Javascript must be enabled to continue!
MARKAZIY O‘ZBEKISTONNING TOG‘LI HUDUDLARIDA GEOMETRIDAE (LEPIDOPTERA) OILASI KAPALAKLARINING FAUNASI
View through CrossRef
Geometridae (Lepidoptera) oilasi kapalaklarning eng xilma-xilligi yuqori bo‘lgan oilalardan bo‘lib, quruqlik ekotizimlarida bioindikatorlar hamda trofik tarmoqlarning muhim tarkibiy qismi sifatida katta ahamiyatga ega. Markaziy O‘zbekistonning tog‘ ekotizimlari murakkab relefi, yaqqol ifodalangan balandlik mintaqalanishi va o‘simlik qoplamining xilma-xilligi bilan tavsiflanib, geometridae oilasi kapalaklari faunasining boy shakllanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Shunga qaramay, ushbu hududlarda Geometridae oilasi vakillarining kompleks faunistik tadqiqotlari yetarli darajada olib borilmagan. Mazkur tadqiqot Markaziy O‘zbekistonning tog‘li hududlarida Geometridae oilasiga mansub kapalaklarning tur tarkibi, taksonomik tuzilishi va tarqalish xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqot natijasida 4 kenja oila (Ennominae, Geometrinae, Larentiinae va Sterrhinae), 17 avlodaga mansub 20 tur geometridae oilasi kapalaklari qayd etildi. Ennominae va Larentiinae kenja oilalari turlar soni bo‘yicha ustunlik qilgan bo‘lsa, Geometrinae va Sterrhinae vakillari nisbatan kamroq bo‘lishiga qaramay, ekologik jihatdan muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Turlarning tarqalishi balandlik mintaqalari va biotop turlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, eng yuqori xilma-xillik o‘rta tog‘ mintaqasida kuzatildi. Qayd etilgan turlarning aksariyati Palearktika faunistik majmuasiga mansub bo‘lib, ayrim turlar Markaziy Osiyo tog‘ hududlariga xos hisoblanadi.
National University of Uzbekistan
Title: MARKAZIY O‘ZBEKISTONNING TOG‘LI HUDUDLARIDA GEOMETRIDAE (LEPIDOPTERA) OILASI KAPALAKLARINING FAUNASI
Description:
Geometridae (Lepidoptera) oilasi kapalaklarning eng xilma-xilligi yuqori bo‘lgan oilalardan bo‘lib, quruqlik ekotizimlarida bioindikatorlar hamda trofik tarmoqlarning muhim tarkibiy qismi sifatida katta ahamiyatga ega.
Markaziy O‘zbekistonning tog‘ ekotizimlari murakkab relefi, yaqqol ifodalangan balandlik mintaqalanishi va o‘simlik qoplamining xilma-xilligi bilan tavsiflanib, geometridae oilasi kapalaklari faunasining boy shakllanishi uchun qulay sharoit yaratadi.
Shunga qaramay, ushbu hududlarda Geometridae oilasi vakillarining kompleks faunistik tadqiqotlari yetarli darajada olib borilmagan.
Mazkur tadqiqot Markaziy O‘zbekistonning tog‘li hududlarida Geometridae oilasiga mansub kapalaklarning tur tarkibi, taksonomik tuzilishi va tarqalish xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan.
Tadqiqot natijasida 4 kenja oila (Ennominae, Geometrinae, Larentiinae va Sterrhinae), 17 avlodaga mansub 20 tur geometridae oilasi kapalaklari qayd etildi.
Ennominae va Larentiinae kenja oilalari turlar soni bo‘yicha ustunlik qilgan bo‘lsa, Geometrinae va Sterrhinae vakillari nisbatan kamroq bo‘lishiga qaramay, ekologik jihatdan muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.
Turlarning tarqalishi balandlik mintaqalari va biotop turlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, eng yuqori xilma-xillik o‘rta tog‘ mintaqasida kuzatildi.
