Search engine for discovering works of Art, research articles, and books related to Art and Culture
ShareThis
Javascript must be enabled to continue!

TOSHKENT SHAHRIDA ERTA YOSHLI BOLALARNING O‘LIM SABABLARI TAHLILI

View through CrossRef
Go‘daklar o‘limi aholi salomatligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanib, mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyoti, aholi sanitariya - demografiya holati, tibbiy xizmat sifati, sanitariya - epidemiologiya, profilaktika va davolash ishlarining samaradorligini ko‘rsatadigan o‘ziga xos indikator deb qabul qilinadi. Tadqiqot ishining maqsadi. Uch yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining   yosh –jins jihatdan  tahlil qilish. Material va tadqiqot  usullari. Toshkent shahrida 2017-2019 yillarda 3 yoshgacha o‘lgan (jami 2041ta) bolalarni yoppasiga kuzatish orqali o‘rganildi. Bolalar o‘limi sabablarini chuqurroq o‘rganish uchun  Jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti qabul qilgan va 10-qayta ko‘rilgan kasalliklar halqaro klassifikatsiyasida (2004)  qayd etilgan quyidagi yosh guruhlarini tanlab oldik va bolalar o‘limi ko‘rsatkichlarini ularga mos holda hisoblab chiqib, tahlil qildik: erta neonatal davr (hayotining 0-6 kuni); kechki neonatal  (7-28 kun); posneonatal (29-365 kunlik); emizikli davr (go‘daklik, chaqaloqlik davri) (0-1yil); erta bolalik davri (hayotining 12-35 oylari).  Olingan natijalar. Go‘daklar o‘limi sabablarida asosan bir nechta sinf kasalliklari ustunlik qilmoqda. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi sabablarida nafas olish a’zolari kasalliklari (30,3%), perinatal davridagi aloxida xolatlar (29,8%) va tug‘ma anomaliyalarning(26,5%) salmog‘i katta. Muhokama. Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi hozirgi davrning birinchi navbatdagi ijtimoiy masalalaridan biri bo‘lib hisoblanadi, chunki u 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining 89,3%ni, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining 78,5%ni, umumiy aholi o‘limining 4,5%ni tashkil qiladi va aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasining keskin kamayishiga olib keladi. Xulosa. Go‘daklar o‘limi kattaliklariga bolaning yoshi kuchli ta’sir qiladi, ya’ni yosh qanchalik kichik bo‘lsa, ko‘rsatkich shunchalik yuqori bo‘ladi. Neonatal va postneonatal davrlaridagi o‘lim ko‘rsatkichlari keskin bir - biridan farq qildi.
Title: TOSHKENT SHAHRIDA ERTA YOSHLI BOLALARNING O‘LIM SABABLARI TAHLILI
Description:
Go‘daklar o‘limi aholi salomatligining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanib, mamlakatning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyoti, aholi sanitariya - demografiya holati, tibbiy xizmat sifati, sanitariya - epidemiologiya, profilaktika va davolash ishlarining samaradorligini ko‘rsatadigan o‘ziga xos indikator deb qabul qilinadi.
Tadqiqot ishining maqsadi.
Uch yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining   yosh –jins jihatdan  tahlil qilish.
Material va tadqiqot  usullari.
Toshkent shahrida 2017-2019 yillarda 3 yoshgacha o‘lgan (jami 2041ta) bolalarni yoppasiga kuzatish orqali o‘rganildi.
Bolalar o‘limi sabablarini chuqurroq o‘rganish uchun  Jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti qabul qilgan va 10-qayta ko‘rilgan kasalliklar halqaro klassifikatsiyasida (2004)  qayd etilgan quyidagi yosh guruhlarini tanlab oldik va bolalar o‘limi ko‘rsatkichlarini ularga mos holda hisoblab chiqib, tahlil qildik: erta neonatal davr (hayotining 0-6 kuni); kechki neonatal  (7-28 kun); posneonatal (29-365 kunlik); emizikli davr (go‘daklik, chaqaloqlik davri) (0-1yil); erta bolalik davri (hayotining 12-35 oylari).
  Olingan natijalar.
Go‘daklar o‘limi sabablarida asosan bir nechta sinf kasalliklari ustunlik qilmoqda.
1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi sabablarida nafas olish a’zolari kasalliklari (30,3%), perinatal davridagi aloxida xolatlar (29,8%) va tug‘ma anomaliyalarning(26,5%) salmog‘i katta.
Muhokama.
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi hozirgi davrning birinchi navbatdagi ijtimoiy masalalaridan biri bo‘lib hisoblanadi, chunki u 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining 89,3%ni, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limining 78,5%ni, umumiy aholi o‘limining 4,5%ni tashkil qiladi va aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasining keskin kamayishiga olib keladi.
Xulosa.
Go‘daklar o‘limi kattaliklariga bolaning yoshi kuchli ta’sir qiladi, ya’ni yosh qanchalik kichik bo‘lsa, ko‘rsatkich shunchalik yuqori bo‘ladi.
Neonatal va postneonatal davrlaridagi o‘lim ko‘rsatkichlari keskin bir - biridan farq qildi.

