Search engine for discovering works of Art, research articles, and books related to Art and Culture
ShareThis
Javascript must be enabled to continue!

BOLALARDA QOVUQ SIYDIK NAYI REFLYUKSINI DAVOLASHNING KECHKI NATIJALARINI BAHOLASH

View through CrossRef
Qovuq siydik nayi reflyuksi (QSNR) - bu bolalarda siydik chiqarish tizimining og‘ir xastaliklaridan biri bo‘lib reflyuksli nefropatiyaning rivojlanashiga, piyeloektaziyaning kuchayishiga, buyrak parenximasining asta-sekin yemirilishiga, buyrak hajmining kichrayib borishiga natijada oxir oqibat surunkali buyrak yetishmovchiligining rivojlanishiga olib keladi. Antireflyuks mehanizimini yaratish uchun bajariladigan operasiyalarining travmatik tabiatga ega ekanligi va ulardan keyin yuzaga keladigan jiddiy asoratlar kasallikka yangi yechimlarni izlashga majbur qiladi. Adabiyotlarga ko‘ra xilma-xil usullar bilan reimplantasiya qilingan antirefluks mehanizimini yaratishga qaratilgan operasiyalardan so‘ng siydik yo‘llarining stenozi va og‘ir darajadagi reflyuksning takrorlanishi 3% dan 40% gachani tashkil etadi. Tadqiqot maqsadi: Klinik ma’lumotlarni tahlil qilish, miksion sistografiya, ultratovush tekshiruv usullari asosida bolalarda QSNRni endoskopik davolash natijalarini o‘rganish. Materiallar va usullar: Tadqiqotda Andijon davlat tibbiyot instituti (ADTI), Bolalar jarrohligi kafedrasi tomonidan 2017-2022 yillarda Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi urologiya bo‘limida (AVBKTTM) davolangan 28 nafar bemor bolalarning ma’lumotlari keltirilgan. Bemorlarning yoshi 3 yoshdan 11 yoshgacha. O‘rtacha yoshi (5,1±3,1 yil). Bemorlar orasida ikki tomonlama reflyuks 7 (33,3%) nafar bemorlarda, bir tomonlama reflyuks 14 (66,6%) nafar bemorlarda kuzatildi. Ulardan sistografiya tekshiruvi natijalariga ko‘ra III - daraja reflyuks 17 (60,7%), IV - daraja reflyuks 11 (39,%) ga teng bo‘lib, o‘g‘il bolalar - 11 (39,2%), qiz bolalar - 19 (67,8%) ni o‘z ichiga oldi. Natijalar va xulosa: Bolalarda QSNRning III-IV darajasida endovezikal korreksiya qilish usuli reflyuksni bartaraf etishning alternativ samarali usulidir. Ko‘rsatkichlar bo‘yicha QSNRni endoskopik korreksiyalash takrorlanishi mumkin. Reflyuksni endoskopik davolash bo‘yicha ko‘plab urinishlar muvaffaqiyatli bo‘lmagan hollarda, birlamchi QSNR uchun eng samarali davolash ochiq jarrohlik yo‘li bilan Cohen usuli yordamida siydik yo‘li neoimplantasiyasi operasiyasini o‘tkazishdir.
Title: BOLALARDA QOVUQ SIYDIK NAYI REFLYUKSINI DAVOLASHNING KECHKI NATIJALARINI BAHOLASH
Description:
Qovuq siydik nayi reflyuksi (QSNR) - bu bolalarda siydik chiqarish tizimining og‘ir xastaliklaridan biri bo‘lib reflyuksli nefropatiyaning rivojlanashiga, piyeloektaziyaning kuchayishiga, buyrak parenximasining asta-sekin yemirilishiga, buyrak hajmining kichrayib borishiga natijada oxir oqibat surunkali buyrak yetishmovchiligining rivojlanishiga olib keladi.
Antireflyuks mehanizimini yaratish uchun bajariladigan operasiyalarining travmatik tabiatga ega ekanligi va ulardan keyin yuzaga keladigan jiddiy asoratlar kasallikka yangi yechimlarni izlashga majbur qiladi.
Adabiyotlarga ko‘ra xilma-xil usullar bilan reimplantasiya qilingan antirefluks mehanizimini yaratishga qaratilgan operasiyalardan so‘ng siydik yo‘llarining stenozi va og‘ir darajadagi reflyuksning takrorlanishi 3% dan 40% gachani tashkil etadi.
Tadqiqot maqsadi: Klinik ma’lumotlarni tahlil qilish, miksion sistografiya, ultratovush tekshiruv usullari asosida bolalarda QSNRni endoskopik davolash natijalarini o‘rganish.
Materiallar va usullar: Tadqiqotda Andijon davlat tibbiyot instituti (ADTI), Bolalar jarrohligi kafedrasi tomonidan 2017-2022 yillarda Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi urologiya bo‘limida (AVBKTTM) davolangan 28 nafar bemor bolalarning ma’lumotlari keltirilgan.
Bemorlarning yoshi 3 yoshdan 11 yoshgacha.
O‘rtacha yoshi (5,1±3,1 yil).
Bemorlar orasida ikki tomonlama reflyuks 7 (33,3%) nafar bemorlarda, bir tomonlama reflyuks 14 (66,6%) nafar bemorlarda kuzatildi.
Ulardan sistografiya tekshiruvi natijalariga ko‘ra III - daraja reflyuks 17 (60,7%), IV - daraja reflyuks 11 (39,%) ga teng bo‘lib, o‘g‘il bolalar - 11 (39,2%), qiz bolalar - 19 (67,8%) ni o‘z ichiga oldi.
Natijalar va xulosa: Bolalarda QSNRning III-IV darajasida endovezikal korreksiya qilish usuli reflyuksni bartaraf etishning alternativ samarali usulidir.
Ko‘rsatkichlar bo‘yicha QSNRni endoskopik korreksiyalash takrorlanishi mumkin.
Reflyuksni endoskopik davolash bo‘yicha ko‘plab urinishlar muvaffaqiyatli bo‘lmagan hollarda, birlamchi QSNR uchun eng samarali davolash ochiq jarrohlik yo‘li bilan Cohen usuli yordamida siydik yo‘li neoimplantasiyasi operasiyasini o‘tkazishdir.

