Javascript must be enabled to continue!
TIL LEKSIKASIDAGI BO‘SHLIQLAR
View through CrossRef
Mazkur tadqiqot orqali til leksikasidagi bo‘shliqlarni o‘rganishning amaliy ahamiyati ko‘rsatib berildi. Ushbu tadqiqot tafakkurda mavjud bo‘lgan, ammo tilda o‘z ifodasiga ega bo‘lmagan tushunchalarni nomlash borasida muayyan masalalarni kun tartibiga qo‘yadi. Aslida, tilda nomlanmagan ko‘pgina tushunchalar til egalarining irodasiga bog‘liq ravishda nomlanmasdan «yashayveradi». Bunday tushunchalarni muayyan leksik-semantik guruhlarni tahlil qilishda sezish mumkin. Til leksikasi sistema sifatida qaralar ekan, uning har bir birligiga muayyan leksik munosabatdagi leksemaning bo‘lishi taqozo qilinadi. Bu esa biror leksemaga paradigmatik munosabatda bo‘lgan so‘zlarni izlash asosida ko‘plab leksik bo‘shliqlarni topishga imkon beradi. Til leksikasini boshqa tilga qiyoslamasdan undagi «bo‘sh katakcha»larni aniqlash, ularni to‘ldirish — til taraqqiyoti uchun zarur. Zero, nomlanmagan tushunchalar tilda o‘z ifodachisiga ega bo‘lishga intiladi. Ushbu maqolada leksik bo‘shliqlarning paydo bo‘lishi va tilda muqarrar mavjud bo‘lishi kognitiv jihatdan asoslangan. Ularning mavjudligi tafakkurning tildan biroz ilg‘or rivojlanishiga bog‘liqligi qayd etilgan. Tafakkurda shakllanadigan tushunchalarning nomlanish jarayonlari lingvistik ehtiyojlarga mutanosibligi ko‘rsatilgan. Nominatsiya jarayonida nomlanayotgan tushunchaning nutqiy ahamiyatliligini baholashga e’tibor qaratish lozimligi maqolada o‘z aksini topgan. Mazkur nazariy qarashlar til leksikasini to‘ldirish va takomillashtirish bilan bog‘liq ishlarga xizmat qiladi. Shuningdek, til tizimidagi «bo‘sh katakchalar»ni obyektiv baholash va tahlil qilishga imkoniyat yaratadi.
Title: TIL LEKSIKASIDAGI BO‘SHLIQLAR
Description:
Mazkur tadqiqot orqali til leksikasidagi bo‘shliqlarni o‘rganishning amaliy ahamiyati ko‘rsatib berildi.
Ushbu tadqiqot tafakkurda mavjud bo‘lgan, ammo tilda o‘z ifodasiga ega bo‘lmagan tushunchalarni nomlash borasida muayyan masalalarni kun tartibiga qo‘yadi.
Aslida, tilda nomlanmagan ko‘pgina tushunchalar til egalarining irodasiga bog‘liq ravishda nomlanmasdan «yashayveradi».
Bunday tushunchalarni muayyan leksik-semantik guruhlarni tahlil qilishda sezish mumkin.
Til leksikasi sistema sifatida qaralar ekan, uning har bir birligiga muayyan leksik munosabatdagi leksemaning bo‘lishi taqozo qilinadi.
Bu esa biror leksemaga paradigmatik munosabatda bo‘lgan so‘zlarni izlash asosida ko‘plab leksik bo‘shliqlarni topishga imkon beradi.
Til leksikasini boshqa tilga qiyoslamasdan undagi «bo‘sh katakcha»larni aniqlash, ularni to‘ldirish — til taraqqiyoti uchun zarur.
Zero, nomlanmagan tushunchalar tilda o‘z ifodachisiga ega bo‘lishga intiladi.
Ushbu maqolada leksik bo‘shliqlarning paydo bo‘lishi va tilda muqarrar mavjud bo‘lishi kognitiv jihatdan asoslangan.
Ularning mavjudligi tafakkurning tildan biroz ilg‘or rivojlanishiga bog‘liqligi qayd etilgan.
Tafakkurda shakllanadigan tushunchalarning nomlanish jarayonlari lingvistik ehtiyojlarga mutanosibligi ko‘rsatilgan.
Nominatsiya jarayonida nomlanayotgan tushunchaning nutqiy ahamiyatliligini baholashga e’tibor qaratish lozimligi maqolada o‘z aksini topgan.
Mazkur nazariy qarashlar til leksikasini to‘ldirish va takomillashtirish bilan bog‘liq ishlarga xizmat qiladi.
Shuningdek, til tizimidagi «bo‘sh katakchalar»ni obyektiv baholash va tahlil qilishga imkoniyat yaratadi.