Related Results

Specificity of single LIM motifs in targeting and LIM/LIM interactions in situ.
Specificity of single LIM motifs in targeting and LIM/LIM interactions in situ.
The LIM motif defines a double zinc finger structure found in proteins involved in cell fate determination and growth control. LIM proteins, which include LIM homeo domain, LIM kin...
SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA EMIZIKLI AYOLLARNING AYRIM MIKROELEMENTLAR HOLATINI (STATUSINI) O‘RGANISH
SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA EMIZIKLI AYOLLARNING AYRIM MIKROELEMENTLAR HOLATINI (STATUSINI) O‘RGANISH
Maqolada Surxondaryo viloyati qishloq sharoitida yashaydigan 18-29 va 30-39 yoshli emizikli ayollarning kunlik ovqati tarkibidagi kalsiy, fosfor, magniy va temirning miqdori va ula...
THE TAḤLĪLĪ METHOD IN THE INTERPRETATION OF THE QUR'ĀN
THE TAḤLĪLĪ METHOD IN THE INTERPRETATION OF THE QUR'ĀN
This study aims to analyze the method of taḥlīlī (analysis) in the interpretation of the Qur'ān. In particular, this study discusses several things, namely the taḥlīlī method in te...
Tafsir Tahlili: Sebuah Metode Penafsiran Al-Qur'an
Tafsir Tahlili: Sebuah Metode Penafsiran Al-Qur'an
Tafsir tahlili method is one of the method used by classical mufassir until now in interpreting al-Qur'an verses. This method emerges because of the necessity to the detail expla...
Tafsir dari Segi Metode: Metode Tafsir Tahlili
Tafsir dari Segi Metode: Metode Tafsir Tahlili
Metode penafsiran Al-Qur’an merupakan salah satu bentuk perkembangan tafsir sejak awal hingga masa kini. Salah satu metode yang sering digunakan mufasir klasik adalah metode tahlil...
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATINI SAMARALI BOSHQARISH
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATINI SAMARALI BOSHQARISH
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarishda raqamli texnologiyalarning tutgan o‘rni, ularning boshqaruv jarayonlariga ta’siri hamda ta’lim samar...
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATINI SAMARALI BOSHQARISH
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATINI SAMARALI BOSHQARISH
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarishda raqamli texnologiyalarning tutgan o‘rni, ularning boshqaruv jarayonlariga ta’siri hamda ta’lim samar...
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA FASILITATSION TA’LIM MUHITINI SHAKLLANTIRISHNING PЕDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA FASILITATSION TA’LIM MUHITINI SHAKLLANTIRISHNING PЕDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida fasilitatsion ta’lim muhitini shakllantirishning pеdagogik shart-sharoitlari ilmiу-pеdagogik jihatdan tahlil qilingan. Fasilitats...

Back to Top