Related Results

KORXONANING RISKLARNI BAHOLASH
KORXONANING RISKLARNI BAHOLASH
Xatarlarni baholash inson salomatligiga, mol - mulkka, atrof-muhitga va boshqalarga yetadigan xavfni tahlil qilish uchun xatarni aniqlaydigan jarayondir. Xatarlarni tahlili - tahli...
TA’LIMDA BAHOLASH MEZONLARI
TA’LIMDA BAHOLASH MEZONLARI
Anotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchilarni baholashda pisixalogik yondashuv, o‘qituvchilarga har bir talabaning bilim va saviyasini, ko‘nikma va  tushunchasini  qo‘llay olish darajas...
TA’LIMDA BAHOLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING ZARURATI
TA’LIMDA BAHOLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING ZARURATI
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim jarayonida baholash tizimini takomillashtirishning zarurati, uning zamonaviy talablarga moslashuvchanligi hamda o‘quvchilar bilimini adolatli bah...
EHTIMOLLAR NAZARIYASINI O‘QITISHDA O‘QUVCHILAR KOMPETENSIYALARINI INDIVIDUAL BAHOLASH METODIKASI
EHTIMOLLAR NAZARIYASINI O‘QITISHDA O‘QUVCHILAR KOMPETENSIYALARINI INDIVIDUAL BAHOLASH METODIKASI
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, matematika fanini o‘qitishda o‘quvchilarning naza...
EHTIMOLLAR NAZARIYASINI O‘QITISHDA O‘QUVCHILAR KOMPETENSIYALARINI INDIVIDUAL BAHOLASH METODIKASI
EHTIMOLLAR NAZARIYASINI O‘QITISHDA O‘QUVCHILAR KOMPETENSIYALARINI INDIVIDUAL BAHOLASH METODIKASI
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, matematika fanini o‘qitishda o‘quvchilarning naza...
BUYRAK TOSH KASALLIGIDA ULTRATOVUSH (UTT) DIAGNOSTIKASI
BUYRAK TOSH KASALLIGIDA ULTRATOVUSH (UTT) DIAGNOSTIKASI
Buyrak tosh kasalligini aniqlash va bemorlarni nazorat qilishda ultratovush tekshiruvi (UTT) eng muhim, invaziv bo‘lmagan diagnostika usuli hisoblanadi. Ushbu usul orqali buyraklar...
BOLALARDA KASALXONADAN TASHQARI PNEVMONIYA TASHXISINING RETROSPEKTIV TAHLILI
BOLALARDA KASALXONADAN TASHQARI PNEVMONIYA TASHXISINING RETROSPEKTIV TAHLILI
Bolalar  orasida kasallanish ko‘rsatkichi va asoratlari bo‘yicha nafas olish tizimi kasalliklari pediatriyada dolzarb muammolardan biri sifatida qolmoqda. Tadqiqot maqsadi - bolala...
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA YOZUV KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA YOZUV KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH USULLARI
Yozuvning grafomotor ko‘nikmalarini  shakllanish jarayoni juda murakkab va u o‘z ichiga inson aqliy faoliyatining turli sohalarini qamarab oladi.   Maktab ta’limiga tayyorlashning ...

Back to Top