Qayd etilgan turlarning aksariyati Palearktika faunistik majmuasiga mansub bo‘lib, ayrim turlar Markaziy Osiyo tog‘ hududlariga xos hisoblanadi.
.
Related Results
BO‘KANTOV TOG‘LARIDA TARQALGAN TOG‘ JINSLARINING STRATIGRAFIK TABAQALANISHI
BO‘KANTOV TOG‘LARIDA TARQALGAN TOG‘ JINSLARINING STRATIGRAFIK TABAQALANISHI
O‘rganilayotgan hudud Markaziy Qizilqumning Bo‘kantov tog‘larida joylashgan. Hududning asosiy qismi Ko‘kpatas tog‘lari va qisman Jetmtau tog‘lari bilan qamrab olingan. Shimoli-g‘ar...
BO‘KANTOV TOG‘LARIDA TARQALGAN TOG‘ JINSLARINING STRATIGRAFIK TABAQALANISHI
BO‘KANTOV TOG‘LARIDA TARQALGAN TOG‘ JINSLARINING STRATIGRAFIK TABAQALANISHI
O‘rganilayotgan hudud Markaziy Qizilqumning Bo‘kantov tog‘larida joylashgan. Hududning asosiy qismi Ko‘kpatas tog‘lari va qisman Jetmtau tog‘lari bilan qamrab olingan. Shimoli-g‘ar...
Habitat preference of Geometridae species in Western Black Sea region of Turkey (Lepidoptera: Geometridae)
Habitat preference of Geometridae species in Western Black Sea region of Turkey (Lepidoptera: Geometridae)
In this study, 3399 specimens belonging to 188 species of the Geometridae (Lepidoptera) family were examined. Species composition and abundance rates of Geometridae communities wer...
A cryptic tubulin-binding domain links MEKK1 to microtubule remodelling
A cryptic tubulin-binding domain links MEKK1 to microtubule remodelling
ABSTRACT
The MEKK1 protein is a pivotal kinase activator of responses to cellular stress. Activation of MEKK1 can trigger various responses, including mitogen activ...
Macromoths (Erebidae: Lepidoptera) and Geometer Moths (Geometridae: Lepidoptera) Species Diversity in Central Sindh, Pakistan
Macromoths (Erebidae: Lepidoptera) and Geometer Moths (Geometridae: Lepidoptera) Species Diversity in Central Sindh, Pakistan
Moths are primarily nocturnal, phytophagous, pests of agriculture, night pollinators, and potential bioindicators. The current study is the first to provide information on the dive...
INFLUENCE OF JUDO WOMANS AGE ON SELECTION AND PERFORMANCE IN THE TOKYO OLYMPIC GAMES 2020
INFLUENCE OF JUDO WOMANS AGE ON SELECTION AND PERFORMANCE IN THE TOKYO OLYMPIC GAMES 2020
Purpose: to analyse the results of the selection and performance of judo womans at the Olympic Games Tokyo 2020 depending on their age indicators. Material and methods. During the ...
SO‘Z – TILNING MARKAZIY BIRLIGI
SO‘Z – TILNING MARKAZIY BIRLIGI
Maqolada tilning eng markaziy va irratsional birligi hisoblangan so‘z, so‘zning semantik strukturasi o‘rganilgan. So‘zning til-invariant va nutq-variant hodisasi sifatida lingvopoe...
IQLIM O‘ZGARISHINING O‘ZBEKISTON TABIIY GEOGRAFIK HUDUDLARIGA TA’SIRI
IQLIM O‘ZGARISHINING O‘ZBEKISTON TABIIY GEOGRAFIK HUDUDLARIGA TA’SIRI
Annotatsiya: Mazkur maqolada iqlim o‘zgarishining O‘zbekistonning tabiiy geografik hududlariga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqotda iqlim o‘zgarishi jar...

