Search engine for discovering works of Art, research articles, and books related to Art and Culture
ShareThis
Javascript must be enabled to continue!

“SHAYBONIYNOMA” DOSTONIDAGI VAZN IMKONIYATLARI

View through CrossRef
Muhammad Solih “Shayboniynoma” dostonining 1510 yili ko‘chirilgan nusxasi Vena kutubxonasida saqlanadi. Herman Vamberi 1885 yili Venada ushbu nusxa asosida asarni nemischa tarjimasi bilan birga nashr ettirgan. Sharqshunos olim P. M. Melioranskiy 1908 yili Sank-Peterburgda asarni ikkinchi marta nashr ettirdi. Ushbu nashrni P.M.Melioranskiy Vamberi nashri asosida tayyorladi. O‘zbek adabiyotida “Shayboniynoma” dostonini E. Shodiev 1989 yili P. M. Melioranskiy nashri asosida nashr ettirdi. Biz mazkur tadqiqot-maqolada mazkur nashrdan foydalandik. Maqolada “Shayboniynoma” dostonidagi ritmik variatsiya masalasi dostonning janr imkoniyatlari, vazn xususiyatlari, mazmun takomili va qofiya tizimi bilan bog‘liqlikda o‘rganilgan. Jangnoma yo‘nalishidagi mazkur asarning shoir ijodidagi o‘rni tadqiq etilgan. “Shayboniynoma”da foilotun aslining maxbun tarmog‘iga xos bo‘lgan ko‘pvaznlilikka oid jihatlar tahlil etilgan. Tadqiqotni yozish jarayonida Abdurauf Fitratning “Muhammad Solih” maqolasi, A.Hojiahmedovning “O‘zbek aruzi lug‘ati” (1998) kitobi, D.Yusupovaning “Alisher Navoiy “Xamsa”sida mazmun va ritmning badiiy uyg‘unligi” monografiyasi va D.Zohidovaning “Aruz saboqlari” (2016) qo‘llanmasi kabi manbalardagi nazariy qarashlar o‘rganildi. Qahramonlik dostonlari uchun ramali musaddasi maxbuni mahzuf emas, balki mutaqoribi musammani maqsur vazni qulayligi ochib berildi.
Uzbek State World Languages University
Title: “SHAYBONIYNOMA” DOSTONIDAGI VAZN IMKONIYATLARI
Description:
Muhammad Solih “Shayboniynoma” dostonining 1510 yili ko‘chirilgan nusxasi Vena kutubxonasida saqlanadi.
Herman Vamberi 1885 yili Venada ushbu nusxa asosida asarni nemischa tarjimasi bilan birga nashr ettirgan.
Sharqshunos olim P.
M.
Melioranskiy 1908 yili Sank-Peterburgda asarni ikkinchi marta nashr ettirdi.
Ushbu nashrni P.
M.
Melioranskiy Vamberi nashri asosida tayyorladi.
O‘zbek adabiyotida “Shayboniynoma” dostonini E.
Shodiev 1989 yili P.
M.
Melioranskiy nashri asosida nashr ettirdi.
Biz mazkur tadqiqot-maqolada mazkur nashrdan foydalandik.
Maqolada “Shayboniynoma” dostonidagi ritmik variatsiya masalasi dostonning janr imkoniyatlari, vazn xususiyatlari, mazmun takomili va qofiya tizimi bilan bog‘liqlikda o‘rganilgan.
Jangnoma yo‘nalishidagi mazkur asarning shoir ijodidagi o‘rni tadqiq etilgan.
“Shayboniynoma”da foilotun aslining maxbun tarmog‘iga xos bo‘lgan ko‘pvaznlilikka oid jihatlar tahlil etilgan.
Tadqiqotni yozish jarayonida Abdurauf Fitratning “Muhammad Solih” maqolasi, A.
Hojiahmedovning “O‘zbek aruzi lug‘ati” (1998) kitobi, D.
Yusupovaning “Alisher Navoiy “Xamsa”sida mazmun va ritmning badiiy uyg‘unligi” monografiyasi va D.
Zohidovaning “Aruz saboqlari” (2016) qo‘llanmasi kabi manbalardagi nazariy qarashlar o‘rganildi.
Qahramonlik dostonlari uchun ramali musaddasi maxbuni mahzuf emas, balki mutaqoribi musammani maqsur vazni qulayligi ochib berildi.

