULFIYAXONIM UNITILMAS IJODI
O’ZBEK SHOIRASI ZULFIYAXONIM UNITILMAS IJODI
Maqolada lirik qahramonning kechinmalari tabiati va Zulfiyaning estetik qarashlari tekshiriladi, badiiy-tasviriy vositalar va badiiy detalning koʻp qirralilik xususiyati ochiladi. ...
Alisher Navoiy g‘azaliyotida Xizr obrazi talqinlari
Alisher Navoiy g‘azaliyotida Xizr obrazi talqinlari
Turkiy adabiyot, xususan, o'zbek adabiyoti tarixida Alisher Navoiyning o'rni beqiyos. Shu maqolada Alisher Navoiyning g'azallari, liri-kasidagi obrazlar mohiyatiga yetishga harakat...
BOBUR – TARIX VA ADABIYOT ORALIG‘IDAGI QAHRAMON: “BABUR THE TIGER” VA “YULDUZLI TUNLAR” QIYOSIY TAHLILI
BOBUR – TARIX VA ADABIYOT ORALIG‘IDAGI QAHRAMON: “BABUR THE TIGER” VA “YULDUZLI TUNLAR” QIYOSIY TAHLILI
Ushbu maqolada buyuk tarixiy shaxs – Zahiriddin Muhammad Bobur siymosining badiiy talqini va uning adabiyotdagi aks sadosi tahlil qilinadi. Asosan amerikalik yozuvchi Harold Lamb t...
Foyda solig‘i tushumi va uning O‘zbekiston soliq-budjet tizimidagi ahamiyati
Foyda solig‘i tushumi va uning O‘zbekiston soliq-budjet tizimidagi ahamiyati
Mazkur maqolada foyda solig‘ining iqtisodiy mohiyati, tabiati, foyda solig‘i tushumining O‘zbekiston davlatbudjetini daromad qismini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati o‘rganilg...
MAHALLA INSTITUTINING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
MAHALLA INSTITUTINING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Mazkur maqolada mahalla institutining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari oʼrganilgan boʼlib, mahalla tizimi Oʻzbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida muhim oʻrin tuta...

Back to Top