Related Results

NOMA JANRIGA MANSUB DOSTONLARNING VAZN XUSUSIYATLARI
NOMA JANRIGA MANSUB DOSTONLARNING VAZN XUSUSIYATLARI
Mazkur maqolada noma janrining kelib chiqishi, genezisi, tadrijiy takomilii, turkiy va forsiy adabiyotlardagi rivojlanish tamoyillari tadqiq etilgan. Maqolada nomaning dastlabki ko...
“Farhod va Shirin” dostonlarida janrlar takomili
“Farhod va Shirin” dostonlarida janrlar takomili
Mumtoz adabiyotimizda poetika ilmi alohida ahamiyatga ega bo'lib, tahlil va talqinning asosiy obyekti sifatida salmoqli o'rin egallaydi. Ushbu maqolada turkiy adabiyotda mavjud ikk...
Temir yo‘l stansiyalarida strelkalarni boshqarish va nazorat qilishda simsiz aloqa texnologiyalarining tahlili
Temir yo‘l stansiyalarida strelkalarni boshqarish va nazorat qilishda simsiz aloqa texnologiyalarining tahlili
Ushbu maqolada temir yo‘l stansiyalarida strelkalarni boshqarish va nazorat qilishda simsiz aloqa texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari, mavjud yechimlar, xavfsizlik masa...
Sanoat korxonalarida aylanma mablag‘lardan foydalanishning ilmiy-amaliy jihatlari
Sanoat korxonalarida aylanma mablag‘lardan foydalanishning ilmiy-amaliy jihatlari
Mazkur maqolada sanoat korxonalarida aylanma mablag‘larni shakllantirish va undan foydalanishning ilmiyva amaliy jihatlari tadqiq qilingan. Shuningdek, sanoat korxonalarining iqtis...
SANOATNING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI ISTIQBOLLARI
SANOATNING RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI ISTIQBOLLARI
Ushbu maqolada sanoatning raqamli transformatsiyasi jarayoni va uning istiqbollari o‘rganilgan. Raqamli texnologiyalarning sanoat sohasida qo‘llanilishi natijasida ishlab chiqarish...
MAHALLA INSTITUTINING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
MAHALLA INSTITUTINING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Mazkur maqolada mahalla institutining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari oʼrganilgan boʼlib, mahalla tizimi Oʻzbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida muhim oʻrin tuta...
TOG‘AY MURODNING “YULDUZLAR MANGU YONADI” ASARIDA DIALEKTIZMLARNING QO‘LLANISHI
TOG‘AY MURODNING “YULDUZLAR MANGU YONADI” ASARIDA DIALEKTIZMLARNING QO‘LLANISHI
Ushbu maqolada o‘zbek adabiyotida o‘z asarlarida shevaga oid birliklarning keng qo‘llanishi bilan ajralib turuvchi ijodkor Tog‘ayMurodning “Yulduzlar mangu yonadi” asaridagi dialek...
O‘RTA SINF O‘QUVCHILARIGA INGLIZ TILI DARSLARIDA LUG‘AT VA GRAMMATIKANI O‘RGATISHDA NEYRON TARMOQLARNING QO‘LLANILISHI
O‘RTA SINF O‘QUVCHILARIGA INGLIZ TILI DARSLARIDA LUG‘AT VA GRAMMATIKANI O‘RGATISHDA NEYRON TARMOQLARNING QO‘LLANILISHI
Ushbu tadqiqot o‘rta sinf o‘quvchilariga ingliz tili darslarida lug‘at va grammatikani o‘rgatishda neyron tarmoqlarning qo‘llanilishiga bag‘ishlangan. Zamonaviy sun’iy intellekt te...

Back to Top